Jack London
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Jack London | |
| John Griffith "Jack" London | |
| Tavallud sanasi: | 12-yanvar, 1876-yil |
|---|---|
| Vafot sanasi: | 22-noyabr, 1916-yil (40 yoshda) |
| Kasb: | yozuvchi va jurnalist |
| Yoʻnalish: | Nasr |
| Janr: | Realizm va Naturalizm |
| Magnum opus: | „Oq qoziqtish“ (1906) |
Jack London (talaffuzi: Jek London) (toʻliq ismi John Griffith „Jack“ London, tavallud topganidagi ismi John Griffith Chaney) (12-yanvar, 1876 — 22-noyabr, 1916)[1] — Amerikalik yozuvchi va jurnalist. London asarlai boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan Amerikalik yozuvchilardar biridir.[1]
Jack Londonnning eng mashhur asarlari „White Fang“ („Oq qoziqtish“) (1906) romani va „The Call of the Wild“ („Yovvoyilikning chaqirishi“) (1903) novellasidir. Oʻzbek kitobxonlari Londonni uning „Martin Eden“ (1908—1909) romani bilan yaxshi tanishadi.
Jack Lonndon oʻz asarlarida romantizm va oddiy hayot qiyinchiliklari haqida yozgan. London birgina asar yozish bilan butun dunyoda shuhrat qozongan va katta mablagʻ ishlagan birinchi yozuvchilardandir.[2]
Manbalar [tahrir]
- ↑ 1.0 1.1 Jack London. Encyclopædia Britannica. 4 May 2012.
- ↑ (1910) "Specialty of Short-story Writing, " ("Qisqa hikoya yozish sohasi) The Writer, XXII, Yanvar-dekabr, 1910, 9-bet