San Francisco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
San Francisco
Skyline of San Fransisko, AQSh
San Fransisko, AQShning bayrogʻi
Bayroq
San Fransisko shahri va okrugining joylashuvi
San Fransisko shahri va okrugining joylashuvi
37°46′39″N 122°24′59″W / 37.77750°N 122.41639°W / 37.77750; -122.41639 G OKoordinatalari: 37°46′39″N 122°24′59″W / 37.77750°N 122.41639°W / 37.77750; -122.41639 G O
Mamlakat AQSh
Hukumat
 • mer Gavin Newsom
San Francisco xaritada

San Francisco (ispancha: San Francisco) — AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar va okrug. Uning nomi avliyo (ispancha San) Assisilik Francis sharafiga qoʻyilgan. Ushbu shahar Sertepali yarim orolda joylashgan. San Francisco qoʻltigʻi va Oltin Darvoza boʻgʻoziga qurilgan koʻpriklar uni atrofidagi shaharlar bilan bogʻlaydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000). AQSH gʻarbidagi yirik savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakatning Tinch okeani sohilidagi bosh porti 45 million tonnagacha yuk ortib tushirilgan. Transport yoʻllari tuguni. 3 aeroportidan biri xalqaro ahamiyatga ega. San Franciscoda yirik banklar, firmalar idoralari faoliyat koʻrsatadi. Metallsozlik, kemasozlik, tikuvchilik, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Raketakosmik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari shahar chetida joylashgan. Metropoliten qurilgan. 3 universitet, konservatoriya, ilmiy tadqiqot intlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar bor. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1776-yilda asos solingan. 1945-yilda San Franciscoda boʻlib oʻtgan San Francisco konferensiyasida BMT tashkil etilgan.

San Fransisko 1855-yilda.
San Fransisko va Oklendni birlashtiruvchi Bay Bridge koʻprigi
Kabelli tramvay

Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]