Baron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baron (lot. ago) — Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarda qirolning bevosita vassali; Qirol kengashi aʼzosi. Keyinchalik dvoryanlar, zodagonlar unvoni (ayollar baronessa deb atalgan). Angliyada oliy Baronlar 13-asrdan boshlab alohida siyosiy imtiyozga ega ijtimoiy tabaqaga, keyinchalik parlamentda lordlar palatasining merosiy aʼzolariga aylanganlar. Baron unvoni Angliyada vikont unvonidan quyi sanalgan. Fransiya va Germaniyada Baron unvoni graf unvonidan quyi turgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil