Okayama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okayama — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o.ning gʻarbiy qismida. Okayama prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 626,5 ming kishi (2000). Uno avanporta bor. Transport yoʻli paromi orkali Sikoku o. bilan bogʻlangan. Savdotaqsimot va madaniy markaz. Elektrotexnika, kemasozlik, toʻqimachilik, qogʻoz, keramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Universitet, muzeylar bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil