Kalamushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalamushlar (Rattus) — kemiruvchilar turkumining bir urugʻi. Sichqonsimonlar oilasiga mansub. Tanasi choʻziq, dumi uzun va tangachalar bilan qoplangan. Kalta oyogʻida siyrak jun bor. Qulogʻi katta, juni siyrak (ayrim turlariniki junsiz). 60 turi maʼlum. Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ombor, yaʼni kulrang kalamush va turkiston kalamushi, Turkmanistonda qora kalamush tarqalgan. Ombor K.ining boʻyi 25 sm cha, dumi nisbatan kaltaroq, kam jun, koʻpincha tangachalar bilan qoplangan, malla yoki jigarrang aralash koʻngʻir tusli, korni xira oq. Yer yuzida keng tarqalgan. Vatani — Sharqiy Xitoy. Oʻzbekistonda 2-jahon urushi davrida paydo boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda Toshkentda ariq boʻyi, molxona, omborlarda kulrang K. keng tarqalib, turkiston K.ini siqib chiqardi. Ombor K. juda serpusht. Urgʻochisi yilda 3 marta, qar gal 1 — 15 tadan bolalaydi. Bolasi 3—4 oyda voya ga yetadi. K. hayvonlar murdasi, oʻsimliklar va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Oziq-ovqat, donlarga, baʼzan moʻyna, gazmollarga zarar yetkazadi. Albinos formasi (oq K.)lab. hayvoni hisoblanadi. Turkiston kalamushining boʻyi 12—23 sm, dumi boʻyiga teng . Rangi ombor K.ga oʻxshaydi, ammo korni ancha oq. Shimoliy Hindiston va Oʻrta Osiyo togʻlarida yashab, koʻpincha yongʻoqzorlarda daraxt ildizlari ostida va turli kovaklarda uya yasaydi. Juda serpusht. Bir yilda 4— 5 marta 2—13 tadan bolalaydi. Har xil oʻsimlik va mayda jonivorlar bilan oziklanadi. Togʻda mevalarga zarar yetkazadi. K. oʻlat kabi yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Qora K. gavdasining uz. 13—19 sm, dumi 13,5—23 sm, vatani — Hindiston. Bu yerdan hamma qitʼalarga oʻtgan. Oʻrta Osiyoda faqat Turkmanistonda uchraydi. Yilda 3—5 martadan 4—13 tagacha bolalaydi. K.ga qarshi kurashish uchun mexanik, kimyoviy va biologik vositalardan foydalaniladi.

KALAN,dengiz qunduzi, kamchatka susari (Enhydra lutris) — susarlar oilasiga mansub sut emizuvchi. Shu urugʻning yagona turi. K. susarlarning eng yiriklaridan biri, tanasining uz. 100—150 sm, dumi 30—36 sm. Suvda yashashga moslashgan. Oldingi oyoklari kalta, barmoqlari boʻgʻimlarga boʻlinmagan, panja va tovonlari eshkakga aylangan. Suvga shoʻngʻiganda quloqlari va burun teshigi bekiladi. Suv ostida 45 min.gacha tura oladi. Yungi qalin, qoramtir qoʻngʻir, baʼzan timqora. Yil davomida tullaydi. Tinch okean sohillari boʻylab Kaliforniyadan Alyaska, Aleut orollarigacha, Kamchatkadan Yaponiyagacha tarqalgan edi. Qimmatli moʻynasi uchun koʻplab ovlanishi tufayli 19-a. oʻrtalarida arealining hamma qismlarida deyarli qirib yuborilgan. 1911 y. Xalqaro konvensiyaga koʻra, qoʻriqxonalarning tashkil etilishi va b. tadbirlar tufayli soni tiklanmoqda. Dengiz sohilida yashaydi, sokin obhavoda kechasi ham dengizda qoladi. Quruqlikda sekin harakat qiladi. Boʻgʻozlik davri 8—9 oy, urgʻochilari har 2 yilda bir marta bolalaydi. Bolalarining koʻzi ochiq, sut tishlari rivojlangan. Dengiz tipratikanlari, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. K. sohil boʻyi biotsenozlarining asosiy komponenti, umurtqali hayvonlar sonini boshqarib turishi, qoʻngʻir suv oʻtlarining saqlanib qolishida muhim ahamiyatga ega. Dengiz suvining ifloslanishi, ayniqsa neft mahsulotlari K. uchun katta xavf tugʻdiradi. 2 kenja turi mavjud, muhofaza qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil