Nikola Tesla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikola Tesla
Tesla, 37-yoshda, 1893, New Yorklik Sarony olgan surat
Tesla, 37-yoshda, 1893, New Yorklik Sarony olgan surat
Tavalludi 10-iyul, 1856-yil(1856-07-10)
Smiljan, Avstriya Imperiyasi (Xorvatiya Harbiy Chegarasi)
Vafoti 7-yanvar, 1943-yil(1943-01-07)
(86 yoshda)
Manhattan, New York, AQSH
Istiqomat joylari Manhattan, New York, AQSh
Karlovac, Xorvatiya
Budapesht, Mojariston
Fuqaroligi Avstriya Imperiyasi (1o-iyul 1856 – 29-oktabr 1918)
AQSh (30-iyul 1881 – 7-yanvar 1943)
Millati Serb
Sohasi Mexanik muhandislik
Elektrmuhandislik
Institutlar Edison Machine Works
Tesla Electric Light & Manufacturing
Westinghouse Electric & Manufacturing Co.
Alma mater Graz Texnologiyalar Universiteti
Praga Charles Universiteti
Mashhur ishlari
Olgan ta’sirlari Ernst Mach
Ko‘rsatgan ta’sirlari Gano Dunn
Mashhur sovrinlari Avliyo Sava Ordeni (1892)
Elliott Cresson Medali (1894)
Edison Medali (1916)
John Scott Medali (1934)

Nikola Tesla (serb kirillchasida: Никола Тесла; 10-iyul 1856 — 7-yanvar 1943) serb-amerikalik ixtirochi, mexanik va elektr muhandis boʻlgan. U kunimizda keng tarqalgan oʻzgaruvchan tokli elektr tizimiga asos solgan. Michael Faraday nazariyalariga tayanib, Tesla elektromagnetizmda inqilobiy kashfiyotlar ochdi. U shuningdek simsiz aloqa va radioga asos soldi.

TESLA (Tesla) Nikola (1856—1943) — elektrotexnika va radiotexnika sohalaridagi serb olimi. 1884 y.dan AQSH da. Aylanuvchi magnit maydoni hodisasini bayon qilgan (1888). Koʻp fazali elektr mashinalarni va koʻp fazali toklarning tarqalish sxemasini ishlab chiqqan. Yuqori chastotali tok texnikasi (generatorlari, transformatorlari, 1891 va b.) yaratuvchisi. Signallar va energiyani Simeiz uzatish mumkinligini tadqiq qilgan.

Avstriya Imperiyasining (hozirda Xorvatiya) Xorvatiya Harbiy Chegarasidagi Smiljan qishlogʻida[1] (hozirda Gospić) etnik serblar oilasida Avstriya Imperiyasi fuqarosi oʻlaroq tugʻilgan Tesla keyinchalik Amerika fuqaroligini qabul qildi.[2] 1894-yili radio orqali qisqa masofali simsiz aloqani havola etgani[3] va "Toklar Urushi" gʻolibi boʻlgani uchun u Amerikada ishlagan elektrmuhandislardan eng buyugi sifatida hurmat qozondi.[4] U elektrmuhandislik kashshoflaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari katta ahamiyatga molikdir. Oʻsha paytda Amerikada Tesla eng mashhur olim, deb sanalardi.[5] Tesla 1891-yili elektr qurilmalarni quvvatlash uchun simsiz energiya uzatishni namoyish etdi,[6] qitʼalararo energiya uzatish maqsadida Wardenclyffe Minorasi loyihasini boshladi.

Tesla umrining oxirida odamovi boʻlishni boshladi; New York City mehmonxonasidagi xonasida yakka oʻzi yashab, gohida matbuot uchun gʻayrioddiy iddaolar qilish uchun xalq oldiga chiqardi.[7][8] Shu taʼkidlari va ishlarining sirli tabiati tufayli Tesla ommaviy madaniyatda arxetipik "aqldan ozgan olim" sifatida koʻrila boshladi.[9][10] U kambagʻallikda vafot etdi.[11]

Magnit maydonini oʻlchaydigan B (magnit induksiyasi) SI birligi 1960-yilgi Parijdagi Vaznlar va Oʻlchovlar Umumiy Konferensiyada uning sharafiga Tesla deb nomlandi.

Manbalar[tahrir]

  1. Bock-Luna 2007, 53-bet
  2. "Electrical pioneer Tesla honoured". BBC News. 10-iyul 2006. http://news.bbc.co.uk/2/hi/europe/5167054.stm. Qaraldi: 15-avgust 2009. 
  3. Nikola Tesla. In 1894, Tesla erects his first small radio station in his laboratory and begins his experiments in radio technology.. MIT.
  4. Nikola Tesla – electrical engineer and inventor. Serbian Unity Congress. Asl nusxadan arxivlandi (19 February 2008). 15 August 2009.
  5. Valone, Thomas (2002). Harnessing the Wheelwork of Nature: Tesla's Science of Energy. Adventures Unlimited Press, 102. ISBN 1931882045. Retrieved on 21 November 2010. 
  6. Tesla- Master of Lightning. Such a device[Tesla coil] first appeared in Tesla's US patent No. 454,622 (1891), for use in new, more efficient lighting systems. PBS.
  7. Donald Clarke, Mark Dartford, The New illustrated science and invention encyclopedia: how it works: Volume 24, 1994, page 3332
  8. Emily J. McMurray, Jane Kelly Kosek, Roger M. Valade, Notable Twentieth-century Scientists: S-Z, Gale Research, 1995, page 2000
  9. A. Bowdoin Van Riper, A. Van, A Biographical Encyclopedia of Scientists and Inventors in American Film and TV since 1930, page 130
  10. Tyler Hamilton, Mad Like Tesla: Underdog Inventors and Their Relentless Pursuit of Clean Energy, page 14
  11. Michaels, Daniel (14 January 2010). "Long-Dead Inventor Nikola Tesla Is Electrifying Hip Techies". Decades after he died penniless, Nikola Tesla is elbowing aside his old adversary Thomas Edison in the pantheon of geek gods. (Wall Street Journal). http://online.wsj.com/article/SB10001424052748704362004575000841720318942.html. 

Havolalar[tahrir]