Olma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Olma
Olma daraxti (Malus domestica)
Olma daraxti (Malus domestica)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Boʻlim: Magnoliophyta
Sinf: Magnoliopsida
Tartib: Rosales
Oila: Rosaceae
Ostoila: Maloideae
Avlod: Malus
Tur: M. domestica
Binomial nomi
Malus domestica
Borkh.


Olma (Malus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi; urugʻli meva daraxti. Shim. va jan. yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida O.ning 25— 30 turi, jumladan, Oʻrta va Sharqiy Osiyo, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 turi tarqalgan. Ekiladigan mevali daraxtlar orasida maydoni jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Yalpi olma hosili boʻyicha AQSH (4,8 mln. t), Xitoy (22,01 mln. t) oldingi oʻrinlarda turadi (1999). Jahon boʻyicha yalpi hosili 60,2 mln. t ni tashkil etadi (1999). Oʻzbekistonda —0,4 mln. t. AQSH, Chili, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Fransiya, Italiya mamlakatlarida olmazorlar katta maydonlarni egallaydi. Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi (q. Yovvoyi olma). Dunyo boʻyicha yetishtiriladigan navlarining asosiy qismi xonaki O. (M.domestica) turiga kiradi. Past boʻyli O. (M.pymila) turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. O. sovuqqa chidamli, yorugʻsevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. O. daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Oʻzbekistonda O. apr. oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari kizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— okt.da pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saharoza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5—30 mg , pektin, oshlovchi moddalar va b. mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. O. urugʻidan hamda payvandlash, parhish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 y. oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 y. moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5—6 kg chirigan goʻng , 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8><8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulangalari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12 marta, hosilga kirganlari 4—6 marta su-gʻoriladi, tup va qator oralari yum-shatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60—90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butaladi (q. Butash, Daraxtlarga shakl berish). Oʻrta Osiyoda ekiladigan O. navlari kelib chiqishi boʻyicha quyidagi guruxlarga boʻlinadi: xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan Oʻrta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarkand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va b. O.ning mahalliy navlari Oʻzbekistonning tuproq-iklim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar; Gʻarbiy Yevropa, Amerika, AQSH navlari — Rozmarin, Mantuaner, Starkrimson, Skarlet, Parmen. Vaynsep va Golden Delishes, Delishes, Jonatan, Borovinka; Ukraina navi — Renet Simerenko; Qrim navlari — kandil, sari sinap ( O. ning bu guruh navlari Oʻzbekistonga dastlab 19-a. 2-yarmidan boshlab, Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin, ruslar tomonidan, soʻngra 20-a.ning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistondagi i.t. muassasalari tavsiyasi bilan kel-tirilgan). Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik v a vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari yetishtirgan yangi navlar — Samarqand aʼlosi; Afrosiyobi, — hosildor, Toshkent borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Nafis va b. Bu navlar hosildor, mevasi mahalliy sharoitga moslashgan, koʻrinishi chi-royli, mazali; sovuqqa va issiqqa chidamli.

Zararkunandalari; olma qurti, olma qoʻngʻizi, bitlar, olma kuyasi.

Kasalliklari haqida: q. Bakterial kasalliklar, Virusli kasalliklar.

Suyaton Xolnazarov.[1]

Olma Malus domestica turiga mansub mevali daraxt va uning mevasidir.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil