Sanʼat tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanʼat tarixi deganda odamlar tomonidan estetik, aloqa, fikr, hissiyot yoki dunyoqarash bildirish maqsadida qilingan har qanday faoliyat yoki mahsulot tarixi tushuniladi. Tasviriy sanʼat turli zamonlarda turlicha toifalashtirilgan, masalan oʻrta asrlarda u mustaqil va mexanik sanʼatlarga ajratilgan boʻlsa, keyincha u nafis va amaliy-dekorativ sanʼatga boʻlindi; hozirda sanʼat odam ijodkorligining namoyishi, deb taʼriflanadi. XX asrda kelib asosiy sanʼatlar qatoriga quyidagilar kirdi: arxitektura, raqs, haykaltaroshlik, musiqa, rassomchilik, nazm (adabiyotning estetik shakli yoki funksiyasi, oʻz ichiga teatr va narrativni ham oladi), kinematograf va fotografiya. Plastik va tasviriy sanʼatlar toʻqnashgan joyda dizayn va poligrafiya kelib chiqdi. Moda va gastronomiya kabi badiiy ifodalashning qadimiy shakllariga qoʻshimcha sifatida video, komputer, reklama, animatsiya, televideniye va video oʻyinlar kabi yangi sanʼatlar kelib chiqdi.

Sanʼat tarixi bir necha fanlarga tayanib, sanʼatning vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgarishi, madaniyatlarni sinflashtirish, davrlarga boʻlish hamda sanʼatning farqli va taʼsirli xarakteristikalarini oʻrganadi.[1] Sanʼat tarixini oʻrganish Renessans davrida kelib chiqib, gʻarbiy tamaddun bilan cheklangan. Biroq vaqt oʻtishi bilan u boshqa tamaddunlar madaniyatini ham oʻz ichiga oldi va madaniy relativizm kelib chiqdi.

Bugunda sanʼatga insoniyatning tarix osha yigʻilgan badiiy merosining keng koʻlamli tadqiqoti, tarqatuvi va saqlanishidan foyda kelmoqda. XX asrda ham jamoa, ham xususiy sektorlarda sanʼat asarlari tahlili va katalogizatsiyasi hamda omma uchun moʻljallangan koʻrgazmalarga bagʻishlangan badiiy institut, jamgʻarma, muzey va galereyalar soni jadallik bilan oshdi. Aloqa vositalari rivojlanishi sanʼat tadqiqoti va tarqalishida hal qiluvchi rol oʻynab kelmoqda. Whitney, Venetsiya, San Paulu biennalelari, Kasseldagi documenta kabi xalqaro koʻrgazmalar yangi uslub va trendlar yuzaga kelishiga yordam qildi. Turner, Wolf, Pritzker, Pulitzer va Oscar kabi mukofotlar eng yaxshi sanʼat namunalarini xalqaro darajada ragʻbatlantirib kelmoqda. UNESCO kabi institutlar sayyoramizdagi ahamiyatli monumentlarni saqlab qolish yoʻlida ishlar olib bormoqda.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Gardner, Helen, and Fred S. Kleiner. Gardner's Art through the Ages: A Global History. 13th ed. Australia: Thomson/Wadsworth, 2009.
  2. Onians (2008), p. 316-317.

Havolalar[tahrir]

Xronikalar