Muhammad Jahongir Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Mirzo
forscha: غیاث الدین محمد جهانگیر
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1356
Samarqand
Vafoti 1376
Shahrisabz
Bolalari Muhammad Sulton Mirzo, Pirmuhammad Mirzo
Onasi Oʻljoy Turkon ogʻo
Otasi Amir Temur
Dini Islom
Mansubligi Temuriylar

Muhammad Jahongir Mirzo yoki qisqacha Jahongir Mirzo (1356-yil yozi – 1376-yil oʻrtalari) – Amir Temuring toʻngʻich oʻgʻli. 1355-yil Sohibqiron amir Qazagʻonning nabirasi, Husayn ibn Musallabnint singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylanadi. 1356-yil yozida ularning nikohidan Muhammad Jahongir Mirzo tugʻiladi. Oʻljoy Turkon ogʻo 1366-yil oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan Muhammad Jahongir Mirzodan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor edi.

Jahongir mirzo shaxsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir mirzo Amir Temur kabi qatʼiyati va mardligi bilan ajralib turar, harbiy ishlarni yaxshi bilardi. U yoshligidan ukasi [Umarshayx]] bilan birga otasining yurishlarida qatnasha boshlaydi. Jahongir mirzo Amir Temurning katta oʻgli ekanligi temuriylar oilasining tuzilishiga oid eng muhim manba boʻlmish „Muizz al-ansab“ („Nasabnomalarni ulugʻlovchi“) qayd etilgan. Unda Jahongir eng kattasi boʻlgani keltirib oʻtilgan. Nizomiddin Shomiyning „Zafarnoma“si va Yazdiyning shu nomdagi kitobi Jahongir yoshroq ekanligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi.[1][2].

Moʻgʻulistonga qarshi yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir mirzo Movarounnahrni birlashtirish uchun boʻlgan kurashlarda Jahongir otasiga faol yordam bergan. U Jetelarga qarshi yurishda (Moʻgʻuliston), Xorazmdagi uchta yurishda (1370—1376) qatnashgan. Jetelarga qarshi yurishda Jahongir mirzoga Amir Temur jangda magʻlub boʻlgan Moʻgʻuliston hukmdori amir Qamar ad-dinni taʼqib qilishni buyurgan.

Xotinlari va bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1374-yil iyunida Xorazm hokimi Yusuf Soʻfiyning ukasi Oq Soʻfiyning qizi Sevin bekaga uylangan. Oq Soʻfiy Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnkng qizi Shakarbekaga uylangan edi. Shuning uchun bularning qizi Sevin beka koʻproq Xonzoda nomi bilan maʼlum edi. Jahongir mirzo oʻlimidan soʻng, turkiy odatlarga koʻra, u akasi Mironshohning xotini boʻldi. 1375-yilda Jahongir Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk ogʻaga uylanadi. Oʻsha 1375-yilda undan Muhammad Sulton tugʻildi. Jahongir vafotidan qirq kun oʻtgach, 1376y-ilda ikkinchi oʻgʻil Pir Muhammad tugʻiladi. Shuningdek, uning rafiqasi Qayxosrov Xattulyanning qizi Ruqiya-xanika va uning rafiqasi Tuman-Qutlugʻ Tugʻluq Temurlar sulolasidan boʻlgan. 1377-yil avgustida oʻgʻli Shohruhni dunyoga keltgan. Jahongir bundan bir yil oldin vafot etgan edi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur Moʻgʻulistonda yurishi chogʻida suyukli oʻgʻli Jahongir ogʻir betob boʻlganidan xabar topib darhol orqaga qaytgan. Muhammad Jahongir Mirzo 1376-yil oʻrtalarida 20 yoshida vafot etadi. Uni Shahrisabz (Dor-ussiyodat)ga dafn etadilar. Undan ikki farzand: Xonzodadan tugʻilgan 11 oylik Muhammad Sulton va otasining oʻlimidan qirq kun keyin Ilyos Yasovuriyning qizi Baxt Mulk ogʻodan tugʻilgan Pirmuhammad qolgan.[3][4]

Manbalarga koʻra, Amir Temur oʻgʻlining oʻlimidan keyin koʻngli choʻkkan va bu uning boshqa vaqtlarda davom etayotgan harbiy yurishlarida tanaffusga sabab boʻlgan. Yazdiy shunday deydi: „Keyin unga hamma narsa gʻamgin va norozi boʻlib, uning yonoqlari deyarli doimo koʻz yoshlariga boʻyalgan; u motam bilan kiyingan va uning hayoti uning uchun maʼnosiz boʻlgan“[5].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Хильда Хукхэм. Властитель семи созвездий. — Таш.: издательство «Адолат», 1995.
  • Ибн Арабшах. История эмира Тимура = Аджайиб ал-макдур фи тарих-и Таймур. — 2-е изд. — Ташкент: Институт истории народов Средней Азии имени Махпират, 2007.
  • Стенли Лэн-Пуль. Мусульманские династии. / перевод с английского с примечаниями В. В. Бартольда. — Издательская фирма «Восточная литература» РАН, издательская группа «Муравей», 2004.
  • Уложение Тимура / Перевод с персидского Хамидуллы Караматова, под научной редакцией Б. Ахмедова, автор предисловия, примечаний и комментариев Б. Ахмедов. — Таш.: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1999.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Woods, John E.. The Timurid dynasty. Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies, 1990 — 17 bet. 
  2. Nashat, Guity; Beck, Lois. Women in Iran from the Rise of Islam to 1800. University of Illinois Press, 2003 — 130 bet. ISBN 978-0-252-07121-8. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. King, John S.; Noble, John; Humphreys, Andrew. Central Asia.: Kasachstan, Usbekistan, Turkmenien, Kirgisien, Tadschikistan.. Lonely Planet Publications, 1996 — 311 bet. ISBN 978-0-86442-358-0. 
  5. Justin Marozzi. Tamerlane: Sword of Islam, Conqueror of the World. UK: HarperCollins, 2012 — 480 bet. 30-sentabr 2023-yilda qaraldi.