Doʻppi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Do'ppidan yoʻnaltirildi)

Doʻppi - o`zbek milliy bosh kiyimi. Dumaloq yoki to'rtburchak shaklidagi, erkaklar va ayollar kiyadigan yengil bosh kiyimi. Odatda oddiy yoki zarli iplar bilan bezatiladi,biser qo'shib tikiladi.

Doʻppi — yengil bosh kiyimi. Kadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar D.laridan oʻzbek D.lari oʻziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. D. uch qismdan — tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. D. tikuvchi usta doʻppidoʻz,D. tikish kasbi esa doʻppidoʻzlik deb ataladi.

D. asosan baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Margʻilon, Toshkent, Shahrisabz va b.), moʻljallangan kishilarning yoshi va jinsi (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konnussimon, yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura D.lar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki D.lar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20a. 20-y.laridan D. shakli oʻzgardi: tepasi duma-loq yoki murabba shaklga ega boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.

Oʻzbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz D.lari mashhur. Chust D.si toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirgʻa qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor D.ning tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa D.larning tepasi yarim doyra shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet D.siga oʻxshash boʻlgan margʻilon D.si gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirgʻa qoplanmasligi bilan farqlanadi.

Toshkentning duxoba D.si sidirgʻa baxmaldan, buxoro D.si sidirgʻa yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro D.siga rang-barang ipak iplarda yoʻrma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.

Iroqi D. Shahrisabzda keng urf boʻlgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning oʻziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. D.ning bu turida kashta iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi D.ning eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa D.ning naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, koʻk tusli qushcha (bulbul)lar shaklidan iborat. Toshkentning iroqi D.sida oq zaminga atirgullar toʻq va och kizil ipaklarda (baʼzan "Raʼno", "Guli", "Fargʻona tong otguncha" va b.) yozuvlar qoʻshib tikiladi.

Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) toʻqilgan gilam D.si ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltadoʻzi D.sining naqshi sodda, gullari markazga tomon yoʻnalgan, qaviq choklari esa qovurgʻali yuzani hosil qiladi. Buxoro zardoʻzlarining zardoʻzi-guldoʻzi va zardoʻzi-zamindoʻzi ("Yulduz", "Tovus" va b.) D.lari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirgʻa parchadan 4 karjli (karjlari oʻzaro qora xrshiya yoʻllar bilan boʻlingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) D.si va b. D.lar jozibali qilib tayyorlanadi.

Tarixi[tahrir]

Bugungi shakli[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • Gulnoz Sharipova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil