Frederick Sanger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frederick Sanger
Frederick Sanger2.jpg
Tavalludi 13-avgust, 1918-yil(1918-08-13)
Rendcomb, Gloucestershire, Angliya
Vafoti 19-noyabr, 2013-yil(2013-11-19)
(95 yoshda)
Kembrij, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Sohasi Biokimyo
Institutlar Kembrij universiteti
Molekular biologiya laboratoriyasi
Alma mater Kembrij universiteti
Akademik rahbarlari   Albert Neuberger
Mashhur ishlari Insulin aminokislota ketma-ketligi, DNK tartiblash metodi
Mashhur sovrinlari Nobel prize medal.svg Kimyodan Nobel mukofoti (1958; 1980)
Copley medali (1977)

Frederick Sanger (kir. Фредерик Сэнгер; 13-avgust 1918, Rendkomb — 19-noyabr 2013, Kembrij) ingliz biokimyogari boʻlgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1954-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1939). 1951-yildan Tibbiyot tadqiqotlari kengashi aʼzosi va shu kengashning molekular biologiya laboratoriya rahbari boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari oqsillar kimyosiga oid. Insulinning tuzilishini (1945-yildan) tekshirish natijasida uning umumiy formulasi — C254H337N65O75S6, 3 ta sulfid koʻprik va 2 ta zanjirdan iboratligini: A zanjir 21 ta, B zanjir esa 30 ta aminokislota qoddigʻidan tashkil topganligini isbotlagan (1949—54). DNKning birlamchi strukturasini tahlil qilish usulini taklif etgan (1977). Ikki karra Nobel mukofoti laureati (1958; 1980, Paul Berg, Walter Gilbert bilan hamkorlikda).[1]

Sanger 2013-yil 19-noyabrda Kembrijdagi Addenbrooke kasalxonasida vafot etdi.[2][3][4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]