Margaret Thatcher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margaret Hilda Thatcher
Margaret Thatcher.png
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniyaning 71-chi Bosh vaziri 4-may, 1979-yildan to 28-noyabr 1990-yilgacha
Tugʻilgan paytidagi ismi: Margaret Hilda Roberts
Tavallud sanasi: 13-oktabr, 1925-yil(1925-10-13)
Tavallud joyi: Grantham, Lincolnshire, Birlashgan Qirollik
Vafot sanasi: 8-aprel, 2013-yil(2013-04-08)
(87 yoshda)
Vafot joyi: Buyuk Britaniya

Margaret Hilda Thatcher (talaffuzi: Margaret Hilda Tetcher; kir. Маргарет Ҳилда Тэтчер; qizlik familiyasi — Roberts; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) Britan siyosatdoni, 1979—1990-yillarda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻlgan. Thatcher shu mansabdagi yagona ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir Sovet muxbiri uni „Temir Xonim“ (ingl. Iron Lady; rus. Железная Леди) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida konservativ siyosat yuritgan.

Avvaliga kimyo bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik huquqshunoslikka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili Edward Heath uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi Konservatorlar saylovida Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.

Thatcher yillari deregulatsiya bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili Folklend urushida gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.

Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, Yevropa Hamkorligiga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha baronessa unvonida va Lordlar uyida qoldi.

Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida insultdan vafot etdi.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. BBC News - Ex-Prime Minister Baroness Thatcher dies. bbc.co.uk (8 April 2013). 8 April 2013.
  2. "Маргарет Тэтчер вафот этди" (oʻzbekcha). kun.uz. 08.04.2013. http://kun.uz/2013/04/08/thatcher/. Qaraldi: 9-aprel 2013. 

Havolalar[tahrir]







"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Margaret_Thatcher&oldid=1630871" dan olindi