Sotsializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sotsializm (lot. socialis − ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar.

Etimologiyasi[tahrir]

Tarixi[tahrir]

«Sotsializm» atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.

Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar «oltin asr» toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U «Siyosat», «Davlat», «Qonunlar» kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, «oltin asr» borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi.

K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan.

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi[tahrir]

XX asrning 20-yillarining oxiri — 30-yillarining boshida SSRIda, 2-jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan “kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish” mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi.

XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi.

Yoʻnalishlari[tahrir]

Tanqid[tahrir]

Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson oʻz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U «omma»ga aylanib, oʻz «meni»ni yoʻqotadi. Jamiyatda zoʻravonlik, tobelik kuchayadi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

Izohlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]