Nurul Islom Faruqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alloma Nurul Islom Faruqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1959
Vafoti 2014-yil 27-avgust
Dakka, Bangladesh
Dini Islom
Hudud Bangladesh
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiy
Asosiy qiziqish(lar)i Soʻfizm, Sunniy hanafiy huquqi.

Nurul Islom Faruqiy Bangladeshlik islom ulamosi, tadbirkor, siyosatchi va diniy voiz. 2014-yilda noma'lum kimsalar tomonidan o'ldirilgan[1][2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U birinchi kanalda Shantir Pothe, Kafela, MyTvda Haq Kotha nomli dasturlarni olib borgan. Oliy sud masjidining xatibi lavozimlarida ishlagan. Siyosiy jihatdan Ahle Sunna Val-Jamoatning prezidium aʼzosi va xalqaro aloqalar boʻyicha kotibi boʻlgan. Bir qancha islomiy guruhlar platformasi boʻlgan Bangladesh Islomiy frontida prezidium aʼzosi boʻlgan[3][4].

Bundan tashqari, Faruque Tours and Travels haj agentligiga egalik qilgan[5].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 27-avgustida Faruqiy Rajabozordagi ofisida 8-10 nafar noma’lum shaxs tomonidan o‘ldirilgan[2]. Avvalroq notanish ayol Faruqiyning uyiga tashrif buyurish uchun qayta-qayta qo'ng'iroq qilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Faruqiyning uyida ikki soat boʻlgan yoshi qirqlardan oshgan ayol asabiylashgan va o‘zini g‘alati tutgan[2]. Oila aʼzolarining iddao qilishlaricha, bir necha nafar yoshlar uyga Haj ziyorati haqida gaplashish uchun kelgan va uni o'ldirgan. Mahalliy imomning so‘zlariga ko‘ra, soat 20:30 atrofida uning uyiga ikki yosh kelgan, 6-7 nafar qurollangan yoshlar uyga bostirib kirib, pul talab qilgan[4]. Faruqiy uyida 100 000 taka borligini aytganida, ular bu pul yetarli emasligini aytishgan. Yotoqxonada qo‘l va oyoqlarini kiyimi bilan bog‘lab, ketishdan oldin so‘yishgan[4]. Oila aʼzolari hech qanday zarar ko'rmagan[4].

Reaksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farobiyning rafiqasi agar sirli ayol hibsga olinsa, qolgan aybdorlar ham qo‘lga olinishini iddao qilgan. Uning o'g'li Ahmad Rizo Faruqiy quyidagicha yozma bayonot berdi: „Otam “sunniylik” mafkurasiga e’tiqod qilgan edi. Mafkurasiga qarshi bo'lganlardan telefon va Facebook orqali o'lim tahdidlari boʻlgan. Ekstremistlar yoki Xavoriji-Vahhobi Ahli Hadis uni o'ldirgan. Bu rejalashtirilgan qotillik[6].“

Faruqiyning o'ldirilishi bir qancha islomiy guruhlarning noroziliklariga sabab bo'ldi. Ular aybdorlarni tezda hibsga olishni talab qilib, umummilliy ish tashlash e'lon qilishdi[7].

Ahli Sunnat tashkiloti prezidiumi aʼzosi Mosahib Uddin Baxtiyor qotillikda “Vahobiy va Mududiy tarafdorlarini” aybladi. "Bu rejalashtirilgan qotillik edi, chunki Mavlono Faruqiy sunniylik tarafdori bo'lgan va OAV orqali haqiqatni e'lon qilgan", - deya qo'shimcha qildi[1].

Ahli Sunnat tashkiloti a'zolari Chittagongda yetakchilari Nurul Islom Faruqiyning o'ldirilishiga norozilik bildirib, shaharning Murodpur chorrahasini to'sib qo'yishdi[3][4].

2014-yil avgust oyida Bangladesh Islomi Chattra Sena rahbari Muhammad Nurul Haq Chisti matbuot anjumanida butun Bangladesh bo‘ylab partiya yetakchisi Nurul Islom Faruqiy qotillarini hibsga olish va sud qilish talabi bilan yarim kunlik ish tashlash o‘tkazilishini ma’lum qildi[8][9]. Bangladesh Islomi Chhatra Sena Dakka-Silxet avtomagistralining Ashuganj hududida qotillarni jazolashni talab qilib, jonli zanjir tuzdi[10]. Butunjahon sunniylik harakati ham Sayid Imom Hayot rahbarligida adolat talab qilib, bir necha tinch insonlar zanjirini tashkil qildi[11].

Qamoqqa olishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

29-avgust kuni politsiya Narayanganjning Rupganj hududida yashovchi Mahbuba ismli “sirli ayol”ni qotillikka aloqadorlikda gumon bilan qo‘lga oldi[2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faruqiyning ikkita xotini boʻlgan. Ikkinchi xotini Lubna Islom Faruqiy bilan Razabazardagi uyida yashagan. Birinchi xotini va bolalari Dakkaning Malibagʻ hududida yashagan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Faruqi killing: Wahabi, Moududi followers blamed“. Dhaka Tribune. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Moutushi, Patracia. „Farooqi murder: Mystery woman held“. Priyo News (2014-yil 30-avgust). 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  3. 3,0 3,1 „Ahle Sunnat protests Faruqi killing“. Dhaka Tribune. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Bangladesh Islami Front leader slaughtered at Dhaka home“. bdnews24.com (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 8-may.
  5. Khan, Tazlina Zamila. „Case filed over Ahle Sunnat leader Faruqi killing“. The Dhaka Tribune. Qaraldi: 2016-yil 29-aprel.
  6. 6,0 6,1 „Extremists responsible for Farooqi's murder, claims family“. bdnews24.com. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  7. „2 suspects placed on 2-day remand“. The New Nation (2014-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  8. „Chhatra Sena calls strike for Sunday“. bdnews24.com. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  9. „Islami Chhatra Sena to enforce hartal on Sunday“. Dhaka Tribune. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  10. „Bangladesh Islami Chhatra Sena formed a human chain“. The Daily Observer. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  11. „পটিয়ায় বিশ্ব সুন্নি আন্দোলনের উদ্যোগে নুরুল ইসলাম ফারুকী হত্যার বিচারের দাবিতে মানববন্ধন“ (bn). DailyInqilabOnline (2017-yil 26-avgust). Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.