Punta Arenas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Punta Arenas
Shahar
Skyline of Punta Arenas
Punta Arenas
Gerb
53°9′45″S 70°54′29″W / 53.16250°S 70.90806°W / -53.16250; -70.90806 G OKoordinatalari: 53°9′45″S 70°54′29″W / 53.16250°S 70.90806°W / -53.16250; -70.90806 G O
Mamlakat Chili
{{{mintaqa_turi}}} Magellanes va Antarctica Chilena
{{{tuman_turi}}} Magallanes
Ma'muriyati Munitsipalitet
Hukumat
 • Alkald Claudio Radonich
Asos solingan 1848-yil 18-dekabr
Maydon 17,846.3 km2 (6,890.5 mi²)
Markazi balandligi 34 m
Aholisi
 (2012)
127,454
Zichligi 7.1 kishi/km2
Etnoxoronim Puntarenalik
Vaqt mintaqasi UTC−3
Telefon kodi 56 + 61
Punta Arenas xaritada
Punta Arenas
Punta Arenas

Punta ArenasChilining eng janubiy viloyati, Magellanes va Antarctica Chilena viloyati (ispancha: Región de Magallanes y de la Antártica Chilena) poytaxti. 1927-yilda nomi Magellanes sifatida o'zgartirilgan, lekin 1936-yilda qayta Punta Arenas holatiga keltirilgan. Punta Arenas 46-janubiy paralleldan janubdagi eng yirik shahar hamda Chili va Amerika qit'asidagi eng aholisi ko'p janubiy shahar hisoblanadi. Shahar shuningdek Lotin Amerikasidagi 100,000 istiqomatchilariga ega bo'lgan eng sovuq qirg'oqbo'yi shahardir. Punta Arenas dunyodagi eng janubiy port shaharlardan va besh Antarktida darvozalaridan biridir (Cape Town, Janubiy Afrika Respublikasi; Christchurch, Yangi Zelandiya; Hobart, Avstraliya; Punta Arenas, Chili; Ushuaia, Argentina).

1977-yildan buyon Punta Arenas Chilining ikki erkin portlaridan biri bo'lib kelmoqda (yana biri mamlakat shimolidagi Iquique porti). Magellan bo'g'ozidan shimoldagi Brunswick yarimorolida joylashgan Punta Arenas shahriga dastlab Chili hukumati tomonidan 1848-yilda bo'g'oz ustidan hokimiyat da'vo qilish maqsadida jinoyatchilar koloniyasi ko'rinishida asos solingan. XIX asrning ikkinchi yarmida Janubiy va Shimoliy Amerika g'arbiy qirg'oqlari orasida dengiz qatnovlari va savdo hajmi o'sishi bilan shahar aholi soni va maqomi ham oshib bordi. 1880-yillar va 1900-yillar boshidagi oltin konlari ochilishi va chorvachilik xo'jaligining rivojlanishi yevropalik, asosan Xorvatiya va Rossiyalik immigrantlar oqimiga va shahar aholisi sonining oshishiga sabab bo'ldi. Chili va Argentinada 10,000 kvadrat kilometr hududni nazorat qilgan eng yirik qo'ychivonlik kompaniyasi ham Punta Arenas shahrida joylashgan va kompaniya egalari shu shaharda istiqomat qilgan.

Asos solinganidan buyon Punta Arenas Chili hukumatining Janubiy Amerikadagi da'volarini himoya qilishda foydalanilgan. Aynan shu omil Chili va Argentina orasidagi 1881-yilgi Chegara bo'yicha kelishuvda Magellan bo'g'ozining Chili hududi sifatida tan olinishiga sabab bo'ldi. XX va XXI asrlarda Punta Arenas shahri Antarktida yarimoroliga uyushtiriluvchi safarlar uchun logistik ta'minot nuqtasi sifatida xizmat qildi va bu shahar ahamiyatining yanada o'sishiga sabab bo'ldi. San Juan daryosi shaharni suv bilan ta'minlaydi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferdinand Magellan nomiga o'rnatilgan yodgorlik, Punta Arenas

Brunswick yarimorolida joylashgan Punta Arenas Patagoniyadagi eng yirik shaharlardandir. 2012-yilda aholi soni — 127,454 kishi. Shahar Antarktida qirg'oqlaridan tahminan 1,419 kilometr (882 milya) va Argentinaning Tierra Del Fuego viloyati poytaxti Ushuaiadan 635 kilometr (395 milya) masofada joylashgan.

Magallanes viloyati Chili Patagoniyasining bir qismidir. Magallanes — Magellanning ispancha nomi va viloyat Ispaniya imperiyasi xizmatidagi portugal sayohatchisi Ferdinand Magellan nomi bilan nomlangan. Ispaniya xizmatida dunyo bo'ylab sayohati davomida Magellan 1520-yilda bugungi Punta Arenas shahari yaqinidan o'tgan. Ilk ingliz dengiz sayohati bilan bog'liq hujjatlarda hudud "Sandy Point" (inglizcha "Qumloq nuqta") nomi bilan ataladi.

Shaharning o'zi Brunswick yarimorolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Yarimorolning Guairabo, Rio Amarillo va Punta San Juan manzilgohlari joylashgan sharqiy sohillarini hisobga olmaganda, Brunswick yarimorolida aholi istiqomat qilmaydi. Punta Arenas munitsipaliteti Brunswick yarimorolining barcha qismini, jumladan Isla Grande de Tierra del Fuego orolidan g'arbdagi va Cockburn hamda Magdalena kanallaridan shimoldagi barcha orollarni o'z ichiga oladi.

Ushbu orollarning eng yiriklari:

  • Santa Inés oroli
  • Desolación oroli
  • Dawson oroli
  • Aracena oroli
  • Clarence oroli
  • Carlos oroli
  • Wickham oroli

Dawson orolini istisno qilganda (2002-yilda aholi soni — 301 kishi) orollarda asosan odam yashamaydi. Clarence orolida 5 kishi yashagan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Punta Arenasda qish (2014-yil iyul).

Uzoq janubda joylashgani sababli Punta Arenasda subpolyar dengiz iqlimi hukm suradi (Köppen iqlim tasnifi Cfc). Punta Arenasda mavsumiy harorat shaharning okeanga yaqinligi tufayli ancha mo'tadil: o'rtacha past harorat iyul oyida −1 °C (30 °F), o'rtacha baland harorat esa yanvar oyida 14 °C (57 °F). Hudud mo'tadil harorati bilan tanilgan bo'lib, mavsumlarda harorat biroz o'zgaradi. Yomg'ir mavsumi aprel va may oylarida bo'lib, Chili qishi (iyundan sentyabrgacha) batamom qorli mavsumda o'tadi. Patagoniyaning boshqa qismlaridagi kabi yillik yog'in darajasi ancha past (380 mm), chunki And tog'lari yomg'irni to'sib turadi. O'rtacha harorat 1 °C (34 °F) dan pastga tushmaydi. Shahar kuchli shamollar bilan tanilgan bo'lib, shamollar ayniqsa yozda kuchayadi. Piyoda yo'lovchilarga dengiz tomonga esayotgan shamollarga qarshi turishga ko'maklashish uchun shahar ma'muriyati shahar markazidagi binolar orasiga arqonlar o'tkazib chiqishgan.

1986-yildan buyon Punta Arenas ozon qatlamining yemirilishidan bevosita aziyat chekkan birinchi yirik aholi soniga ega shahar bo'lib kelmoqda. Shahar aholisi ultrabinafsha nurlanishining zararli darajalaridan aziyat chekishi e'tirof etilgan.[1][2]

Punta Arenas iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 25,0 28,7 26,0 22,5 16,0 16,0 12,0 14,0 19,0 23,5 24,9 27,0 28,7
Oʻrtacha maksimal, °C 16,3 16,1 15,4 12,1 8,8 5,5 4,9 7,0 10,2 12,9 14,2 15,2 11,6
Oʻrtacha harorat, °C 10,7 10,3 8,9 6,6 4,2 1,9 1,7 2,7 4,6 6,4 8,3 9,7 6,3
Oʻrtacha minimal, °C 5,9 5,4 3,9 2,2 0,1 −1,5 −1,5 −1 0,0 0,6 3,5 4,8 1,9
Mutlaq minimal, °C −1 −2,4 −4 −8,4 −10,6 −18,7 −14,2 −12 −9,6 −4,8 −3 −1 −18,7
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 38,1 31,5 42,9 45,1 36,9 31,3 30,9 29,5 24,5 24,6 23,1 31,8 390,2
Manba: Dirección Meteorológica de Chile

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Casa España - 1917-yilda Ispaniyaning Socorros Mutuos jamiyati tomonidan asos solingan.

Ispanlar Magellan bo'g'ozi bo'ylab ikki manzilgohga asos solishga urinishgan. Birinchi manzilgoh Nombre de Jesús ("Iso nomi ila") deb nomlanib, unga 1584-yilda asos solingan. Noqulay ob-havo sharoitlari, shahar istiqomatchilari suv va ozuqa topishda duch kelgan qiyinchiliklar hamda boshqa ispan portlaridan ajratib turuvchi o'ta olis masofa tufayli manzilgoh barbod bo'lgan. Ikkinchi manzilgoh Ciudad del Rey don Felipe ("Qirol Felipe shahri") deb nomlanib, Punta Arenasdan 80 kilometr janubda joylashgan. Bu shahar keyinchalik Puerto del Hambre (ispancha "Ochlik porti") nomi bilan tanilgan. Ispaniya ushbu shaharlarga Magellan bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatish hamda o'z kemalarini ingliz qaroqchilaridan himoya qilish maqsadida asos solgan. Ingliz kapyori, Thomas Cavendish o'zining dunyo bo'ylab dengiz orqali sayohati davomida 1587-yilda Puerto del Hambre manzilgohining tirik qolgan eng so'nggi vakilini qutqaradi.[3][4]

Jinoyatchilar koloniyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1843-yilda Chili hukumati Magellan bo'g'ozi qirg'oqlarida fort va muqim aholi manzilgohi qurish maqsadida hududga ekspeditsiya yuboradi. Xuddi shu maqsadda Goleta Ancud nomli shxuna quriladi va foydalanishga topshiriladi. Chili dengiz kuchlaridan John Williams Wilson qo'mondonligi ostida shxunada 21 kishi (kapitan, o'n sakkiz ekipaj a'zolari va ikki ayol) yuklari bilan buyruqni bajarish uchun yo'lga chiqadi. Manzilgohga asos solinishi sanasi —1843-yil 21-sentyabr.[5]

Fort kichik qoyali yarimorolda yaxshi o'rnashgan bo'lsada, hududda muqim aholi manzilgohini ta'minlash imkoni yo'q edi. Shu sabab, harbiy gubernator José de los Santos Mardones 1848-yilda manzilgohni bugungi joyga — Las Minas daryosi bo'yiga ko'chirishga qaror qiladi va uni Punta Arenas (Qumloq nuqta) deb nomlaydi.

XIX asrda Chili hukumati Punta Arenasdan jinoyatchilar koloniyasi hamda "muammoli" xulq-atvorga ega harbiylar jazo muddati o'tovchi harbiy post sifatida foydalangan. Immigrantlar ham shu yerga jo'natilgan. 1851-yil dekabrida leytenant Cambiaso boshchiligida mahbuslar qo'zg'oloni sodir bo'ladi. Oqibatda gubernator Muñoz Gamero va rohib o'ldiriladi, cherkov va kasalxona vayron qilinadi.[6] Qo'zg'olon Britaniya kemasi HMS Virago qo'mondoni William Stewart tomonidan bostiriladi. Unga bu ishda ikki Chili kemasi: Indefatigable va Meteoro ko'maklashadi.[7][8]

Eski Mashinaxona 1890-yilda xorvatlar tomonidan qurib, bitkazilgan, Christopher Colubmus ko'chasi.

1867-yilda prezident José Joaquín Pérez chililiklar va horijliklarning Punta Arenas atroflarida o'rnashishlarini rag'batlantirish uchun uchun tekin yerlar tarqatadi. Chilining Magallanes viloyatida qo'ychivonlik fermerligi rivojlanishi bilan 1867-yildan boshlab Britaniyalik immigrantlar ham hududga kelib o'rnasha boshladi. Britaniyaliklar immigratsiyasi 1906-yilga qadar davom etib, shu yili xorvat immigrantlari son jihatdan britaniyaliklardan o'zib ketadi.[9]

1877-yilgi El motín de los artilleros ("Artilleriyachilar isyoni") deb nom qozongan isyon shaharning katta qismining vayron qilinishiga va qamoqxona bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqasi bo'lmagan ko'pchilik fuqarolarning o'limiga sabab bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan shahar yana o'zini tikladi. Qo'ychivonlikning rivojlanishi va hududda oltin konlarining kashf qilinishi, shuningdek yelkanli kemalarda savdo hajmining oshishi bilan shaharga yana immigrantlar kela boshladi va shahar o'zini tiklashni boshladi.

Iqtisodiy o'sish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1890-1940-yillar oralig'ida Magallanes viloyati muhim qo'ychivonlik mintaqasiga aylandi va bir kompaniya — Sociedad Explotadora de Tierra del Fuego (ispancha "Olovli yer oroli ekspluatatsiyasi jamiyati") hududda 11,000 kvadrat kilometr yerga egalik qilgan. 1910-yilda Sociedad Explotadoraning Sociedad Ganadera bilan birlashishi natijasida kompaniya Chili va Argentina janubida 3 million gektar yerga va 2 million bosh qo'yga egalik qila boshladi.[9] Kompaniya shtab-kvartirasi va kompaniya egalarining uylari ham Punta Arenasda joylashgan. Punta Arenas markazidagi sobiq Braun-Menéndez qasrida bugungi kunda Sarah Braun muzeyi ish olib boradi.

Garchi bo'ronli ob-havoga ega bo'lsada, Punta Arenas gavani Panama kanali qurilishidan oldin Chilidagi eng muhim gavan hisoblangan.Gavan Atlantika va Tinch okeanlari orasida qatnayotgan paroxodlar uchun ko'mir zaxiralash stansiyasi vazifasini bajargan. Bugungi kunda gavandna asosan turist kruzerlari va ilmiy ekspeditsiya kemalari foydalanadi.

Bugungi kun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Punta Arenas, panorama.

Shahar odatda Antarktidaga uyushtiriluvchi safarlar uchun jo'nash nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Bunday shaharlar qatoriga Ushuaia (Argentina) va Christchurch (Yangi Zelandiya) kabilarni ham qo'shish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abarca, Jaime F.; Casiccia, Claudio C. (2002). „Skin cancer and ultraviolet-B radiation under the Antarctic ozone hole: southern Chile, 1987–2000“. Photodermatology, Photoimmunology & Photomedicine. 18 (6)-jild. John Wiley & Sons. doi:10.1034/j.1600-0781.2002.02782.x. PMID 12535025.
  2. Sims, Calvin. „Punta Arenas Journal; A Hole in the Heavens (Chicken Little Below?)“. The New York Times (1995).
  3. Martinic, Mateo, (2000) Rey don Felipe: Tarixiy faktlar (ispancha). Productora Gráfica Andros Ltda, 100-bet.
  4. Moss, Chris. Patagonia: A cultural History. New York: Oxford University Press, 2008 — 299 bet. 
  5. Braun-Menéndez, Armando. Fuerte Bulnes: Colección Cruz del Sur. Biblioteca Francisco de Aguirre, 1968. 
  6. "Punta Arenas, History and Legends". Interpatagonia.com.
  7. "History HMS Virago". Pdavis.nl.
  8. Brown, Charles H.. Insurrection at Magellan. Narrative of the Imprisonment and Escape of Capt. Chas. H. Brown," Chilian Convicts" (Second ed.). Boston: Geo. C. Rand, 1854. 
  9. 9,0 9,1 Edmundson, William. A History of the British Presence in Chile: From Bloody Mary to Charles Darwin and the Decline of British Influence. New York: Palgrave MacMillan, 2009 — 117-125 bet. ISBN 9780230114838.