OPEC
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi - OPEK (ingl. OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) - neft narhini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bog`liq bo`lgan davlatlar a`zo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi - dunyodagi neft narhlari ustidan nazorat olib borish.
OPEC - nodavlat tashkilot sifatida Bog`dod dagi konferensiyada 10-14 sentyabr 1960 yilda tashkil etilgan. Boshida tashkilot tarkibiga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qo`shildi bular : Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirligi (1967), Aljir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973—1992,2007), Gabon (1975—1994), Angola (2007).
Boshida OPEC bosh ofisi Jeneva (Shveysariya)da joylashgan edi, keyinchalik 1-sentyabr 1965 yilda Vena (Avstriya) ga ko`chib o`tdi.
OPEC ga a`zo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zahiralari ustidan nazorat olib borishadi. Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40 % yoki dunyo nefti eksportining yarmi to`g`ri keladi.
[tahrir] OPEC "Savati"
OPEC "Savati" (OPEC Reference Basket of crudes) atamasi rasmiy ravishda 1987 yil 1 yanvarda kiritilgan. 2005 yil iyun oyi o`rtalarida "savat" narhi neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan qazib olininuvchi 11 turdagi neftlar narhlari o`rtacha arifmetik ko`rsatkichi orqali aniqlanadi: Saharan Blend (Aljir), Minas (Indoneziya), Iran Heavy (Eron), Basra Light (Iroq), Kuwait Export (Quvayt), Es Sider (Liviya), Bonny Light (Nigeriya), Qatar Marine (Qatar), Arab Light (Saudiya Arabistoni), Murban (BAA) va BCF 17 (Venesuela)
[tahrir] Havolalar
- OPEC rasmiy sayti
- OPEC brief from the U.S. Energy Information Administration
- Concise Encyclopedia of Economics: OPEC
- OPEC Timeline by Nicolas Sarkis, from Le Monde diplomatique, May 2006
