Haykaltaroshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haykaltaroshlik - tasviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.

H. bajaradigan vazifasi va mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: monumental haykaltaroshlik, bezak haykaltaroshligi, dastgohH. (q. Dastgoh sanʼ-ati), mayda haykaltaroshlik turlari oʻzaro yaqin aloqada rivojlanadi hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega. Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental H.ka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, H. ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega; biroq H.ning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental H.ka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlash-dir. Monumental H. asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.

Bezak H.ga istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻlar, shuningdek, meʼmoriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan boʻrtma tasvirlar, amaliy sanʼat buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu H. ning koʻrinishidir.

Dastgoh H.ga mustaqil mazmunga ega boʻlgan, sanʼatning boshqa turlariga tobe boʻlmagan asarlar kiradi; ular koʻrgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qoʻyish uchun moʻljallanadi. Bu tur asarlarda voqelik oʻzining butun borligʻi bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik uzgarishlar, uning ichki kechin-malari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta. Dastgoh H. asarlari byust (belgacha boʻlgan portret), tors, haykal (odam gavdasining natural kat-talikda ishlangan koʻrinishi), haykalcha (natural kattaligidan kichik boʻlgan haykallar), koloss (haddan ortiq kattalikda ishlangan haykallar, mas, Rodos kolossi), janrli haykal (muayyan muhitda tasvirlangan odam yoki odamlar guruhi) va b. koʻrinishda boʻladi. Kichik shakllar H.gi oʻz xarak-teriga koʻra amaliy bezak sanʼatiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qoʻyiladigan sopol, chinni va b. xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng koʻp tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash sanati va gliptika ham shu turga mansub.

H.da ijodkor nursoya oʻyinidan foydalanish orqali asarning taʼsir kuchini oshirishga erishadi (nur tushishi bilan haykal jonlanadi, nur yoʻnalishining oʻzgarishi bilan undagi nur-soya tovlanishi ham oʻzgaradi, natijada undan tomoshabin oladigan taassurot ham oʻzgarib boradi). Bu ayniqsa monu-mental va bezak H. asarlari uchun qoʻl keladi, chunki maydon yoki hiyobonga oʻrnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. H.la insonning tashqi koʻrinishi, sokin yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechin-malar, hayajon, gʻamginlik va b. ham oʻz ifodasini topadi. Haykaltarosh mahorati, toʻgʻri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning taʼsirli boʻlishida muhim oʻrin tutadi. H. asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yogʻoch, metall (oltin, kumush, pikel kabi qimmatbaho metallar) sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi. H.da tanlangan xom ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq H.da-gina haykallarni boʻyash hollari uchraydi. H. asarlari yaratishda yumshoq moddalar (maxsus loy, mum, plastilin va b.), qattiq moddalar (turli nav toshlar, yogʻoch va b.)dan kesib (yoʻnib) yoki oʻymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yoʻli bilan yaratiladi; suyuq holatdan qattiq holatga oʻtish xususiyatiga ega boʻlgan moddalar (turli metall, gips, beton va b.)dan qolip yordamida quyib ishlanadi; keramika H. asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl boʻyama iaqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda quydiriladi. H. asari taglikka (postament yoki pyedestalga) oʻrnatiladi; baʼzan haykaltarosh maq-sadini yuzaga chiqarishda bir necha taglikka oʻrnatilgan haykallar, relyeflardan foydalanishi mumkin.

H. qadimdan — ibtidoiy jamiyatda insonning mehnat faoliyati va diniy tushunchalarning paydo boʻlishi bilan shakllanib, yasash jarayonida H.ga xos uslub (yoʻnish, ishlov berish, yumshoq loydan shakllar yasash) bilan oʻz hissiyoti, kechinmalarini tasvirlay boshlagan. Hayvonlarning dumaloq, gʻor yoki tosh yuzasiga ishlangan boʻrtma haykallari ibtidoiy kishilar qarashlarining ifodasidir. Boʻrtma tasvirlar yumshoq tosh, suyak va yogʻoch yuzasiga ishlangan, mehnat va ov qurollarini bezashda hamda tumor sifatida ham foydalanilgan. Oltin va b. qimmatbaho materiallardan boʻrtma tasvirli amaliy sanʼat buyumlari, loydan haykalchalar yasashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi (skifyaar madaniyati, Afrika qitʼasining Nok manzilidagi sopol haykallar va b.).

Quldorlik tuzumi davridan H.da yangi bosqich boshlandi, bu davr uslub rang-barangligi, mavzu va turlarining koʻlami bilan ajralib turadi. Bu jihatdan H.da Qad. Sharqning alohida oʻrni bor: ilk bor mahobatli haykallar, dastgoh portretlari, joʻshqin, harakatga toʻla boʻrtma tas-virlar yaratildi. Shumer va Akkad, Bobil va Ossuriya yodgorliklari, Misrdagi mahobatli haykallar, nafis boʻrtma tasvirlar shu davrning nodir yodgorliklaridir. Oʻrta Sharq, jumladan, Oʻzbekiston hududida yara-tilgan Xorazm, Sugʻd, Baqtriya yodgorliklari, Tuproqqalʼa, Varaxsha, Af-rosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa, Quvaning mahobatli haykal va boʻrtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy sanʼat buyumlarini bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat beradi.

Antik davrda voqeband relyef, portret oʻz rivojining yuqori bosqi-chiga koʻtarildi, odamning ruhiy hola-tini ifodalash borasida katta yutuqlarga erishildi. Yunoniston va qis-man qad. Rimda yaratilgan H. asarlarida insoniy tuygʻular, uning kamoloti yetakchi oʻrinni egalladi, tasvirlashda haqqoniylik hukm surdi, jismoniy baquvvat va maʼnaviy goʻzal inson obra-zini yaratish yunon H.ning bosh maqsadi boʻldi (Fidiy va Miron, Poliklet va Praksitel). Rim haykaltaroshlari portret sanʼatida katta yutuqlarga erishdilar, ularning asarlarida in-sonning murakkab kechinmalari kuchli realizmda tasvirlandi, shaxsning jismoniy va maʼnaviy holati ochiq koʻrsatildi; Rimda ilk bor otliq qoʻmondon haykali ishlandi, boʻrtma tasvirda ham katta yutuqlarga erishildi: muhim tarixiy voqealarga bagʻishlab oʻrnatilgan ustun va zafar toqilari voqeband boʻrtma tasvirlar bilan bezatildi.

Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida H. hamma joyda bir xil rivojlanmadi. Jan., jan.-sharqiy Osiyo mamla-katlari (Hindiston, Indoneziya va Hindixitoy mamlakatlari)da maho-batli, ishlanishi nafis ajoyib yodgorliklar yaratilgan boʻlsa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H. amaliy bezak sanʼatining H. bilan chatishib ketgan tosh oʻymakorligi, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, zargarlik va kandakorlik asarlarida oʻz ifodasini topdi, roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar tayyorlashda, binolar bezagi (namoyoni)da keng qoʻllandi. Yevropa mamlakatlarida xristian dini H.ni rivojlantiruvchi asosiy kuch boʻldi: soborlar qoshida H. ustaxonalari tashkil etildi, bu yerda boʻlajak haykal-taroshlar tayyorlandi, ibodatxonalar uchun dumaloq haykal va relyeflar yaratilib, ular diniy gʻoyalarni targʻib qilishga xizmat qildi.

H. roman va gotika uslubida qurilgan binolar kompozitsiyasining ajral-mas qismiga aylandi. 13-a. 2-yarmi — 14-a. boshlarida Yevropa realistik H. namu-nalari koʻzga tashlana boshladi (N.Pi-zano va b.), dunyoviy gʻoyalar (yorqin insoniy xarakterlar, hayotga muhabbat ruhi)ni aks ettirish H.ning bosh vazifasiga aylandi (Donatello, A.Verok-kʼo va b.), koʻp planli relyeflar yara-tildi; bronzadan haykal quyish sanʼ-ati mukammallashdi, mayolika (koshinkorlik), kandakorlik amaliyotda keng ishlatila boshlandi. Mikelanjelo ijodi Uygʻonish davri sanʼatining yuksak bir choʻqqisi boʻldi. 17—19-a.lar H. ham boy va rang-barang; bu davr Yevropa H.da barokko, klassitsilm, realizm uslublari raqobatda boʻldi. Uygʻonish davri H.ga xos xotirjamlik, salobatlilik oʻrniga barokko uslubi bilan shijoat, joʻshqinlik kirib kelgan boʻlsa, klas-sitsizm aksincha yana Uygʻonish davri xotirjamligiga qaytishga, hamma narsani aql bilan tartibga solishga harakat qildi. Oʻz mavqeini mustahkamlab borgan realizm uslubi borliqni toʻlaqonli aks ettirishga, inson his-tuygʻularini chuqurroq ifodalashga intildi (L.Bernini, A.Kanova, J. Gudon va b.). 19-a. 2-yarmidan H.da demokratik tamoyillar ortib bordi, maishiy hayot, mehnat mavzusi sanʼatkorlarni oʻziga jalb etdi. Yevropa H.da turli naturalistik oqim va yoʻnalishlar shakllandi, avvalgi sanʼatlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressi-onizm, simvolizm oqimlari ham H.da oʻz ifodasini topdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshidagi H. rivojiga davrning yangi oqimlari taʼsir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning taʼsirida nafaqat fransuz, balki koʻpgina zamonaviy yevropalik va b. haykaltaroshlar ijodi shakllandi. 20-a. H. sanʼati qarama-qarshi omillarga asoslangan. Bir tomondan realistik sanʼat yoʻnalishi oʻz badiiy koʻlamini kengaytirishga, ifoda vositalarining taʼsirchanligini oshirishga intilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan avangard sanʼati oʻz imkoniyatlarini keng namoyon eta bordi. 20-a. badiiy uslublari (kubizm — P.Pikasso, A.Ar"xipenko, A.Loran; konstrukti-vizm — A.Kolder; popart va avangardning boshqa vakillari) taʼsirida H. yangi koʻrinish va anʼanaviy boʻlmagan uslub va materiallar bilan boyidi. 19-a. oʻrtalarida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H.da jonlanish boshlandi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda ham H. asarlari yaratila boshladi, uning dumaloq va boʻrtma tasvir-relyef turida asarlar paydo boʻldi. Favvoralar ishga tushdi, bezak H. asarlari bilan dam olish va xor-diq chiqarish maskanlari, xiyobonlarni bezatish odati kengaydi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher va b. haykallar bir qancha (Toshkent, Buxoro kabi) joylarni bezab turibdi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi marmardan ishlangan sher haykallari, islimiy, girih naqshlar, chiroyli yozuvlar bilan oʻyib jilo berilgan suv novlari diqqatga sazovor. Tosh va marmar oʻymakorligi namunalari Xiva meʼmoriy yodgorliklarida koʻp uchraydi (jumladan, relyefli tosh va marmar poyus-tunlar).

20-a. boshlaridan xalq anʼanaviy amaliy sanʼati usullari keng qoʻllandi hamda rivojlantirildi: Muqimiy teatri (1943) hamda Navoiy teatri (1948) binosi va b. H.ning boshqa turlari ham keng rivojlana boshladi. Anʼ-anaviy mayda haykaltaroshlik ham yangi mazmun va mavzular bilan boyidi (U.Joʻraqulov, X.Rahimova, A.Muxto-rov va b.). Shu davrdan realistik H.ning hamma turlarida dastlabki namunalari yaratildi. Monumental va bezak H.gi bevosita meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq holda rivoj topdi: E.Rush, Ya.Kuchis, Ya.Strazdin, O.Korjinskaya asarlari shu sanʼatining dastlabki namunalari edi. Dastgoh H.gida port-ret va janrli kompozitsiyalar paydo boʻldi (A.Ivanov, F.Grishchenko va b.). Oʻzbek haykaltaroshligining yangi bos-qichi 20-a.ning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Bu davrga kelib haykaltaroshlar safi kengaydi. H.da akademik tizim shakllandi. A. Boymatov, A. Ahme-dov, D.Roʻziboyev, A.Shoymurodov, E.Aliyev, H.Hus-niddinxoʻjayev, Ya.Shapiro, L.Ryabsev, D. Ryabichev va b. H.ning barcha tur va janrlarida ijod qilib, uning ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Monumental va monumental-bezak H. borasida qator asarlar yaratishda tosh, metall, shamot, sopol va b. qat-tiq materiallardan keng foydalaniddi. Oʻzbekistondagi har bir meʼmoriy majmua sanʼatlar sin-tezi zaminida shakllantirilishi H. rivojida muhim oʻrin egalladi. Toshkent sh., viloyatlar va tumanlar markazlarida bosh maydon, yirik xiyo-bon, koʻchalar va b. markazlarda maydonlar tashkil etildi, ularda davlat va fan, madaniyat arboblariga yodgorliklar oʻrnatildi: Toshkentdagi Pushkin (M.Anikushin), Samarqanddagi Alisher Navoiy va Jomiy (H.Husnid-dinxoʻjayev va V.Lunev) hamda Mirzo Ulugʻbek (M.Musaboyev) va b. haykallar. Bezak H.da afsonaviy ajdaho, kiyik va qoʻzichoqlar haykallari yaratilib, madaniy, maʼmuriy binolarning may-donlariga oʻrnatildi (Toshkentdagi Oʻzbekiston BA Markaziy koʻrgazmalar zali oldidagi haykallar va b., Samarqand muzeyi oldidagi ajdaho, Buxoro Inturist mehmonxonasi uchun ishlangan relyef va haykallar), favvoralarda H. koʻrinishlari oʻz ifodasini topdi.

Dastgoh H.ning portret va anima-listika janrlarida A. Boymatov, A.Shoymurodov, A.Ahmedov, akauka P. va M.Ivanovlar, T. Qosimov, D.Roʻziboyev, keyinroq \\.Jabborov, T.Toʻlaxoʻjayev va b., qoraqalpoq H.da J.Quttimurodov, Toʻraniyozov va b. izlanishlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. 1960—80 y.larda dast-goh X.ning portret, janrli haykal va mayda plastika (haykaltaroshlik)da jonlanish sezildi, uslub va yoʻnalishlari kengaydi. A. Hotamov, T.Esonov, M. Abdullayev, F. Ahmedzya-nov, M.Avakyan, M.Rahmonberdiyev, M.Borodi-na, L. Nesterovich, M. Porub, T.Yorqulov va b. shu yoʻnalishda ijod qilib tanila boshladilar.

Mustaqillik yillarida H.da yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo etildi, ularda ajdodlarning yorqin qiyofalarini yara-tishga erishildi. Bu davrda H.da yaratilgan asarning ilk namu-nasi Oʻzbekiston milliy bogʻinint soʻlim goʻshasiga oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali boʻlib (haykaltaroshlar E.Aliyev, N.Bandzeladze, V.Deg-tyarov, 1991), u atrof-muhit bilan uy-gʻunlikda; ramziy maʼnoda barpo etilgan meʼmoriy qism (ayvon) shoirning mahobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Monumental H.da sermahsul ijod qilayotgan I.Jabborov, J. Mir-tojiyev va b. asarlarida sanʼatlar sin-teziga asoslangan asarlari yuzaga keldi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda qad koʻtargan Amir Temurning mahobatli haykallarida sohibqiron obrazi gavdalantirildi; sarkarda "Ja-loliddin Manguberdi" (2000), buyuk alloma "alFargʻoniy" (1998, Fargʻona va Quva sh.) "Zahiriddin Muham-mad Bobur" (1993, Andijon sh.da), "Abdulla Qodiriy" (1994, Toshkent sh.da), "Choʻlpon" (1997, Andijon sh.da), "Ona" (Jizzax sh.da) kabi yirik yodgorlik asarlarida tarixiy shaxslar qiyofasi, "Alpomish" ramziy haykalida (1999, Termiz sh.da) xalq qahramonining badiiy talqini yara-tildi.

Dastgoh H.da zamonaviy va milliy anʼanalar oʻzaro uygʻunlikda rivojlanmoqda, bunda badiiy tasviriylik yetakchi oʻrin tutadi. H.da oʻziga xos ijodiy uslubga ega boʻlgan T.Tojixoʻjayev ("Alisher Navoiy", "Ulugʻbek", "Mashrab", "Furqat" kabi buyuk siymolar hamda "Kurash", "Raqs", "Chavandoz" kabi romantik asarlar), D.Roʻziboyev ("Navroʻz malikasi", 2000), J.Quttimurodov ("Ayol", "Amudaryo", "Oqqush", "Avesto" turkumi va b.), J. Mirto-jiyev ("Bobur — Vatan sogʻinchi", "Sayyoh Bobur", "Temur Malik", "Behzod") va b. haykaltaroshlar sama-rali ijod qilmoqda. Mayda H.da ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi, sopol (terrakota), shamot, chinni, fayans, yogʻoch va b.da asarlar yuzaga keldi. Sh.Moʻminovannng chinni va sopol shakllari nozik hamda tasavvurining rang-barangligi bilan ajralib turadi, N.Qodirov, V. Shurkov va b.ning sopol haykalchalari ishlanishi xalq ijodiyotiga yaqinligi, yengil yumori bilan diqqatni oʻziga tortadi.

J: Kepinov G.M., Texnologiya skulpturn, M., 1936; Golubkina A.S., Neskolko slov o remesle skulptora, M., 1963;Apuxtin O.K., Tasviriy sanʼat asoslari, T., 1967; Oʻzbek sanʼati, T., 2000. Neʼmat Abdullayev.