Shestakov sselifroni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shestakov sselifroni
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Sphecidae
Urugʻ: Sceliphron
Turlari: Shestakov sselifroni
Xalqaro ilmiy nomi
Sceliphron shestakovi Gussakovskij, 1928

Shestakov sselifroni[1] (lat. Sceliphron shestakovi)— yerkovlovlar (Sphecidae) ning oilasiga mansub kam uchraydigan turi. Markaziy Osiyo va Qozog'iston. Qozogʻiston[1][2][3] va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Osiyo endemik. Qozogʻiston (Lengerdan 30 km janubda, Qorjontov tizmasining past togʻlari), Turkmaniston (Mari), Oʻzbekiston (Samarqand, Turkiston tizmasining etaklari, Sidjak, Qorjontov tizmasining past togʻlari). Vohalar, pasttekisliklardagi daralar, vodiylarda uchraydi[1][4].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arilarning oʻlchami 15 dan 17 mm gacha. Tanasi qora, sariq tusda ifodalangan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – iyun-avgust oylarida, turli oʻsimliklarning gullarida, asosan, soyabonguldoshlarda (Apiaceae) oziqlanadi. Urgʻochilari oʻrgimchaklarni (Aranei) ovlaydi, ularni falajlab, nam loydan yasalgan inchalarga joylashtiradi va ulardan biriga tuxum qoʻyadi.

Bu tur ilk marta 1928-yilda sovet entomologi V. V. Gussakovskiy tomonidan qayd etilgan va arilar boʻyicha mutaxassis professor Andrey Valentinovich Shestakov nomi bilan atalgan (u 1933-yilda vafotigacha Yaroslavl pedagogika institutining zoologiya kafedrasini boshqargan)[4][5].

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjalik maqsadlarida suvga yaqin choʻl qoʻriqlarini oʻzlashtirish, xususan haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari koʻp foydalanish oqibatida nobud boʻlmoqda.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurota qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini mukammal oʻrganish lozim.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Казенас, В. Л. Сцелифрон Шестакова. Сфекс желтокрылый. Прионикс Хаберхауэра. Прионикс траурный / В. Л. Казенас // Красная книга Казахской ССР. — Изд. второе, переработанное и дополненное. Т. 1. — Животные. — Алма-Ата: Гылым, 1991. — С. 418—425.
  2. Казенас В. Л. Сцелифрон Шестакова. Сфекс желтокрылый. Прионикс Хаберхауэра. Прионикс траурный. / В. Л. Казенас // Красная книга Казахстана. — Т. I. — Животные. — Часть 2. — Беспозвоночные. — Алматы: Онер, 2006. —С. 152-153. 4-е издание.
  3. Единый перечень товаров, к которым применяются запреты или ограничения на ввоз или вывоз государствами – членами Таможенного союза в рамках Евразийского экономического сообщества в торговле с третьими странами. Приложение № 1 к Решению Коллегии Евразийской экономической комиссии от 16 августа 2012 г. № 134. tsouz.ru
  4. 4,0 4,1 Казенас В. Л. Роющие осы (Hymenoptera, Sphecidae) Казахстана. (Подсем. Ampulicinae, Sphecinae). Выпуск 1. (Фауна Кахахстана. Том 9. Перпончатокрылые). Алматы, 1998. 377с.
  5. История кафедры зоологии. ФГБОУ ВПО «Ярославский государственный педагогический университет им. К. Д. Ушинского»

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]