Sharif Bobokalonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharif Bobokalonov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 12-mart 1910-yil
Vafoti 1999-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi kompozitor, drijyor

Sharif Nigʻmatovich Bobokalonov (tojikcha: Шариф Бобокалонов; 1910-yil 12-mart, Samarqand, Rossiya imperiyasi1999-yil Dushanbe, Tojikiston) – tojik bastakori, dirijyor va oʻqituvchi. Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1961-yil).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobokalonov 1930–1933-yillarda Samarqand musiqa institutining xalq cholgʻulari fakultetida tahsil olgan. 1946–1949-yillarda Moskva konservatoriyasi qoshidagi Milliy studiyaning kompozitsiya boʻlimida Sergey Balasanyan (bastakor) bilan birga tahsil oldi. 1934–1939-yillarda A.Laxuti nomidagi musiqali teatrda sozanda boʻlgan.

1939-yilda u keyinchalik respublikaning bosh musiqa ansambliga aylangan xalq musiqasi orkestri tashkilotchilaridan biri edi. Uning shu davrdagi baʼzi asarlari, masalan, „Gʻalaba marshi“ orkestrlar repertuarida hali ham juda mashhur. Shu bilan birga Sharif Bobokalonov A.Joʻrayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi qoshida rubobchizanlar ansambli tashkil qilgan va o'zi ham ishtirok etgan.

1939–1946-yillarda Tojikiston filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestri artisti, 1949–1958-yillarda xalq cholgʻulari orkestri dirijyori boʻlgan. 1958-yildan Tojikiston filarmoniyasi rubochilar ansamblining badiiy rahbari, 1943–1991-yillarda KPSS aʼzosi boʻlgan.

Kompozitsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Temirchi Kova“ operasi (Sergey Balasanyan bilan, FirdavsiyningShohnoma"si asosida, 1941, Stalinobod);

„Yelkan“ musiqiy spektakli (Mixail Svetayev bilan, 1954, Stalinobod);

„Yoshlik“ vokal va raqs toʻplami;

Tojik xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun „Gʻalaba marshi“;

Tojik xalq cholgʻulari orkestri uchun „Atirgul“ raqsi;

„Togʻ raqsi“ tar kvarteti uchun asar;

Rubobchilar ansambli uchun „Yoshlar raqs syuitasi“ (1970);

pianino uchun „Chupona“ raqsi;

violonchel uchun pyesa (1950).

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharif Bobokalonov 1941-yil – „Shon-sharaf belgisi“ ordeni[1], 1954-yil – „Mehnat jasorati uchun“ medali[2] bilan taqdirlangan va 1961-yil – Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi boʻgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ведомости Верховного Совета СССР / Верховный Совет СССР. – М., 1941. – 30 апреля (№ 18). – 4 с.. 
  2. Ведомости Верховного Совета СССР. – М.: Издание Верховного Совета СССР, 1954. – № 21 (11 ноября). – 705 – 768 с. – [Статьи 431 – 433]..