Francisco Gento

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fransisko Xento
Paco Gento, Jose Luis Veloso.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francisco Gento López
Tavallud sanasi 21-oktabr, 1933 (1933-10-21)(80 yosh)
Tavvalud joyi    Kantabria, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 171 sm
Laqab Pako (Paco)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Faoliyatini tugatgan
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1952-1953
1953-1971
Rasing Santander
Real Madrid
10 (2)
428 (126)   
Milliy terma jamoa
1955-1969 Ispaniya 43 (5)
Boshqargan klublari
1970
1974
1977-1978
1980-1981
1997
Kastilya
Kastelyon
Palensiya
Granada
Kantabriya t.j.

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Fransiska „Pako“ Xento Lopes (isp. Francisco "Paco" Gento López, 21-oktabr 1933-yil, Guarniso, Kantabriya, Ispaniya) — ispaniyalik taniqli futbolchi, Real Madrid jamoasida toʻp surgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. Yevropa chempionlari kubogi gʻolibligi boʻyicha rekordchi — 6 karra (1956—1960; 1966).

Biografiya[tahrir]

Fransisko Xento Santanderdan janubda joylashgan Guarnisoda tavallud topgan. Yoshligida otasi bilan chorvachilik bilan shugʻullangan, „Atletiko Aviasyon“ (hozirgi „Atletiko Madrid“) jamoasiga muxlislik qilgan. „Rasing“ yoshlar akademiyasiga qabul qilinmagunicha, bir qancha havaskor jamoalarda toʻp surgan. 1952/53 mavsumda „Rasing“ning asosiy tarkibida oʻynadi va oʻsha vaqtda madridning „Real“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Pako Xento „Real“ning yana bir afsonasi Alfredo Di Stefanodan ikki oʻyin oldinroq debyutini oʻtkazdi, lekin „qaymoqranglilar“ safida koʻproq mavsum toʻp surdi. Xento bir jamoa safida va umuman 6 marta Yevropa chempionlari kubogi sovriniga ega boʻlgan yagona futbolchi hisoblanadi. Jahon futbolida eng muhim boʻlgan klublar oʻrtasidagi qitʼa musobaqalarida bunday koʻrsatkichni faqatgina argentinalik Fransisko Sa 1970-yillarda olti marta Libertadores kubogi qoʻlga kiritgan. Ammo Fransisko sovrinni ikkita jamoada yutgan: „Independiente“ (4), "Boka Xuniors" (2).
Pako Xento sharafiga Santiago Bernabeu maydonida ikki marta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilgan. 1975-yilda „Real“ oʻz maydonida „River Pleyt“ bilan 1972-yilda esa portugaliyaning „Belenensish“ jamoasi bilan oʻynagan. Xento futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, „Real“ning ikkinchi jamoasi „Kastilya“da murabbiylik qildi. Keyinchalik esa boshqa jamoalarni ham boshqardi. 2007-yilda uning sharafiga yana bir oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Erishgan natijalari[tahrir]

Havolalar[tahrir]