Lucid Motors

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lucid Group, Inc. – hashamatli sport elektromobillarini ishlab chiqaruvchi AQSH brendi boʻlib, shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Nyuark shahrida joylashgan[1]. Lucid avtomobillari Kaliforniyada loyihalanadi va Lucidning Arizonadagi zavodida ishlab chiqariladi. Kompaniya 2007-yilda tashkil etilgan[2].

Birinchi Lucid avtomobili, Lucid Air 87400 dollardan boshlanadigan Lucid Air Pure kabi bir nechta versiya va modifikatsiyalarda taklif etiladi[3]. Lucid Air seriyasi Lucid Air Touring va Grand Touring kabi versiyadagi modellarni ham oʻz ichiga oladi va ular mos ravishda 629 va 811 ot kuchiga ega motorlar bilan jihozlangan.

Kompaniyaning ikkinchi modeli „Lucid Gravity SUV EV“ yoʻl tanlamas avtomobillar sinfiga mansub boʻlib, 2024-yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brickell City Center, Mayamidagi Lucid Studio

Lucid kompaniyasiga 2007-yilda Tesla Motors sobiq vitse-prezidenti Bernard Tse, Astoria Networks asoschisi Sam Veng va ixtirochi Sheaupyng Lin tomonidan Atieva nomi bilan asos solingan. Kompaniya dastlab boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun elektr avtomobil akkumulyatorlari va quvvat uzatmalarini yaratishga ixtisoslashgan edi[4].

Lucid kompaniyasining bosh ijrochi direktori va texnik direktori Piter Raulinson ilgari Tesla, Inc. da muhandislik boʻyicha vitse-prezident va Model S modelining bosh muhandisi boʻlib ishlagan[5][6]. Kompaniyaga Tsing Capital, Mitsui, Venrock, JAFCO kabi shirkatlar sarmoya kiritgan[6].

Atieva 2016-yil oktabr oyida Lucid Motors nomini oldi va yuqori unumdorlikda toʻlaqonli elektr bilan harakatlanuvchi hashamatli avtomobillar ishlab chiqish maqsadini rasman eʼlon qildi.

Avtomobillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucid asosan oʻzining dastlabki yillarida akkumulyator ishlab chiqish bilan shugʻullandi, biroq 2014-yilda oʻzining birinchi avtomobilini ishlab chiqishni boshladi[7].

Lucid Air[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucid Air

Lucid Air toʻliq elektr avtomobilining prototipi 2016-yilning dekabrida taqdim etilgan. Lucid Air ishlab chiqarilishi 2021-yilning bahorida boshlanishi kutilgan edi[8]. 2020-yil noyabr oyida Lucid Air Pure 480 ot kuchi va 653 kilometr masofani bosib oʻtish imkoniyati bilan taqdim etildi va boshlangʻich narxi 77 400 AQSH dollari deb eʼlon qilindi. Lucid Air seriyasi Lucid Air Touring, Grand Touring va Dream Edition versiyalarini oʻz ichiga oladi[9].

Ishlab chiqarish obyektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil dekabr oyida Lucid Arizona shtatining Casa Grande shahridagi zavodga asos soldi[10]. 2020 yil 1-dekabrda Lucid AMP-1 deb nomlangan va yiliga 400 000 tagacha elektromobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan zavod qurilishini yakunladi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lucid Group, Inc. 2022 Annual Report (Form 10-K)“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
  2. „On the Move: Lucid's New California Headquarters“. Lucid. Lucid Motors Inc.. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  3. „Luxury Electric Cars | Lucid Motors“. lucidmotors.com. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  4. Wulandari. „Lucid Group shareholders: Who owns the most LCID stock?“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
  5. „Atieva will launch its Tesla competitor by December“. Recode (2016-yil 20-oktyabr). — „the factory will be built in Casa Grande, which happens to be one of the locations [for] Gigafactory to produce battery packs for Tesla vehicles. That facility ended up in Nevada. "Arizona is not going to want to lose out a second time"“. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Preview: Lucid Motors Prototype Sedan“. Motor Trend (2016-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-noyabr.
  7. Halvorson. „Tesla Owners, Will Lucid Make Your Next Electric Car?“. Car and Driver (2016-yil 27-oktyabr). 2016-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-noyabr.
  8. „Dream Ahead“. YouTube (2020-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  9. Baldwin. „2022 Lucid Air Pure, Base Model of the New EV, to Start at $77,400“ (en-US). Car and Driver (2020-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  10. „Lucid's First Greenfield EV Factory Wraps Construction“ (en-US). HotCars (2020-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  11. Lambert. „Lucid completes factory construction, aims to ramp up to 400,000 electric cars per year“ (en-US). Electrek (2020-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]