Saule ma’buda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saule (litovcha: Saulė, latishcha: Saule, pruscha. Saule) — Boltiqboʻyi xalqlari mifologiyasida Quyosh maʼbudasi. Saule ismi litva va latish tillarida Quyosh maʼnosini ham bildiradi va Proto-Baltic *Sauliā[1]dan kelib chiqqan. U vediylar xudosi Suryaga oʻxshash hisoblanadi[2].

Ishlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saule bir vaqtning oʻzida ham ona, ham yosh qiz koʻrinishida[2]. Saule — eng qudratli xudolardan biri, hayot va unumdorlik, issiqlik va salomatlik maʼbudasi sanaladi. U ekin maydonlariga unumdorlik yuboradi, azob-uqubatda qolganlarga yordam beradi, gunohkorlarni jazolaydi[2]. U baxtsizlarning, ayniqsa yetimlarning homiysi hisoblanadi. Litvacha va latishcha „tinchlik“ soʻzlari (pasaulis va pasaule) „quyosh ostidagi joy“ deb tarjima qilinadi.

Dievs singari, uning ham Samoviy togʻda mintaqasida mulki bor. Baʼzida Dievs va Saule xudolari oʻzaro kuch sinashadi va bu kurash uch kun davom etadi[2]. Yozgi quyoshli kunlarda uning sharafiga Ligo bayrami nishonlanadi.

Litva folkloriga koʻra, Saule har kuni tongda ulkan kumush togʻdan koʻtariladi. U hech qachon charchamaydigan va dam olmaydigan olovli otlar tortib boruvchi aravada harakatlanadi. Saule kech kirgach otlarini dengizda choʻmiltiradi va ertalab yana osmonga koʻtarilish uchun olma bogʻiga tushadi. Bundan tashqari, Saule kumush qayiqda dengiz uzra suzib yurishi haqida ham yozma manbalar bor[3].

Saule Litva mifologiyasiga oid eng qadimgi yozma manbalardan biri boʻlgan Ioaan Malala yilnomasida (1261-yil) eslab oʻtilgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyosh (Saule) va Oy (litovcha: Mėnuo, latishcha: Mēness) er va xotin boʻlgan. Oy tong yulduzi Ashringa oshiq boʻlib qoladi. Uning xiyonati uchun momaqaldiroq xudosi Perkunas Oyni jazolaydi. Jazo qanday boʻlganiga doir turli xil taxminlar mavjud. Birida aytilishicha, Oy ikki qismga boʻlingan, lekin oʻz xatolaridan saboq olmagan. Shu bois jazosi har oy takrorlanadi. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Oy va Quyosh ajrashgan, ammo ikkalasi ham qizi Jeminani (Yer) koʻrib turishni xohlashgan. Shuning uchun Oy tunda tashrif buyursa, kunduzi Quyosh porlaydi. Uchinchi manbada oyning yuzi oliy xudo Dievas yoki Saule tomonidan buzilganligi yoziladi[4].

Boshqa afsonalarda Austra Saulening qizi va xizmatkori sifatida tasvirlangan. Austra Saule uchun olov yoqadi va uni ertangi kungi osmon boʻylab sayohatga tayyorlaydi. Vakarinya (kechki yulduz) Saule dam olishi uchun toʻshak hozirlaydi. Litva mifologiyasida Saule boshqa sayyoralar: Indraya (Yupiter), Seliya (Saturn), Jiesdre (Mars), Vaivora (Merkuriy)[4]ning onasi deb ataladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Baltic etymology
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Элиаде М. [www.gumer.info/bogoslov_Buks/Relig/Eliad_4/03.php „История веры и религиозных идей. Том третий: от Магомета до Реформации Глава XXXI. Религии древней Евразии: тюрко-монголы, финно-угры, балто-славяне“]. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  3. Гимбутас М.. Балты. Люди янтарного моря. Центрполиграф, 2004. 
  4. 4,0 4,1 Of Gods & Holidays: The Baltic Heritage. Tvermė, 1999 — 75—77 bet. ISBN 9986-476-27-5. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]