Mana Iwabuchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mana Iwabuchi
Iwabuchi-01-INAC-2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi >岩渕 真奈
Tavallud sanasi 18-mart 1993-yil (1993-03-18) (31 yosh)
Tavallud joyi Musashino, TokioYaponiya Yaponiya
Boʻyi 156 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 23

Mana Iwabuchi (1993-yil 18-martda tugʻilgan) — yaponiyalik professional futbolchi, FA Ayollar Superligasi (FA WSL) klubi Arsenal va Yaponiya terma jamoasida hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U avvalroq Aston Villa, Bavariya va Xoffenxaym klublarida toʻp surgan.

Ajoyib isteʼdod egasi Iwabuchi aql bovar qilmaydigan toʻp uzatish va ajoyib toʻp nazoratiga ega boʻlgan iqtidorli texnik oʻyinchi sifatida tanilgan[1]. Boʻyi pastligi va raqiblarini osonlikcha aldab oʻta olishi tufayli unga oʻz mamlakatida argentinalik afsonaviy Diego Maradona sharafiga mehr bilan Manadona laqabini berishgan[2][3].

Koʻpchilik uchun Yaponiyada ayollar futbolining yuzi sifatida tanilgan Iwabuchi 16 yoshidan boshlab Yaponiya ayollar futbol jamoasini himoya qilib, jahon sahnasida oʻzining eng katta muvaffaqiyatlariga erishgan. U 2010-yilda milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va oʻshandan beri Yaponiya terma jamoasi safida 82 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ta gol urgan[4]. Ketma-ket uchta Ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi turnirlarida qatnashgan Iwabuchi 2011-yilda atigi 18 yoshida Germaniyada boʻlib oʻtgan finalda oʻrinbosar sifatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, Iwabuchi 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga ega.

Iwabuchi ikki marta IFFHS OFK oʻn yillikning eng yaxshi ayollar jamoasi, Osiyoning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining Oltin toʻpi, OFK U-19 chempionatining eng yaxshi sovrindori va Oltin butsa, EAFF ayollari nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Ikki karra Futbol chempionatining Oltin butsasi va ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchisi. Mukofotlar roʻyxati orasida u Yaponiya Bosh vaziri tomonidan dunyo miqyosida berilgan nufuzli hukumat mukofoti boʻlgan Xalq sharafi mukofotining eng yosh (18 yosh 5 oy va 0 kunlik) laureati hisoblanadi. Iwabuchigacha ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan eng yosh shaxs yaponiyalik figurali uchuvchi va ikki karra Olimpiya chempioni Xanyu Yuzuru (23 yosh, 6 oy va 25 kun) hisoblanar edi.


Futbolga ilk qadamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musashinoda tugʻilib oʻsgan Iwabuchi futbol oʻynashni boshlagan va olti yoshida sportga mehr qoʻygan. Oʻsha paytda u pianino va balet saboqlarini ham olgan. Biroq, uning akasi Ryota va uning futbol klubining murabbiyi uni taxminan bir yil davomida ularga qoʻshilishga koʻndirishga harakat qilishdi. Nihoyat, sakkiz yoshida Iwabuchi uning izidan borib, aksi oʻynagan mahalliy Sekimae SC klubiga qoʻshildi. Uning isteʼdodi erta ochilib bordi va unga kattaroq bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazishga ruxsat berildi[5]. Klub dastlab Sekimae Boys Football Club deb nomlangan, ammo Iwabuchi qoʻshilgan birinchi qiz boʻlgani uchun ular klub nomini Sekimae Football Club deb oʻzgartirdilar[6].

Uning akasi Ryota ham professional futbolchi boʻlib, hozirda Fujieda MYFC jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Nippon TV Beleza (2007—2012)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 21-oktyabrda 14 yoshida u Yaponiyaning ayollar futboli oliy divizionining amaldagi chempioni Nadeshiko ligasida Nippon TV Beleza jamoasida debyut qildi. Iwabuchi keyingi yili asosiy jamoaga oʻtdi va 2008-yilgi mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotiga sazovor boʻldi[7].

2010-yil 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan Nadeshiko Liga kubogi finalida u oʻyinning 90-daqiqasida gʻalaba toʻpini kiritib, raqiblari Urava Reds Ladies ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi va turnirning MVP sovrinini qoʻlga kiritdi. Oʻzining golli hissasiga jamoadoshlari va ommaviy axborot vositalarining olqishlariga qaramay, u shunday dedi: Bugun ham men oxirgi daqiqadan boshqa hech narsa qilmadim. Men baxtliman, lekin bundan ham koʻproq oʻzimdan hafsalam pir boʻldi. Shuning uchun men Sava-sanga bir qadam ham yaqinlashish uchun koʻp mehnat qilmoqchiman Iwabuchi 17 yoshida yangi mavsum oldi yaponiyalik afsonaviy Homare Savadan 10-raqamli formani qabul qilib oldi.

2011-yilgi mavsumda u jamoada eng yaxshi natijani qayd etdi. Eng mehnatkash futbolchi mukofotini oldi va kuchli oʻn bir futbolchi ichidan joy oldi[8].

2012-yil yanvar oyida u oʻng oyogʻining kichik barmogʻida stress sinishiga uchradi va uch oy davomida safdan chiqdi. Bu uni fevral va mart oylarida terma jamoadagi oʻyinlaridan voz kechishga majbur qildi, ammo u 2012-yilgi mavsumning birinchi oʻyiniga sogʻlom holatda yetib keldi[9].

Germaniya Xoffenxaym (2012—2014)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 28-noyabrda Iwabuchi 2-Bundesligada Xoffenxaymga qoʻshildi va professional futbolchi sifatida Beleza uchun kiygan birinchi raqam boʻlgan 28-raqamli futbolkani tanladi[10][11]. 2013-yilning 17-martida u SV Bardenbaxga qarshi safarda 6:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[12]. 2013-yil 31-mart kuni u birinchi golini FFC Niederkirchen darvozasiga kiritdi, oʻyinda Iwabuchi jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[13]. Iwabuchi 2012-13-yilgi mavsumni toʻqqizta oʻyinda toʻrtta gol bilan yakunladi, Xoffenxaym Janubiy divizionda gʻolib chiqdi va Bundesligaga koʻtarildi[14].

Keyingi mavsumda u forma raqamini 13 ga oʻzgartirdi. 2013-yil 8-sentyabrda u VfL Sindelfingenga qarshi oʻz uyida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan Xoffenxaymning yagona golini kiritdi[15]. Mavsumning oxirgi oʻyinida Iwabuchi oʻzining boʻlajak klubi Bavariya bilan toʻqnash keldi oʻyinda u 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi, Xoffenxaym ikkita gol urgan boʻlishiga qaramay 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchrashdi va jamoa quyi ligaga tushib ketdi[16] https://www.goal.com/en-gb/match/bayern-m%C3%BCnchen-v-hoffenheim/lineups/1vomfw7l47fsbqdzjy1e9k5ec. U 2013–14-yilgi mavsumni barcha musobaqalarda 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol bilan yakunlagan[17].

Germaniya Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi Bavariya tarkibida

2014-yil iyun oyida Iwabuchi Xoffenxaymdan Bavariyaga yoʻl oldi[18]. 2014-15-yilgi mavsumda u Bavariya jamoasining bir qismiga aylandi Bundesligada magʻlubiyatsiz seriayni amlaga oshirishdi va 1976-yildan beri birinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritishdi[19]. Afsuski, jarohatlar uning Bavariyadagi oʻyiniha xalal berdi. 2015-yil fevral oyida u oʻng tizzasining lateral ligamentini shikastladi, ammo iyun oyida boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tufayli operatsiya qilmaslikni tanladi va buning oʻrniga konservativ davolanish yoʻlidan yurdi. Yaponiya finalda AQShga magʻlub boʻlgan jahon chempionati yakunlanganidan soʻng, Iwabuchining jarohati mavsum oldi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida ogʻirlashdi va avgust oyida tizzasidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga majbur boʻldi[20].

2016-yil 30-yanvarda u shartnomani ikki yilga uzaytirdi[21][22]. U 2015-16-yilgi mavsumning soʻnggi kunida oʻzining sobiq jamoasi Xoffenxaymga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynab, jamoasiga ketma-ket ikkinchi mavsumda Bundesliga chempionlik kubogini koʻtarishga yordam berdi[23] https://fcbayern.com/us/news/2016/05/fcb-women-celebrate-bundesliga-title.

Biroq, 2017-yil mart oyida shartnomasi tugashiga bir yil qolganiga qaramay, jarohatini tiklashga eʼtibor qaratish uchun Yaponiyaga qaytishga va buning uchun klub bilan shartnomasini bekor qilishga majbur boʻldi[24][25].

Yaponiya INAC KOBE LEONESSA (2017—2020)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 23-iyunda Iwabuchi INAC Kobe Leonessa bilan shartnoma imzoladi[26]. U bir nechta klublardan takliflar oldi va Kobe Leonessa bilan shartnoma imzolashga qaror qilgani koʻpchilikni ajablantirdi, chunki ular u yoshligini oʻtkazgan va avval oʻynagan NTV Belez klubining asosiy raqiblari sanalardi. U bu klubni tanlaganini, chunki unga katta ishtiyoq bilan qarashganini va yana bosh murabbiy Takeo Matsuda qoʻl ostida oʻynashni xohlaganini aytdi. Iwabuchi 14-15 yoshida NTV Beleza jamoasida uning murabbiyi edi. Iwabuchi jurnalga bergan intervyusida shunday dedi: Oʻsha paytda mashgʻulotlarga zoʻrgʻa ulgurardim, lekin u shunda ham men bilan oʻyin oʻtkazardi. Ammo koʻp narsa qila olmaganim uchun xafa boʻlganimni eslayman. Shuning uchun men qaytib kelib, unga oʻyinchi sifatida qanchalik oʻsganimni koʻrsatishni va undan yana futbol oʻrganishni xohlardim[27].

2017-yil 9-sentyabrda u MyNavi Sendai Ladiesga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, besh yillik tanaffusdan soʻng Yaponiyadagi Nadeshiko ligasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[28][29]. Keyin u klub uchun birinchi golini 2017-yil 5-noyabrda Okayama Yang Belle ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[30].

2020-yil 9-avgust kuni u Nadeshiko ligasidagi oʻyinlari sonini 100taga yetkazib oldi.

U klubdagi soʻnggi mavsumida sardorlik bogʻichini oldi, klubda 47 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11ta gol urdi.


Iwabuchi Yaponiya terma jamoasi tarkibida

Angliya Aston Villa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi 2020-yil 21-dekabrda Angliyaning Ayollar Superligasida Aston Villa bilan shartnoma imzolab, 2021-yil yanvarida mavsum oʻrtasida Yevropaga qaytdi[31][32]. Iwabuchining oʻzi shunday dedi: Hozirda men dunyoning eng jozibali ligasida oʻynaydigan klubdan taklif olganimdan soʻng, hech ikkilanmasdan u yerga koʻchib oʻtmoqchiman.

U oʻzining birinchi golini Redingga urdi va klubga 2021-yil 23-yanvarda "Reding"ga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirdi[33].

Angliya Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchining Villa bilan qisqa muddatli shartnomasi 2021-yil iyun oyi oxirida tugadi[34]. 2021-yil 26-mayda u keyinchalik Arsenalga oʻtishi eʼlon qilindi[35]. Xabar qilinishicha, klub uni 2019-yilning yozidan, keyin esa 2020-yilning qishidan boshlab sotib olishga uringan, biroq Yaponiya futbol assotsiatsiyasi uni Tokio-2020 Olimpiadasiga qadar Yaponiyada qolishini istagan va sotib olishni man etgan[36].

Iwabuchi klubdagi ilk golini 2021-yil 18-avgustda Chempionlar ligasida "Oqjetpes"ga urgan[37]. PSVga qarshi navbatdagi oʻyinda, u Arsenal safidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi va Iwabuchi oʻyinda ikkita gol urdi[38]. Uning oʻsha oʻyindagi birinchi goli, oʻtkir burchakdan urilgan ajoyib gol sifatida klubning avgust oyidagi eng yaxshi goli soʻrovnomasi gʻolibi boʻldi, unda muxlislar erkaklar, ayollar va U-23 jamoalari oʻrtasidagi eng yaxshi golga ovoz berishdi,64% ovoz bilan u ayollar jamoasida Kim Littl va Vivian Midemadan keyin sovrinni qoʻlga kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi[39]. Iwabuchi oʻzining Arsenal safidagi ilk WSL golini oʻzining sobiq jamoasi Villa darvozasiga kiritdi va ular 2021-yil 2-oktabrda mehmonda 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.


Iwabuchi muhlislari oldida

Terma jamoadagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi oʻzining xalqaro faoliyatini 2008-yilda, 15 yoshida Yaponiyaning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga tanlab olingan va 2008-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etganida boshlangan. Jamoa chorak finalda magʻlub boʻldi, biroq bir qator ajoyib oʻyinlari Iwabuchini adidasning Oltin toʻp sohibasiga aylantirdi va u turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[40]. Mukofot ikki barobar ahamiyatli edi, chunki birinchi marta yaponiyalik futbolchi, xoh erkak yohud ayol FIFA musobaqalarida nufuzli MVP mukofotini olgandi. Fransiya terma jamoasi murabbiyi uni ayollar futbolining boʻlajak yulduzi deb atagan[41].

Keyingi yili Iwabuchi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi OFK chempionatida ishtirok etdi va u yosh jamoani shu darajadagi ikkinchi gʻoliblikka olib chiqdi. Bir nechta hal qiluvchi zarbalar, jumladan, finalda Koreya Respublikasiga qarshi kechgan oʻyindagi gʻalaba va yarim finalda KXDRga qarshi oʻyinda bitta gol u toʻrtta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylandi va yana MVP sovrinini qoʻlga kiritdi[42]. Natijada 2008 va 2009-yillarda Osiyo futbol konfederatsiyasi Iwabuchiga Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi unvonini berdi. 2009-yilda yilning eng yaxshi mukofoti (keyinchalik u FIFAning Oltin toʻpiga aylandi)[43] ga nomzod boʻldi. Iwabuchi ushbu mukofotga nomzod boʻlgan tarixdagi toʻrtinchi yaponiyalik futbolchi ayollar ichida esa birinchi edi.

2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlgani kabi muvaffaqiyatli oʻtmadi va Yaponiya guruh bosqichidan chiqib ketdi. Biroq, Iwabuchi Meksikaga qarshi oʻyinda (3:3) uzoq masofadan hisobni tenglashtirib, asosiy gollarni urish qobiliyatini yana koʻrsatdi. Yaponiya turnirda guruhdan chiqa olmaganiga qaramay, Iwabuchi 2010-yilda Germaniyada adidas Oltin toʻp uchun oʻnta nomzod orasidan qisqa roʻyxatga kiritilgan edi[44].

2011-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 6-fevralda Iwabuchi oʻzining vatani Yaponiyada boʻlib oʻtgan Sharqiy Osiyo futbol chempionatida Yaponiya ayollar futbol jamoasi uchun debyut qildi. U Yaponiyaning Xitoyga qarshi oʻyinida (2:0) 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Besh kundan keyin, 16 yoshida, u oʻzining birinchi xalqaro gollarini xuddi shu musobaqada Xitoy Taypeyi terma jamoasi darvoasiga kiritdi Yaponiya raqibi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[45]. 2011-yil iyul oyida u 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlab olindi va 18 yoshida Yaponiya terma jamoasining eng yosh aʼzosi boʻldi. Iwabuchi turnir davomida Yaponiyaning barcha oʻyinlarida ishtirok etdi, Shvetsiyaga qarshi yarim finaldan tashqari. U Qoʻshma Shtatlarga qarshi finalda zaxiradan maydonga tushdi, oʻshanda Yaponiya qoʻshimcha vaqtdagi 2:2 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, FIFA Jahon chempionati finalida gʻalaba qozongan birinchi Osiyo jamoasiga aylandi[46].

Oʻyin natijasi shunchalik hayratlanarli ediki, Yaponiyada bayram boshlanishiga sabab boʻldi, chunki mamlakat turnir oldidan 15 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan 2011-yilgi Toxoku zilzilasi va sunami taʼsirini hali ham his qilardi. Natijada, butun jamoa ruhiy tushkunlikka tushgan xalqqa katta umid va quvonch keltirgandi, shuningdek, terma jamoa yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmagan taqdirda ham amalga oshirilgan jasorati uchun Yaponiya Bosh vazirining nufuzli hukumat mukofoti - Xalq sharafi bilan taqdirlandi. Chunki ayollar futboli Yaponiya futboli rivojlanishining ustuvor yoʻnalishi emas edi. Iwabuchi mukofotning eng yosh laureati (18 yosh 5 oy va 0 kun)ga aylandi.

2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan Iwabuchi oʻtgan yili Jahon chempionatida Germaniyaga qarshi chorak finalda oʻng toʻpigʻidan jarohat olgan edi. U hassada yurishga majbur boʻldi va Osiyo Olimpiya oʻyinlari saralashining soʻnggi bosqichida oʻyinlarni tark etishga majbur boʻldi.

Shunga qaramay, u oʻz vaqtida tuzalib, 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. U butun turnir davomida jami 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2012-yil 9-avgust kuni oltin medal uchun oʻyinda Yaponiya AQSH bilan toʻqnash keldi. Bu ikki davlat jamoasi ketma-ket yirik turnir finalida yana toʻqnash kelishdi. Oldingi finaldagidek, Iwabuchi 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Yaponiya AQSHdan 2:1 hisobida ortda borayotgan edi, Iwabuchi himoyachi Kristi Ramponedan toʻpni olib qoʻydi va hisobni tenglashtirish uchun zarba berdi, biroq uning yuqori oʻng burchakka yoʻllagan zarbasini darvozabon Xoup Solo qaytardi va Yaponiya kumush medal sohibi boʻldi[47].

2015-yilgi jahon chemoionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-may oʻyida, 2015-yilgi ayollar oʻrtasida Jahon musobaqasiga bir oy qolganda, terma jamoa yigʻini oʻyinida oʻrtoqlik uchrashuvida Iwabuchining oʻng oyogʻ shikastlandi[48]. U Jahon chempionatiga yetarli darajada oʻynay oladimi yoʻqmi deganlarga javoban, bosh murabbiy Norio Sasaki uni 23 nafar futbolchidan iborat Yaponiya terma jamoasiga chaqirdi va Iwabuchi yerda yana jamoaning eng yosh aʼzosi boʻldi[49].

Iwabuchi yaponiyaliklarning dramatik tarzda kechgan Avstraliyaga qarshi chorak final, soʻngra Angliyaga qarshi kechgan yarim final oʻyinlaridagi gʻalabasida katta rol oʻynagani uchun reklma sarlavhalari yulduziga aylandi[50][51]. Iwabuchining Kanadada joylashgan Edmonton shahridagi Hamdoʻstlik stadionida boʻlib oʻtgan chorak finalda Avstraliyaga qarshi oʻyinnig 87-daqiqasida kiritilgan goli Yaponiyaga final eshiklarini ochdi[52]. Yaponiya oxir-oqibat finalda AQShga magʻlub boʻlib kumush medallar bilan kifoyalandi.


Jahon chempionatida Iwabuchining Avstraliya darvozasiga kiritgan goli

2016-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlariga saralash[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil boshida Iwabuchi 2016-yilgi OFK ayollar olimpiya saralash bosqichida Yaponiya terma jamoasi tarkibida boʻlgan va u yerda Janubiy Koreya, Vetnam va Shimoliy Koreya termalariga qarshi oʻyinlarda muhim gollar urib, jamoaning turnirdagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan edi[53]. Biroq, Yaponiya turnirni 3-oʻrinda yakunladi bu esa Yaponiyani 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasidan mahrum etdi[54].

2016-yilning yozi Iwabuchining terma jamoadagi faoliyatida katta burilish nuqtasi boʻldi, chunki Nadeshikoning dunyo hukmronligining oltin davri asta-sekinlik bilan yakunlanayotgan edi. Uning ustozi va yapon ayollar futboli afsonasi Sava Homare 2015-yil oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Soʻnggi ikki jahon chempionati va Olimpiada Rio-2016ga oʻyinlariga Yaponiya chiqa olmaganidan keyin Sava oʻz faoliyatini yakunladi[55]. Yana bir muhim oʻyinchi, Aya Miyama bilan,Iwabuchiga butun yapon muhlislari umid koʻzlari bilan qarashgan edi[56][57].

Osiyo kubogi 2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta bosim va ommaviy axborot vositalarining jiddiy eʼtiboriga qaramay, Iwabuchi muvaffaqiyatga erishdi. 6-20-aprel kunlari Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo Kubogida, ya’ni 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralashning soʻnggi bosqichi boʻlgan. Iwabuchi ikki hafta davomida barcha beshta oʻyinda toʻliq 90 plyus oʻynadi va gol urdi. Yaponiya Avstraliya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz unvonini himoya qildi, Yaponiyani chempionlik gʻalabasiga olib kelgan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan oʻyinchi bu Iwabuchi edi[58].

Osiyo oʻyinlari 2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi Bavariya tarkibida

Oʻsha yilning avgust oyida Iwabuchi 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etdi va u yerda yana 2 ta gol bilan muhim rol oʻynadi, Yaponiya ikkinchi Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi[59]. 2018-yilning 31-avgustida boʻlib oʻtgan finalda Yaponiya 90-daqiqada gol urib, 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va Xitoyning ayollar futboli boʻyicha toʻrtinchi Osiyo oʻyinlarining rekord chempionligi haqidagi umidlarini puchga chiqardi[60].

2019-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi Fransiyada boʻlib oʻtgan 2019-FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi Jahon kubogi musobaqasida qatnashdi. 2019-yil 14-iyun kuni u 23-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan uzoq masofadan zarba berib, Yaponiya terma jamoasining musobaqadagi birinchi golini urdi va Yaponiyaning Shotlandiya ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Iwabuchi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[61][62].

Yaponiya pley-off bosqichiga yoʻl oldi, u yerda ular 1/8 finalda Gollandiya bilan toʻqnash kelishdi va Iwabuchi Xasegava Yuiga golli uzatmani amalga oshirdi, bu esa turnirning eng yaxshi jamoaviy goli uchun nomzod boʻldi[63]. Biroq uning jamoasi 90-daqiqada oʻz jarima maydonchada qoʻl bilan oʻynab penaltiga sabab boʻlishdi va yakunda gollandlar Yaponiyiani 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi[64].

Futbol boʻyicha sharqiy osiyo chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil dekabr oyida Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan EAFF E-1 futbol chempionatida Iwabuchi Saki Kumagai yoʻqligida birinchi marta sardorlikni oldi[65]. Xitoy Taypeyi darvozasiga ikkita goldan tashqari Iwabuchi 2019-yil 15-dekabrda Xitoyga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etdi[66][67]. Jami 5 ta gol bilan u turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. «Oltin butsa»ni qoʻlga kiritib, Yaponiyani yana bir mintaqaviy chempionlikka olib keldi, bu musobaqa tarixidagi uchinchi edi[68][69].

2020-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil iyul oyida Iwabuchi yaponiyalik afsonaviy Sawa Homaredan keyin 2020-yilda Yaponiyada oʻz uyida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oxirgi marta kiygan 10-raqamli formani meros qilib oldi[70].

2021-yilning 21-iyulida Xokkaydodagi Sapporo stadionida boʻlib oʻtgan guruh bosqichining birinchi oʻyinida, Kanada bilan durang oʻynashdi biroq keyinchalik chorak finalda Shvetsiyaga 3:1 hisobida magʻlub boʻlib turnirni tark etishdi.

2021-yil dekabr holatiga koʻra, u 82 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ta gol urib, Yaponiya terma jamoasining oltinchi toʻpurariga aylanib olgan[71].

Oʻyin uslubui[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwabuchi Koʻp qirrali oʻyinchi, yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yaponiya terma jamoasi odatda 4-4-2 sxemasida oʻynaydi va Iwabuchi koʻpincha ikkinchi hujumchi rolini oʻz zimmasiga oladi, bunda u asosan 10-raqamli hujumkor yarim himoyachi yoki sof hujumchi rolini bajaradi. Toʻp bilan oʻynash qobiliyati va ijodkorlik, Iwabuchiga kombinatsiyada oʻynash, shuningdek, maydonning barcha hujum joylarida harakat qilish imkonini beradi.

4–3–3 yoki 4–2–3–1 tuzilmasida u koʻpincha markaziy hujumchi orqasida uchta hujumkor yarim himoyachilarning bir qismi boʻlib oʻynaydi, unga erkin harakatlanishga ruxsat beriladi. Uning hujumkor harakati va aniq nazorati unga toʻpni oʻzida ushlab turish va jamoadoshlari uchun joy yaratish imkonini beradi, uning maydonni koʻrish qobiliyati va ikkala oyogʻi bilan aniq oʻynashi, unga ajoyib passlar berish imkonini beradi.

U jismonan baquvvat va boʻyi baland boʻlmasa-da, Iwabuchi yakuniy qarorlari, texnikasi, taktik aqli va joylashuvi bilan maqtovga sazovor[72][73][74].

Karyera statistiksi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Umumiy
Diviziya Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Nippon TV Tokio Verdy Beleza 200 Nadeshiko Ligasi 3 0 3 0
2007 1 0 5 3 3 4 9 7
2008 7 3 4 2 11 5
2009 17 5 3 3 20 8
2010 18 8 5 2 1 0 24 10
2011 13 9 3 1 16 10
2012 8 5 0 0 0 0 8 5
Umumiy 64 30 10 5 17 10 91 45
1899 Xoffenxaym 2012–13 2-Bundesliga 9 4 9 4
2013–14 Bundesliga 21 6 1 0 22 6
Bayern Munich 2014–15 13 3 1 0 14 3
2015–16 8 2 1 0 9 2
2016–17 3 0 0 0 3 0
Umumiy 54 15 3 0 57 15
INAC Kobe Leonessa 2017 Nadeshiko Ligasi 5 0 2 1 7 1
2018 12 2 5 0 5 1 22 3
2019 15 5 4 1 4 2 23 8
2020 15 4 0 0 15 4
Umumiy 47 11 9 1 11 4 67 16
Aston Villa 2020–21 Super Liga 13 2 1 0 13 2
Arsenal 2021–22 7 1 2 1 9 2
Umumiy 20 3 3 1 22 4
Karyerada umumiy 185 59 22 7 31 14 238 80

Terma jamoadagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya terma jamoasi
Year Apps Goals
2010 3 2
2011 8 0
2012 4 0
2013 5 0
2014 5 1
2015 5 1
2016 7 4
2017 6 3
2018 18 9
2019 8 7
2020 3 2
2021 10 7
Umumiy 82 36

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro gollar
Gol Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir Manba
1 11-Fevral 2010-yil National Stadium (Tokio) Xitoy Taypeyi 1–0 3–0 2010 EAFF Ayollar oʻrtasida chempionat [75]
2 2–0
3 7-Mart 2014-yil Estádio Municipal Da Bela Vista Daniya 1–0 1–0

[2014 Algarve kubogi

[76]
4 27-Iyun 2015-yil Commonwealth Stadium (Edmonton) Avstraliya 1–0 1–0 2015 FIFA ayollar oʻrtasida jahon chempionati [77]
5 2-Mart 2016-yil Kincho Stadium Janubiy Koreya 1–0 1–1 2016 AFC Ayollar oʻrtasidagi olimpiya oʻyinlariga saralash [78]
6 7-Mart 2016-yil Kincho Stadium Vietnam 1–0 6–1 [79]
7 9-Mart 2016-yil Kincho Stadium Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–0 1–0 [80]
8 2 June 2016 Dick's Sporting Goods Park Qoʻshma Shtatlar 1–0 3–3 Oʻrtoqlik [81]
9 24-Noyabr 2017-yil King Abdullah II Stadium Iordaniya 1–0 2–0 Oʻrtoqlik [82]
10 2–0
11 8-Dekabr 2017-yil Chiba Soga Football Stadium Janubiy Koreya 3–2 3–2 2017 EAFF E-1 Futbol chempionati (ayollar) [83]
12 28-Fevral 2018-yil Estádio Municipal Da Bela Vista Niderlandiya 2–6 2–6 2018 Algarve Kubogi [84]
13 5-Mart 2018-yil Estádio Algarve Daniya 2–0 2–0 [85]
14 1-Aprel 2018-yil Transcosmos Stadium Nagasaki Gana 2–1 7–1 Oʻrtoqlik [86]
15 7-April 2018-yil King Abdullah II Stadium Vietnam 3–0 4–0 2018 AFC Ayollar oʻrtasdia Osiyo kubogi [87]
16 17-Aprel 2018-yil King Abdullah II Stadium Xitoy 1–0 3–1 [88]
17 16-Avgust 2018-yil Bumi Sriwijaya Stadium, Palembang Tailand 1–0 2–0 2018 Osiyo oʻyinlari [89]
18 25-Avgust 2018-yil Gelora Sriwijaya Stadium, Palembang Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–0 2–1 [90]
19 11-Noyabr 2018-yil Tottori Bank Bird Stadium Norvegiya 2–0 4–1 Oʻrtoqlik [91]
20 3–0
21 14-Iyun 2019-yil Roazhon Park, Rennes Shotlandiya 1–0 2–1 2019 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati [92]
22 6-Oktabr 2019-yil IAI Stadium Nihondaira Kanada 1–0 4–0 Oʻrtoqlik [93]
23 11-Dekabr 2019-yil Busan Asiad Main Stadium Xitoy Taypeyi 1–0 9–0 2019 EAFF E-1 Futbol chempionati (ayollar)
24 8–0
25 14-Dekabr 2019-yil Busan Gudeok Stadium Xitoy 1–0 3–0
26 2–0
27 3–0
28 5-Mart 2020-yil Exploria Stadium, Orlando Ispaniya 1–1 1–3 2020 SheBelieves Cup
29 11-Mart 2020-yil Toyota Stadium, Frisco Qoʻshma Shtatlar 1–2 1–3
30 8-Aprel 2021-yil Yurtec Stadium, Sendai Paragvay 2–0 7–0 Oʻrtoqlik
5–0
31 10-Iyun 2021-yil Edion Stadium, Hiroshima Ukraina 2–0 8–0 Oʻrtoqlik
5–0
32 13-Iyun 2021-yil Kanseki Stadium, Tochigi Meksika 1–0 5–1 oʻrtoqlik
33 14-Iyul 2021-yil Sanga Stadium, Kyoto Avstraliya 1–0 1–0 2021 MS&AD CUP
34 21-Iyul 2021-yil Sapporo Dome, Hokkaido Kanada 1–1 1–1 Yozgi Olimpiada 2020

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Nippon Tv Beleza[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nadeshiko ligasi 2007, 2008, 2010
  • Nadeshiko kubogi 2007, 2010, 2012
  • Imperator kubogi 2008, 2009

Germaniya Xoffenxaym[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2- Bundesliga 2012-13

Germaniya Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bundesliga 2014-15, 2015-16

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati: 2009-yil
  • EAFF ayollar futbol chempionati: 2010, 2019
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2011-yil
  • Kumush Olimpiya medali: 2012-yil
  • Ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi: 2018-yil
  • Osiyo oʻyinlari: 2018-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nadeshiko ligasining eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2008-yil
  • Nadeshiko Liga kubogi MVP: 2010-yil
  • Nadeshiko ligasining eng mehnatkash futbolchisi: 2011-yil
  • Nadeshiko Ligasi Top Eleven: 2011
  • Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008, 2009-yillar.
  • FIFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining Oltin toʻpi: 2008-yil
  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2009-yil
  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Oltin butsa: 2009-yil
  • FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodi: 2009-yil
  • EAFF ayollar futbol chempionatining oltin butsasi: 2010, 2019
  • Osiyo Kubogining ayollar oʻrtasidagi eng qimmat futbolchisi: 2018-yil
  • 2011–2020 IFFHS OFK oʻn yillikning eng yaxshi ayollar jamoasi[94].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://breakingthelines.com/player-analysis/mana-iwabuchi-arsenal-womens-creative-genius/
  2. https://breakingthelines.com/player-analysis/mana-iwabuchi-arsenal-womens-creative-genius/
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  4. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/member/iwabuchi_mana.html
  5. https://real-sports.jp/page/articles/265377597813163165
  6. _ jr-soccer.jp. Проверено 24 ноября 2021
  7. http://www.nadeshikoleague.jp/data/pdf/020.pdf
  8. www.verdy.co.jp (на японском языке). Проверено 24 ноября 2021 г.
  9. https://www.nikkansports.com/soccer/news/f-sc-tp0-20120415-934597.html
  10. http://www.verdy.co.jp/lancelot/cms/siteuser/newsdetail/user_id/f98c078b5e46cce02fd686fadbff9929/id/33718451b19ca90f357ddcd63762e522
  11. https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/canada2015/news/origin1904-p.cxm.fifa.comiwabuchi-striving-for-greatness-2231582[sayt ishlamaydi]
  12. https://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/maerz-2013/frauen-hoffenheim-verteidigt-spitze-beim-schlusslicht/
  13. https://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/maerz-2013/frauen-hoffenheim-zurueck-in-der-spur-sieg-in-niederkirchen/
  14. https://www.dfb.de/en/data-center/people/mana-iwabuchi/player/
  15. https://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/september-2013/iwabuchi-rettet-premierensieg-in-der-bundesliga/
  16. https://ameblo.jp/buchilife/entry-11871651668.html
  17. https://www.dfb.de/en/data-center/people/mana-iwabuchi/player/
  18. https://www.vavel.com/en/international-football/2016/02/01/germany-bundesliga/599261-iwabuchi-extends-contract-with-bayern-munich.html
  19. Bavariya jamoasining bir qismi boʻldi
  20. nikkansports.com (на японском языке). Проверено 24 ноября 2021 г.
  21. https://www.bavarianfootballworks.com/2016/1/31/10878372/mana-iwabuchi-signs-bayern-munich-contract-extension
  22. https://fcbayern.com/us/news/2016/01/iwabuchi-extends-contract-through-2018
  23. https://ameblo.jp/buchilife/entry-12162469089.html
  24. https://ameblo.jp/buchilife/entry-12261661294.html
  25. https://www.japantimes.co.jp/sports/2017/04/02/soccer/iwabuchi-leave-bayern-return-japan/#.WtOkUIhuZPY
  26. https://www.sankei.com/photo/story/news/170627/sty1706270013-n1.html
  27. https://jr-soccer.jp/2017/12/12/post82297/
  28. http://match.nadeshikoleague.jp/2017/nadeshiko1/match_report/m66.pdf
  29. https://ameblo.jp/buchilife/entry-12311940405.html
  30. https://inac-kobe.com/storage/match/pdf/c3992769843af952f843b188a65bad33374b579b.pdf
  31. https://inac-kobe.com/news/detail/6523
  32. https://www.avfc.co.uk/news/2020/december/Mana-Iwabuchi-signs-for-Villa-Women-/
  33. https://herfootballhub.com/aston-villa-women-reading-fa-wsl-mana-iwabuchi-match-report/
  34. https://www.avfc.co.uk/news/2021/may/Villa-Women-announce-player-departures/
  35. https://www.arsenal.com/news/mana-iwabuchi-signs-arsenal
  36. https://arseblog.news/?p=72786
  37. https://www.uefa.com/womenschampionsleague/match/2032935/
  38. https://www.arsenal.com/fixture/women/2021-Aug-21/women-3-1-psv-match-report
  39. https://www.arsenal.com/news/iwabuchi-tops-our-goal-month-poll
  40. https://web.archive.org/web/20090122065213/http://www.fifa.com/u17womensworldcup/news/newsid=948160.html#perfect+tens+strike+gold
  41. https://web.archive.org/web/20081107085844/http://www.fifa.com/u17womensworldcup/news/newsid=930437.html
  42. https://www.fifa.com/en/tournaments/womens/womensworldcup/germany2011/news/origin1904-p.cxm.fifa.commanu-iwabuchi-jpn-1329783[sayt ishlamaydi]
  43. https://www.goal.com/en/news/745/fifa/2009/10/30/1593160/23-man-fifa-world-player-of-the-year-shortlist-announced
  44. https://www.gettyimages.no/detail/news-photo/saki-kumagai-and-mana-iwabuchi-of-japan-look-dejected-after-news-photo/103013936
  45. http://www.jfa.or.jp/national_team/topics/2010/76.html
  46. https://www.theguardian.com/football/2011/jul/17/usa-japan-live-world-cup-final
  47. https://olympics.com/ja/featured-news/%E3%83%95%E3%83%AC%E3%82%A4%E3%83%8F%E3%83%83%E3%82%AF-%E4%B8%96%E7%95%8C%E7%8E%8B%E8%80%85%E3%81%A8%E3%81%97%E3%81%A6%E3%83%AD%E3%83%B3%E3%83%88%E3%83%B3%E4%BA%94%E8%BC%AA%E3%81%AB%E6%8C%91%E3%82%93%E3%81%9F%E3%81%AA%E3%81%A6%E3%81%97%E3%81%93%E3%82%B7%E3%83%A3%E3%83%8F%E3%83%B3-%E6%B1%BA%E5%8B%9D%E3%81%AB%E9%80%B2%E3%82%80%E3%82%82%E3%82%A2%E3%83%A1%E3%83%AA%E3%82%AB%E3%81%AB%E3%83%AA%E3%83%98%E3%83%B3%E3%82%B7%E3%82%92%E8%A8%B1%E3%81%99
  48. https://www.nikkansports.com/soccer/japan/news/1480565.html
  49. https://bleacherreport.com/articles/2479444-womens-world-cup-2015-japan-team-guide
  50. https://www.fifa.com/en/tournaments/womens/womensworldcup/canada2015/news/origin1904-p.cxm.fifa.comthe-day-japan-s-prodigy-graduated-2653958[sayt ishlamaydi]
  51. https://www.theguardian.com/football/2015/jul/05/womens-world-cup-final-five-japan-players-to-watch
  52. https://www.theguardian.com/football/blog/live/2015/jun/28/womens-world-cup-quarter-final-australia-japan
  53. https://www.jfa.jp/nadeshikojapan/rio_olympic_2016_w_q/
  54. https://mainichi.jp/english/articles/20160308/p2a/00m/0sp/010000c
  55. https://equalizersoccer.com/2016/03/10/norio-sasaki-steps-down-japan-womens-soccer-coach/
  56. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/rio_olympic_2016_w_q/news/00009087/
  57. https://olympics.com/ja/featured-news/%E3%83%95%E3%83%AC%E3%82%A4%E3%83%8F%E3%83%83%E3%82%AF-%E3%83%81-%E3%83%A0%E3%81%AE%E3%83%9E%E3%83%B3%E3%83%8D%E3%83%AA%E5%8C%96%E3%82%92%E6%AD%A2%E3%82%81%E3%82%89%E3%82%8C%E3%81%99-%E3%82%B5%E3%83%83%E3%82%AB-%E5%A5%B3%E5%AD%90%E6%97%A5%E6%9C%AC%E4%BB%A3%E8%A1%A8%E3%81%AF%E3%81%BE%E3%81%95%E3%81%8B%E3%81%AE%E3%82%A2%E3%82%B7%E3%82%A2%E4%BA%88%E9%81%B8%E6%95%97%E9%80%80%E3%81%A6%E3%83%AA%E3%82%AA%E4%BA%94%E8%BC%AA%E5%87%BA%E5%A0%B4%E3%82%92%E9%80%83%E3%81%99
  58. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/afc_womens_asiancup_2018/news/00016908/
  59. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan_2018/news/00018652/
  60. https://www.fifa.com/en/tournaments/womens/womensworldcup/france2019/news/origin1904-p.cxm.fifa.comprodigious-iwabuchi-comes-of-age[sayt ishlamaydi]
  61. https://www.theguardian.com/football/2019/jun/14/japan-scotland-womens-world-cup-match-report
  62. https://www.youtube.com/watch?v=hs3QuH9-2pk
  63. https://www.youtube.com/watch?v=Oqg5OgW17rw
  64. https://www.theguardian.com/football/live/2019/jun/25/netherlands-v-japan-women-world-cup-2019-last-16-live
  65. https://www.jfa.jp/eng/news/00023847/
  66. https://www.jfa.jp/eng/news/00023900/
  67. https://www.japantimes.co.jp/sports/2019/12/14/soccer/mana-iwabuchis-hat-trick-propels-japan-past-china/
  68. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/news/00023947/
  69. https://www.fifa.com/news/origin1904-p.cxm.fifa.comnadeshiko-crowned-east-asian-queens[sayt ishlamaydi]
  70. https://www.japantimes.co.jp/sports/2021/06/18/soccer/nadeshiko-japan-olympic-squad/
  71. https://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/member/iwabuchi_mana.html
  72. https://totalfootballanalysis.com/player-analysis/mana-iwabuchi-at-aston-villa-women-2020-2021-scout-report-tactical-analysis-tactics
  73. https://www.arsenal.com/news/transcript-eidevall-uwcl-iwabuchi-parris
  74. https://arseblog.news/2021/08/jonas-eidevall-reacts-to-3-1-victory-over-psv-eindhoven/
  75. „なでしこジャパン | 日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.or.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  76. „アルガルベカップ 2014 試合日程・結果ページ|日本代表 |日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.or.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  77. „試合結果│FIFA女子ワールドカップ カナダ2015|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  78. „日程・結果 │ 女子サッカー アジア最終予選(リオデジャネイロオリンピック2016)|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  79. „日程・結果 │ 女子サッカー アジア最終予選(リオデジャネイロオリンピック2016)|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  80. „日程・結果 │ 女子サッカー アジア最終予選(リオデジャネイロオリンピック2016)|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  81. „日程・結果 | なでしこジャパン | 日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  82. „日程・結果 | なでしこジャパン | JFA|公益財団法人日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  83. „EAFF E-1 サッカー選手権 2017 決勝大会“ (yaponcha). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  84. „試合結果│アルガルベカップ2018|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  85. „試合結果│アルガルベカップ2018|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  86. „なでしこジャパン | JFA|公益財団法人日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  87. „試合結果│AFC女子アジアカップ ヨルダン 2018|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  88. „試合結果│AFC女子アジアカップ ヨルダン 2018|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  89. „試合結果│第18回アジア競技大会(2018/ジャカルタ・パレンバン)|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  90. „試合結果│第18回アジア競技大会(2018/ジャカルタ・パレンバン)|なでしこジャパン|日本代表|JFA|日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  91. „なでしこジャパン | JFA|公益財団法人日本サッカー協会“ (yaponcha). www.jfa.jp. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  92. FIFA.com „FIFA Women's World Cup France 2019™ - Matches - Japan - Scotland - FIFA.com“ (inglizcha). www.fifa.com. 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  93. „Canada Soccer“. www.canadasoccer.com. Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  94. https://www.iffhs.com/index.php/posts/929

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]