Kavasaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kavasaki — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.da. Kanagava prefekturasida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1995). Tokio va Yokohama sh.lari bilan Kanto industrial r-ni markazini tashkil etadi. Tokio qoʻltigʻidagi dengiz porti (yillik yuk ortib tushirish 80 mln. t). Yaponiyaning eng katta kemasozlik va kema taʼmirlash markazi. Mashinasozlik (elektronika, telekommunikatsiya uskunalari, vakuum priborlari), qora va rangli metallurgiya, avtomobilsozlik, ogʻir energetika mashinasozligi, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, neft-kimyo k-ti, etilen zavodlari, issiqlik elektr st-yasi bor. Sement, oʻtga chidamli materiallar, atom sanoati uchun uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil