Orif Mirzoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Arif Mirzoýew
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Orif Mirzoyev
Tavallud sanasi 13-yanvar 1980-yil (1980-01-13) (44 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston SSR, Soviet Union
Ampluasi Hujumchi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Balkan[1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Neftchi Baku[1] 3 (0)
2002—2003 Nisa Aşgabat[1]
2003—2004 Qarabağ[1] 4 (0)
2004 Nisa Aşgabat[1]
2005—2006 Navbahor[1] 38 (23)
2007 Samarqand-Dinamo[1] 13 (0)
2007—2008 Shoʻrtan Gʻuzor[1] 21 (2)
2009—2010 Aşgabat[1]
2011- Balkan[1]
Milliy terma jamoa
2003—2009 Turkmenistan[1] 21 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-yanvar 2017-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (23-yanvar 2017-yil uchun)

Orif Mirzoyev (1980-yil 13-yanvarda tugʻilgan.[1]) — professional turkman futbolchisi, hozirda „Oltin Asir“ jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U kattalar faoliyatining boshida vatanida Ashxobodning „Kopetdag“, „Dagdan“, „Nisa“ va boshqa klublarida toʻp surgan. Turkmaniston chempioni va gʻolibi boʻldi.

2001/02-yilgi mavsumda u Ozarbayjonning „Neftchi“ klubiga (Boku) oʻtdi, ammo oliy divizionda atigi 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Ikki yil oʻtib, u Ozarbayjonning boshqa klubi — „Qorabogʻ“ (Agdam) safida toʻp surdi va 4ta oʻyin oʻtkazdi. „Neftchi“ tarkibida milliy chempionatning kumush, „Qorabogʻ“ tarkibida esa bronza medali sohibiga aylandi.

2005-yilda u Oʻzbekistonning „Navbahor“ klubiga oʻtib, bir yarim mavsumda 23 ta gol urdi. 2006-yilgi mavsumda u 17 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatining snayperlar bahsida uchinchi oʻrinni egalladi. Keyin Oʻzbekistonning „Samarqand-Dinamo“ va „Shoʻrtan“ klublarida toʻp surdi, biroq unchalik sermahsul boʻlmadi.

Faoliyati yakunida vatanida „Ashxobod“, „Oltin Asir“, „Bolqon“ jamoalarida toʻp surgan.[2] 2010-yilda „Oltin Asir“ tarkibida „Turkmaniston Prezidenti kubogi“ xalqaro turniri gʻolibi va eng yaxshi toʻpurari (6ta gol) boʻldi. „Bolqon“da 2011-yilda mamlakat chempioni boʻlgan.[3]

2003-yildan Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2004-yilgi Osiyo kubogi final turniri ishtirokchisi. U terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazib, 4ta gol urgan.

Terma jamoa statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1[1] 2007-yil 18-noyabr Ashxobod, Turkmaniston  Gonkong 3-0 Yutuq 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2[1] 2008-yil 10-oktyabr Xoshimin shahri, Vetnam  Vietnam 2-3 yoʻqolgan Doʻstona
3[1] 2009-yil 14-aprel Male, Maldiv orollari  Maldiv orollari 3-1 Yutuq 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
4[1] 2009-yil 16-aprel Male, Maldiv orollari  Butan 7-0 Yutuq 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 „Arif Mirzoyew (Player)“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 23-yanvar 2017-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NFT" defined multiple times with different content
  2. Turkmenskie igroki mogut popolnit „Okjetpes“
  3. KUBOK PRYeZIDYeNTA TURKMYeNISTANA — U „ALTIN ASIRA“

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]