And togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

And tog‘lari (ink xalqlari tili-da anta — mis konli tog‘lar) — dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 km) va eng baland (6960 m) tog‘ tarmoqlaridan biri. Eni 800 km gacha. A.t. Jan. Amerikani butun uzunligi bo‘ylab g‘arb tomonidan o‘rab turadi. A.t. shim.dan janubga ni-hoyatda uzun masofada (66°ga) cho‘zilib ketgan-ligidan tuproq va o‘simlik qoplami ham turlicha, vertikal mintaqalar aniq na-moyon bo‘lgan. Tez-tez zil-zila bo‘lib, vul-kanlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. A.t. bir- g‘ birlariga parallel bo‘lgan va meridian P bo‘ylab cho‘zilgan tizmalardan iborat. -I Shim.da Karib dengizi sohillari bo‘ylab ikki qator (bal. 2765 m gacha), shim.-g‘arbida 4 qator (bal. 5800 m gacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi tog‘liklar bir-biridan ajra-tib turadi. Ekvadorda ikki qator vul-kan tog‘lari tog‘ oralig‘idagi botiqlarni o‘rab turadi. Peruda bal. 6768 m gacha bo‘lgan tog‘lar va 4200 m gacha ko‘tarilgan platolarni daryolar chuqur o‘yib yuborgan. Markaziy A.t. tizmalarining o‘rtacha bal. 4000 — 5000 m. Platolar keng va juda baland (4000 m chamasida). Bosh Kordi-lera tog‘laridagi Akonkagua tog‘i (6960 m)— G‘arbiy yarim shardagi eng baland cho‘qqi. Kirg‘oq bo‘yi tizmasi cho‘zilgan, sharqda esa palaxsali tog‘lar joylash-gan. Qor chizig‘i jan.da 500 — 1500 m, markaziy qismida 6500 m, shim.da 4700 m bal.dan o‘tadi. Jan. qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. A.t. dan Amazonka va uning irmoklari Ori-noko va b. boshlanadi. A.t.ning marka-ziy qismida Titikaka, Poopo balandtog‘ ko‘llari bor. A.t. 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va G‘arbiy Ekva-dorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak o‘rmonlar o‘sadi. Jan.ga tushgan sari cho‘l zonasi subtropik, mo‘’tadil cho‘l va dasht landshaftlari bilan almashinadi. A.t. asosan alp burmalanishi davrida shakllangan (sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Gog‘larda 30 dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopa-xi, Osorno, Sangay va b.) mavjud. A.t.da foydali kazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, g‘amda neft, se-litra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qo‘rg‘oshin, pyx, volfram, vana-diy, surma, vismut, mishyak va b. konlar bor. A.t. shimoliy qismining shamol-ga ro‘para g‘arbiy yon bag‘ri — tog‘ qizil tuproqli yerlar barg to‘kuvchi o‘rmonlar b-n, janubga tomon laterit tuproqli yon bag‘irlar sernam ekvatorial va tropik o‘rmonlar hamda jigarrang tuproqli yer-lar doim quruq subtropik o‘rmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland 488platolar esa o‘tloq (paramos), quruq ba-land tog‘ tropik cho‘llar (xalqa) va cho‘ldan iborat. A.t. kartoshka, xin daraxti va b. foydali o‘simliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: lama, ko‘zoynakli ayiq, magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan — kondor yashaydi. A.t. da Sahama (Boli-viya), La-nin (Argentina), Los-Paraguas (Chili) va b. milliy parklari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil