Ronald George Wreyford Norrish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ronald George Wreyford Norrish (1897.9.1, Kembrij — 1978.7.6) — ingliz fizik-kimyogari. Kembrij universiteti professor (1937-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oʻta tezkor kimyoviy reaksiyalarni impuls usullari bilan tadqiq qilishga oid. Yorugʻlik nuri taʼsirida ketonlarning parchalanishini (Norrish reaksiyasi) topgan (1936—38). J.Porter bilan hamkorlikda impulsli fotolizning birinchi qurilmasini yasagan (1950). Benzinga tetraetil qoʻrgʻoshin qoʻshilganda peroksidlar — spontan yonish markazlarining qaytarilishi natijasida detonatsiyaning yoʻqolishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1967, J.Porter va Manfred Eigen bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari