Sharob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadahlarda qizil va oq sharob.

Sharob yoki vino fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlikdir. Meva suvi achishi natijasida undagi xamirturush fruktozani spirtga aylantiradi. Sharob koʻpincha uzumdan, baʼzida olma, marjonmeva yoki boshqa mevalardan tayyorlanadi.

Vino (lot. winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli b-n tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari V.ni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda V. jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab chiqariladi (aholi jon boshiga oʻrtacha 83—86 l uzum vinosi isteʼmol qilinadi). Ayrim turdagi markali V.lar uzumning faqat bir navidan tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda V., asosan, uzumdan tayyorlanadi. Yetilgan uzum V.si tarkibida 75—85% suv, 9—20% spirt, vino va olma kislotalari, kam mikdorda limon, sut, kahrabo kislotalari, glyukoza va fruktozadan iborat qand, mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va b. moddalar boʻladi.

V.ni oq (faqat sharbatni bijgʻitish yoʻli b-n), qizil (sharbat va turpini birga bijgʻitish yoʻli b-n) va kaxetin (sharbat, turp va gʻujum boshlarini birga bijgʻitish yoʻli b-n) usullarda tayyorlash mumkin. Quvvatlantirilgan V.ning sof V.dan farqi tarkibidagi spirt (1 litrida 200 g gacha) va qandning (220 g gacha) yuqori mikdorda boʻlishidadir.

V. rangi (oqish, pushti, qizil), mazasi, xushboʻyligi, kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi b-n ham farqlanadi. V.ning musallas (tabiiy), kuchli, desert (shirin), gazli va xushboʻy xillari bor. Musallas uzum sharbatini bijgʻitib olinadi; tarkibida 9— 12% spirt boʻladi. Bunday V. sof (toʻla bijgʻigan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3— 8% qand boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Oq V. konyak i. ch.da xom ashyo hisoblanadi. Quvvatlantirilgan V. (madera, portveyn, xeres va b.) sof (tarkibida 17— 20% spirt, 3% gacha qand) va yarim shirin (17—20% spirt, 10% gacha kand boʻlgan) xillarga boʻlinadi.D yesert V. tarkibida 12—17% spirt boʻladi; qand miqdoriga koʻra yarim shirin (5—10% qand), shirin (10—20% qand) va likyor (20% dan koʻp qand) xillarga boʻlinadi. Shampan V. musallaslarni ikkinchi marta bijgʻitib va qand qoʻshib tayyorlanadi. Tarkibida 10,0— 13,5% spirt boʻladi; qand tarkibiga qarab, sof (2,5% qand), nim shirin (4,5%), yarim shirin (6,5%) va shirin (8,5%) xillarga boʻlinadi. Gazlangan V. musallaslarni karbonat angidrid gaziga toʻyintirib tayyorlanadi. Tarkibida 10—12% spirt va 5% qand boʻladi. Xush boʻy V. (vermut, muskat) ning kuchli (18% spirt va 10% qand) va desert (16% spirt va 16% kand) xillari boʻladi. Yoqimli taʼm berishi uchun ularga xushboʻy oʻtlar, ildizlar, barg va b.ning damlamasi qoʻshiladi.

Boʻgʻzi tor shisha idish (butilka)larga quyilgan V.ni salqin va quruq (8— 16°) binolarda saqpash lozim. Spirti darajasi past va shampan V.lari butilkani yotqizilgan holda saqlanganda sifati buzilmaydi. Oq musallas va shampan V.lari 3—5, kizil V.lar 5— 10, desert V.lar 18—20 yil, likyor va kuchli V.lar 100 yil sifatini yoʻqotmay saqlanishi mumkin. Oʻzbekistonda V.ning 60 dan ortiq navlari: "Bayan shirey", "Rkatsitelli", "Bihishti", "Farhod", "Vassargʻa", "Oq musallas", "Oʻzbekiston", "Qizil musallas", "Sijjak", "Qora goʻzal", "Kaberne", "Pino" va b. ishlab chiqariladi (yana q. Vino-arak sanoati, Vinochilik).

Omonulla Abdullayev.[1]


Sharob qadimiy ichimlikdir. Birinchi maʼlum sharob 8 ming yil muqaddam hozirgi Gurjiston hududida tayyorlangan.[2][3]

Ishlab chiqarish[tahrir]

2009-yili sharob tayyorlash boʻyicha Italiya dunyoda birinchi, undan keyin Fransiya, Ispaniya, AQSh va Argentina edi.

Asosiy sharob ishlab chiqaruvchi mintaqalar
Sharob tayyorlovchi mamlakatlar (2009)[4]
Oʻrin Mamlakat Mahsulot
(tonnalarda)
1 Italiya bayrogʻi Italiya 4 769 900
2 Fransiya bayrogʻi Fransiya 4 555 800
3 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 3 250 600
4 AQSH bayrogʻi AQSh 2 062 000
5 Argentina bayrogʻi Argentina 1 213 500
6 Xitoy bayrogʻi Xitoy 1 200 000
7 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 1 160 000
8 Chili bayrogʻi Chili 986 900
9 JAR bayrogʻi Janubiy Afrika 978 800
10 Olmoniya bayrogʻi Germaniya 918 000
11 Rossiya bayrogʻi Rossiya 711 000
12 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 560 000

Isteʼmol[tahrir]

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumoti:[5]

Sharob isteʼmoli
Mamlakat Kishi boshiga litr
Fransiya bayrogʻi Fransiya 8,14
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 6,65
Italiya bayrogʻi Italiya 6,38
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 5,80
Andorra bayrogʻi Andorra 5,69
Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 5,10
Sloveniya bayrogʻi Sloveniya 5,10
Vengriya bayrogʻi Mojariston 4,94
Moldova bayrogʻi Moldova 4,67
Argentina bayrogʻi Argentina 4,62

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Keys, David (28 December 2003). "Now that's what you call a real vintage: professor unearths 8,000-year-old wine". The Independent (London). Archived from the original on 19 August 2008. http://web.archive.org/web/20080819032437/http://www.independent.co.uk/news/science/now-thats-what-you-call-a-real-vintage-professor-unearths-8000yearold-wine-577863.html. Qaraldi: 25 June 2008. 
  3. Berkowitz, Mark (1996). "World's Earliest Wine". Archaeology (Archaeological Institute of America) 49 (5). http://web.archive.org/web/20110605195324/http://www.archaeology.org/9609/newsbriefs/wine.html. Qaraldi: 25 June 2008. 
  4. [1] Food and Agriculture Organization of the United Nations/Production statistics: 2009 wine production in the world
  5. http://www.who.int/substance_abuse/publications/global_alcohol_report/msbgsruprofiles.pdf