Qoʻqon uyezdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻqon tumanidan yoʻnaltirildi)
Qoʻqon uyezdi
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
Mamlakat Rossiya imperiyasi
viloyat Qoʻqon viloyati
Asos solingan 1876
Maydon 13,312 km2 (5,140 mi²)
Aholisi
 (1910)
366,407 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5

Qoʻqon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Fargʻona viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik. Maʼmuriy markaz — Qoʻqon shahri. Maydoni — 13312 kv.verst, aholisi — 366.407 kishi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezd 1876-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinishi va Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng tashkil topgan.

Qoʻqon uyezdi 1876-yil 6-martda uchta uchastkaga boʻlindi. Ushbu uyezdda 23 ta volost, 57440 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 793 tasi yersiz edi. Aholining yersiz qatlami boylar yerlarida mardikor-chorikor yoki shaharlarda hunarmandchilik, mavsumiy ishchi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. uchta uchastkaga boʻlindi. Ushbu uyezdda 23 ta volost, 57440 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 793 tasi yersiz edi. Aholining yersiz qatlami boylar yerlarida mardikor-chorikor yoki shaharlarda hunarmandchilik, mavsumiy ishchi boʻlib faoliyat koʻrsatgan.

1917-yilgacha Qoʻqon shahri uyezd boshligʻi tomonidan boshqariladi. Uyezd boshligʻi koʻlida maʼmuriy va xoʻjalik boshqaruvi toʻplangan boʻlib, ijtimoiy masalalarni hal etishda unga aholining nufuzli vakillaridan 3 yil muddatga saylanadigan 3 ta deputat (shundan 1 tasi mahalliy aholi, 2 tasi rus aholisi vakillari) yordam bergan. Shahar hududi va xoʻjaligi kengayib, aholi soni ortib borishi bilan, boshqaruv apparata ham oʻsib borgan, deputatlar soni 1907-yildan 6 kishiga (shundan 4 kishi rus aholisi vakillari edi) koʻpaytirilgan[1].

Deputatlarga soliq toʻplash, maʼmuriyat buyruqlarini xalqqa yetkazish kabi quyi ijrochilik vazifalari topshirilgan. Maʼmuriy va xoʻjalik masalalari bilan uyezd boshligʻi shugʻullangan. 1896-yilda Qoʻqonda katta oqsoqol oʻrniga shahar politsiya boshqarmasi joriy etiladi. Ruslardan tayinlangan politsiya boshligʻi shahar boshligʻi funksiyasini bajargan va mahalliy aholi yashagan eski shaharni qattiq nazoratda tutgan. Shahar daromadining 24,1 foizi politsiya xizmati taʼminotiga sarflangan[2].

Oʻlkadagi boshqa shaharlar kabi Qoʻqonda ham rus maʼmurlari uchun alohida uylar qurila boshlangan. Shu maqsadda 1881-yildan rus maʼmurlari va harbiylari uchun „yangi shahar“ qurilishi boshlangan.[3]. Sobiq xon saroyining atrofida bogʻlar buzilgan, uning yonida joylashgan qabriston boshqa joyga koʻchirilgan va shu yerlarda „yangi shahar“ qurilishi uchun joy ajratilgan. Ijtimoiy tarkibi jihatidan „yangi shahar“ aholisi dastlab harbiylar, savdogarlar, amaldorlar va xizmatchilardan iborat boʻlgan. Keyinchalik, shaharda sanoat korxonalarining paydo boʻlishi, Andijon — Samarqand temir yoʻlining ochilishi, 1899-yilda Qoʻqonga temir yoʻlning yetkazilishi bilan shahar aholisining nafaqat soni, balki ijtimoiy va milliy tarkibida ham oʻzgarishlar sodir boʻldi[4].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻqon tumani Fargʻona viloyatining gʻarbiy qismini egallagan. Gʻarbda Xoʻjand, shimolda Namangan, sharqda Margʻilon, janubda Samarqand uyezdlari bilan chegaradosh edi.

Geografik jihatdan uyezd ikki qismga boʻlingan: janubiy togʻliklar va shimoliy pasttekisliklar. Janubi, aksariyat qismi Oloy tizmasining shimoliy tomonlari va etaklarini oʻz ichiga olgan. Shimoliy qismiga Fargʻona vodiysining janubi-gʻarbiy qismi kirgan.

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1882-yilda Qoʻqon uyezdida 23 ta volost[5] boʻlgan. Uyezdning maʼmuriy boʻlinmalariga quyidagi volostlar kirgan:

  • Qoraqalpoq-Soʻx
  • Zodian,
  • Yangiqoʻrgʻon,
  • Oʻtarma,
  • Buvayda,
  • Nayman,
  • Nagutqipchoq,
  • Laylak,
  • Mahram
  • Aravon,
  • Ganjiravon.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1893-yilda uyezdda 246 880 kishi yashagan. Aholisi sartlar, turklar va tojiklar, qirgʻizlar, oʻzbeklar. 1883-yil maʼlumotlariga koʻra ruslar soni 360 kishidan oshmagan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezd aholisining asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan. Uyezdning quyi, issiq va qurgʻoqchil qismlarida dehqonchilik sunʼiy sugʻorish bilan olib borilgan. Asosiy ekinlar bugʻdoy, arpa, sholi, tariq, durra, dukkaklilar va paxta yetishtirilgan. Mevali daraxtlardan nok, olcha, olxoʻri, oʻrik, shaftoli, uzum, ayniqsa, ipakchilikda foydalaniladigan tut daraxti keng tarqalgan. Qovun, tarvuz, bodring ekinlari katta ahamiyatga ega edi.

Asosan chorvachilik bilan shugʻullangan qirgʻizlar yozda Zaalai tizmasidagi togʻ yaylovlariga koʻchib ketishgan.

Sanoati, asosan, mayda, hunarmandchilik: kigiz, gilam, idish-tovoq, poyabzal, jabduqlar va boshqalar yasalgan. Yirik sanoat va savdo faqat Qoʻqonda mavjud edi. 1887-yilda uyezdda ishlab chiqarish hajmi 520 ming rublgacha boʻlgan 1733 ta zavod (moy, ipak, paxta tozalash zavodlari va boshqalar) mavjud edi. XX asr boshlariga kelib, asosan paxta tozalash zavodlarining ochilishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi oshdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zMA. I.17 fond 1-ro‘yxat, 20308-yig'ma jild — 22 bet. 
  2. O‘zMA. 460 fond 1-ro‘yxat, 20-yig'ma jild — 17-21 bet. 
  3. Фарғона водийсидаги шаҳарлари. Қўқон. Toshkent, 1963 — 32-33 bet. 
  4. XUSHNUDBEK MAMADALIYEV. FARGʻONA VODIYSI SHAHARLARI TARIXI (XIX – XX ASR BOSHLARI), Toshkent.: “Fan ziyosi”, Oʻz R FА Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, 2022 — 192 bet. ISBN 978-9943-747-45-6. 6-iyun 2023-yilda qaraldi. 
  5. Tsentralniy gosudarstvenniy arxiv Rossii v Sankt-Peterburge. F.1882. l.4

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Massalskiy V. I. Kokand // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.