Muzeyne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzeyneh ( arab: بنو مزينة Benū Muzeyneh ) — Arabistonda joylashgan arab qabilasi hisoblanadi.

Qabila o'z nomini Amr ibn Uddning xotini Muzeyne binti Kelbdan olgan edi. Ularning ko‘pchiligi sahroda yashovchi badaviy ko'chmanchi bo‘lib, ba’zilari Madina va uning atrofida yashab kelishgan. Madinada yashovchi qabila a'zolari Muhammad bilan ittifoq tuzishadi va Muhammad payg'ambarning dastlabki janglarida qatnashishadi. Qabilaning Madinadan tashqarida yashovchi a'zolari 626-yilda Islomni qabul qilishadi. Keyinchalik Muhammad payg'ambarning o'limidan keyingi istilolarda qatnashib, Basradan Shimoliy Afrikagacha bo‘lgan yerlarga yoyilib ketishadi. Usmon xalifaligi davrida ular xalifaga qarshi muxolif bo'lishadi. Ali xalifalik davrida esa Ali bilan birga ittifoqchi sifatida jang olib borishadi.

Bugungi kunda ular Arabistondan tashqari Misr va Marokash qarashli hududlarda yashab kelishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]