Xoshimin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoshimin shahri
Skyline of Xoshimin shahri
LocationVietnamSaiGon.png
Mamlakat Vyetnam
Hukumat
 - mer [[]]
Aholi (2007)
 - Jami 7 274 527
 - Zichlik 27 148,3/sq mi (10 482/km²)
Birodar shaharlar uz:San Fransisko, Ventyan, Sankt-Peterburg, Manila, Taypey, Shanxay, Sevilla;uz-latn:San Fransisko, Ventyan, Sankt-Peterburg, Manila, Taypey, Shanxay, Sevilla;uz-cyrl:Сан Франсиско, Вентян, Санкт-Петербург, Манила, Тайпей, Шанхай, Севилла;
vebsayt: www.hochiminhcity.gov,vn (vyet.)


Xoshimin (1976 y.gacha Saygon) -Vyetnamdagi shahar. Atrofi bilan markazga boʻysunuvchi alohida maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 3,6 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari chorrahasi. Saygon daryosi boʻyidagi port (Jan. Xitoy dengizidan 80 km ichkarida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, koʻnteri, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik) va metallsozlik, tayyor kismlardan elektrotexnika va radiotexnika buyumlari yigʻish, kimyo (kauchuk), sement, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Badiiy hunarmandchilik, kulolchilik rivojlangan. universitet, muzeylar, ilmiy tadqiqot intlari, Milliy kutubxona va b. bor.

Shaharga 1779 y.da xitoylik savdogarlar Tangon (vyetnamcha Saygon) nomi bilan asos solganlar. 1864 y.dan Saygon Fransiya mustamlakasi Kohinhin (Jan. Vyetnam)ning maʼmuriy markazi. 1954 y. iyuldan hukumat qarorgohi. 1976 y.dan shahar Shim. Vyetnam siyosiy arbobi Xo Shi Min sharafiga X. deb ataldi. Saloy va VinNgiyem budda pagodalari va b. 18-a.da qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saklangan.


Xoshimin (vyetnamcha: Hồ Chí Minh) Vyetnamning eng aholisi koʻp shahri. Xoshimin dunyodagi eng katta shaharlardan biridir va jahon savdosi, moliyasi, sanʼati, texnologiyasi, taʼlimi va shou-biznesiga katta taʼsir koʻrsatib turadi.