Yekaterinburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yekaterinburg (1924-91 y.larda Sverdlovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar. Muhim sanoat, madaniy va ilmiy markaz. Iset daryosi (Tobol irmogʻi)ning har ikki sohilida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 1272 ming kishi (1997). Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi ("Uralmash", "Uralximmash", "Ural elektrotyajmash", "Turbomotor zavodi" va boshqa i. ch. birlashmalari, burgʻilash va metallurgiya sanoati uchun jihozlar, transport mashinasozligi, podshipnik zavodlari ishlab turibdi). Priborsozlik, elektrotexnika (kabel, transformatorlar va b.) sanoati korxonalari, aniq mexanika, optika, xolodilnik zavodlari bor. Kora metallurgiya (Verx-Iset metallurgiya zavodi), kimyo (shina, plastmassa va b.), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, aeroport bor. Tosh kesish rivojlangan ("Uralskiye samotsveti" zavodi). Metropoliten qurilmoqda (1991 y.dan). Rossiya FAning Ural boʻlimi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Ural universiteti), 5 teatr, oʻlkashunoslik, Ural yozuvchilari, tibbiyot tarixi muzeylari, suratlar galereyasi, P. P. Bajov, D. N. Mamin-Sibiryak, F. M. Reshetnikov va b.ning uymuzeylari mavjud. Ye.ga 1723 y. metallurgiya zavodi qurilishi mu-nosabati bilan asos solingan. 1918 y. iyulda Ye.da sobiq imperator Nikolay II oilasi bilan birga bolsheviklar tomonidan otib tashlangan.

Klassitsizm uslubidagi tarixiy yodgorlikdan Rastorguyev-Haritonov qoʻrgʻoni (19-a. boshi), kon kanselyariyasi (18—19-a.lar), Verx-Iset zavodining idorasi va gospitali (19-a), Aleksandr Nevskiy sobori (19-a.ning 1-yarmi) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil