Kara Lawson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kara Lawson
Duke Blue Devils
Pozitsiyasi Bosh murabbiy
Liga Atlantic Coast Conference
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 14-fevral 1981-yil (1981-02-14) (43 yosh)
Aleksandriya, Virjiniya, AQSh
Boʻyi 5 ft 9 in (1.75 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab West Springfield
(Springfield, Virginia)
Kollej Tennessee (1999-2003)
WNBA drafti 2003 / Tur: 1 / Tanlash: 5- overall
Detroit Shock tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2003-2015
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 20
Murabbiylik faoliyati 2019-hozirgacha
Karyeradagi yorqin voqealar va mukofotlar
Statistikalar WNBA.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Kara Marie Lawson (talaffuzi: Kara Mari Louson, 1981-yil 14-fevralda tugʻilgan) — Duke Blue Devils ayollar basketbol jamoasining bosh murabbiyi.[1][2] Lawson asosan maydonda himoyachi sifatida oʻynagan. U 2008-yilda Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2005-yilda Sacramento Monarchs jamoasi bilan WNBA finalida chempion boʻlgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining 3x3 milliy terma jamoasiga sardor etib tayinlangan. Lawson 2015-yilda WNBAdan nafaqaga chiqib, oʻzining radio eshittirish faoliyatiga eʼtibor qaratdi.[3] U murabbiylik faoliyatini 2019-yilda NBAning Boston Seltix jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan.

Oʻyinchi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktab davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson birinchi yili Sidwell Friends maktabida oʻqidi. Keyin West Springfield High Schoolga bordi va u yerda basketbol va futbol qizlar jamoalarida oʻynadi. Lawson WBCA All-American nomini oldi.

U Monarchs jamoasi bilan ikkita Gʻarbiy konferensiya chempionligini qoʻlga kiritdi (2005, 2006) va 18 ochko, 9 ribaund va 7 golli uzatma qayd etdi. 2006-yil pley-off bosqichida u 2006-yil 30-avgustda Detroitga qarshi oʻyinda oltita uch ochkolik zarbani 2 tasini amalga oshirib, 22 ochko jamgʻardi.

Kollej faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson Tennesse Universitetida (UT) oʻqigan va Pat Summittning Lady Vols basketbol jamoasida oʻynagan. U UT biznes kollejida tahsil olgan va kollejni 2003-yilda moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Lawson 5 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Ayollar basketbol murabbiylari assotsiatsiyasi Frensis Pomeroy Neysmit mukofotiga sazovor boʻlgan. 2018-yilda Tennesse gubernatori Bill Xaslam Lawsonni UT tizimining boshqaruv organi boʻlgan Tennesse Universiteti Vasiylik kengashiga boshliq etib tayinladi.[4][5]

WNBA mavsumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil 24-aprelda Lawson Detroit Shock jamoasi tomonidan 2003-yilgi WNBA draftining birinchi bosqichida beshinchi umumiy tanlov sifatida jamoa tarkibiga tanlangan.

2010-yilgi WNBA mavsumi oldidan Sacramento Monarch jamoasi yigʻilganda Lawson erkin agent boʻlgan. Ammo keyinroq Connecticut Sun jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

2009-yilda u sport mahorati uchun beriladigan Kim Perrot kubogini qoʻlga kiritgan.

U Connectikut Sun bilan erkin agent sifatida 2010-yilda shartnoma imzoladi. 34 oʻyindan 32 tasida maydonga tushib, oʻzining eng yaxshi mavsumini uzatmalar (118 golli uzatma) va beshinchi eng yaxshi oʻtish koeffitsienti (2,46) yakunladi. 2012-yilgi mavsumda u Sun 5 jamoasi bilan yana uch mavsumga shartnoma imzoladi. Bu mavsumda u ikkinchi marta Kim Perrot 6 kubogini qoʻlga kiritdi.

AQSH terma jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson 2001-yilda Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Jahon universitet oʻyinlarida Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Ochilish oʻyinida oson gʻalaba qozongan AQSh jamoasi Kanada bilan toʻqnash kelgan va oʻyinda 68:67 hisobida magʻlub boʻlgan. Medallar uchun kurashda qolish uchun gʻalaba qozonishga muhtoj boʻlgan Lawson 25 ochko jamgʻarib, AQSh jamoasini Yaponiyani magʻlub etishga va chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam berdi. AQSh jamoasi magʻlubiyatsiz Rossiyani 12 ochkoga ortda qoldirdi. Navbatdagi o‘yin mezbon Xitoyga qarshi kechdi. AQSh bu oʻyinda ham 89:78 hisobida g‘alaba qozondi. AQSh jamoasi keyingi ikki oʻyinda gʻalaba qozonib, finalga chiqdi. AQSh jamoasi 87-67 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Lawson har bir oʻyinda 12,0 ball toʻplash boʻyicha jamoada uchinchi oʻrinni egalladi[6].

Lawson 2009-yilning kuzida AQSh ayollar milliy basketbol jamoasiga taklif qilingan. 2010-yilgi FIBA jahon chempionati va 2012-yilgi Olimpiada uchun tanlangan jamoa odatda shu ishtirokchilar orasidan tanlanadi. Lager yakunida jamoa Rossiyaning Yekaterinburg shahriga yo‘l oldi va u yerda 2009-yilgi UMMC Yekaterinburg xalqaro sammitida ishtirok etdi.

Lawson AQSh ayollar olimpiya basketbol jamoasi roʻyxati uchun 21 finalchidan biri boʻlgan.

2015-yilda u 22 ta o‘yinda 93,9 % erkin to‘p olib qoʻyish bo‘yicha o‘rtacha 9,6 ochko jamg‘ardi. U 2016-yil WNBA mavsumi uchun musobaqaga qaytmadi.

Oʻyinchilar statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun belgilangan daqiqalar  RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)
 APG  Har bir oʻyin uchun uzatmalar (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun toʻp olib qoʻyishlar  BPG  Har bir oʻyin uchun Bloklar  PPG  Oʻyin uchun ochko
 TO  Har bir oʻyin uchun aylanmalar  FG%  Gol foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin toʻp tashlash foiz
 Zarba  Karyera ° Liga yetakchisi

Kollej[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1999-00 Tennesse 37 504 45.8 43.6 81.7 4.1 2.8 1.4 0,2 13.6
2000-01 Tennesse 34 386 43.3 41.3 85.7 3.5 3.3 1.0 0.1 11.4
2001-02 Tennesse 34 512 46.6 33.0 83.5 4.9 2.6 1.4 0.1 15.1
2002-03 Tennesse 38 548 46.9 45,0 88.4 4.9 4.0 1.1 0,2 14.4
Karyera Tennesse 143 1950 45.8 41.5 84.7 4.3 3.2 1.2 0.1 13.6

WNBA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2003 Sacramento 34 0 22.6 .392 .400 .775 3.1 1.6 0.4 0.1 1.2 7.7
2004 Sacramento 34 10 24.3 .420 .381 .841 2.3 2.0 0.6 0.2 1.6 8.6
2005 Sacramento 24 1 21.2 .439 .444 .839 1.4 1.5 0.5 0.1 0.9 8.0
2006 Sacramento 34 6 22.1 .397 .398 .923 1.9 1.6 0.6 0.1 1.3 8.1
2007 Sacramento 34 0 22.8 .376 .338 .841 2.4 2.0 0.9 0.2 1.4 11.0
2008 Sacramento 32 32 25.9 .405 .432 .914 2.6 2.1 0.9 0.1 1.5 12.2
2009 Sacramento 25 5 24.2 .380 .336 .939 2.1 2.5 0.6 0.0 1.4 8.8
2010 Connecticut 34 32 25.1 .409 .359 .895 2.6 3.5 0.4 0.0 1.4 8.3
2011 Connecticut 33 8 25.2 .449 .430 .890 2.6 2.9 0.7 0.0 1.4 10.4
2012 Connecticut 34 34 31.4 .493 .430 .935 3.9 4.0 0.8 0.1 1.8 15.1
2013 Connecticut 9 6 30.1 .437 .458 .857 3.7 4.2 0.6 0.1 2.4 13.8
2014 Washington 28 4 21.8 .379 .337 .935 2.9 2.5 0.3 0.0 1.3 7.0
2015 Washington 22 21 25.0 .389 .321 .938 3.0 3.6 0.6 0.1 1.1 9.6
Karyera 13 il, 3 jamoa 377 159 24.5 .414 .390 .890 2.6 2.5 0.6 0.1 1.4 9.8

Pley-off[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2003 Sacramento 6 ? 25.7 .214 .304 .875 3.8 2.7 1.0 0.3 0.7 5.3
2004 Sacramento 6 ? 25.5 .370 .417 .889 2.5 1.8 8.0 0.2 0.8 9.7
2005 Sacramento 8 ? 26.0 .433 .517 .944 3.6 2.3 8.0 0.1 1.4 11.3
2006 Sacramento 9 ? 32.1 .448 .438 .786 3.4 1.6 9.0 0.1 1.3 12.2
2007 Sacramento 3 ? 25.0 .500 .385 .857 2.3 3.0 3.0 0.7 0.7 12.3
2008 Sacramento 3 ? 27.0 .478 .375 .800 5.0 4.3 2.0 0.0 2.3 9.7
2011 Connecticut 2 ? 18.5 .400 .571 .750 0.5 3.5 0.0 0.0 1.5 7.5
2012 Connecticut 5 ? 35.0 .442 .433 1.000 4.8 3.8 6.0 0.2 1.8 14.6
2014 Washington 2 ? 26.0 .526 .444 1.000 3.0 3.5 1.0 0.0 1.5 14.5
2015 Washington 3 ? 16.7 .353 .750 1.000 1.3 0.7 1.0 0.0 1.7 6.0
Karyera 10 yil, 3 jamoa 47 ? 27.1 .413 .436 .897 3.3 2.5 39.0 0.2 1.3 10.4

Radioeshittirish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson oʻzining radioeshittirish faoliyatini hali WNBAda oʻynamagan paytda boshlagan edi. U Sacramento Kings studiyasi tahlilchisi boʻlib ishlagan va ESPN uchun turli NBA va WNBA translyatsiya jarayonlarini oʻtkazgan.

2017-yilda Lawson uzoq yillik tahlilchi Fil Chenier o‘rniga to‘liq vaqtli boshlovchi sifatida Washington Wizards uchun asosiy televizion o‘yin tahlilchisi etib tayinlandi.

2021-yilda Lawson 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar basketboli sharhlovchisi boʻldi.[7]

Murabbiylik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 27-iyun kuni Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (NBA) Boston Seltix jamoasi Lawson jamoaga yordamchi murabbiy sifatida kelishini eʼlon qildi.[8]

2020-yil 11-iyulda Lawson Duke Blue Devils ayollar basketbol jamoasiga bosh murabbiy sifatida ishga qabul qilingani eʼlon qilindi.[9][10]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson, Monarchs WNBA chempionligini qoʻlga kiritganidan koʻp oʻtmay, Sacramentoda ishlayotganida tanishgan Damien Barlingga turmushga chiqdi. Barling ESPN 1320 telekanalining Sacramento mintaqasidagi teleradiokompaniyasida ishlar edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kara Lawson:College Basketball and NBA Analyst“. ESPN.com (2010-yil 6-aprel). 2011-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-fevral.
  2. „Wizards make Kara Lawson one of the first female primary TV analysts for an NBA team - The Washington Post“. The Washington Post.
  3. Steinberg, Dan. „Wizards make Kara Lawson one of the first female primary TV analysts for an NBA team“ (en-US). Washington Post (2017-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
  4. „Governor announces 10 appointees on revamped UT Board of Trustees“. WATE-TV (2018-yil 9-aprel). Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  5. „Kara Lawson“. Diverse: Issues in Higher Education. Cox, Matthews, and Associates. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  6. „Kara Lawson“. USA Basketball (2017-yil 20-may). 2020-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.
  7. „Record 180 Commentators Join NBC Olympics' Coverage of the Games of the Xxxii Olympiad from Tokyo, Japan“ (2021-yil 20-iyul).
  8. Wojnarowski, Adrian. „Celtics hire Kara Lawson to be assistant coach“. ESPN.com (2019-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-may.
  9. „Kara Lawson accepts head women's basketball coach position at Duke“.
  10. Washburn. „Kara Lawson thought she'd be with the Celtics for a while. Then, a dream job like Duke came calling - The Boston Globe“ (en-US). BostonGlobe.com (2020-yil 14-iyul). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]