Dmitriy Qayumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Dmitriyevich Qayumov
Tugʻilgan sanasi: 1949-yil 28-fevral
Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Unvoni: grossmeyster (2003)
Maksimal reytingi: 2505 (2003-yil yanvar)

Dmitriy Dmitriyevich Qayumov[1] (1949-yil 28-fevral, Toshkent - iyul 2021[2]) — sovet va oʻzbek shaxmatchisi , SSSR sport ustasi (1975), grossmeyster (2003).

1993-yil Oʻzbekiston chempionati sovrindori (T. A. Vohidov va R. A. Ziyatdinov bilan 2-4 oʻrinlarni boʻlishgan; S.A.Yoʻldoshev chempion boʻlgan).[3] 1981-yil Oʻzbekiston SSR chempionati kumush medali sovrindori[4]

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1975, 1979, 1983 va 1991-yillarda SSSR xalqlari spartakiadalarida, 1981-yilda SSSR jamoaviy birinchiligida qatnashgan.1991-yilgi turnirda respublika terma jamoasi Armaniston SSR jamoasi bilan 2-3-oʻrinni boʻlishgan va qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha unga yutqazgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida toʻrtta jamoaviy Osiyo chempionati ishtirokchisi boʻlgan (1993, 1995, 1999 va 2008-yillar). 1999-yilda jamoa oltin, 1993-yilda kumush, 1995-yilda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻpgina turnirlarning ishtirokchisi, jumladan, A.Xoʻjayev va G.T.A'zamovlar xotirasiga bagʻishlangan oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yilda koronavirus oqibatida vafot etgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻgʻli — Sergey Qayumov (1981-yilda tugʻilgan) — oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2010), murabbiy.
  • Oʻgʻli - Dmitriy Qayumov (1976-yilda tugʻilgan) - Senior Quality Assurance Engineer, Luxsoft Professional.
  • Qizi - Alla Qayumova / Podlubnaya (1973-yilda tugʻilgan) - „Rossiya temir yoʻllari“ ochiq aktsiyadorlik jamiyati yetakchi iqtisodchisi

Asosiy sport natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Musobaqa + - = Natija Oʻrni
1971 Oʻzbekiston SSR chempionati
1972 Toshkent A.Xodjayev xotirasi 3 6 6 15 dan 6 12—13
1973 Oʻzbekiston SSR chempionati
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 7 4 4 15 dan 9 7—8
1974 Tolyati Oʻzbekiston SSR chempionati
Oʻzbekiston SSR chempionati
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 2 9 4 15 dan 4 16
1975 Riga SSSR xalqlarining VI-Spartakiadasi 3 1 5 9 dan 5½
Chelyabinsk Отборочный турнир 43-го чемпионата СССР
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 5 3 7 15 dan 8½ 2—5
1976 Toshkent A.Xodjayev xotirasi 3 3 9 15 dan 7½ 9—13
1977 Beltsi SSSR 43-chempionatining saralash turniri
1978 Oʻzbekiston SSR chempionati
1978 / 1979 Toshkent A.Xodjayev xotirasi 1 5 9 15 dan 5½ 12—14
1979 Moskva SSSR xalqlarining VII-Spartakiadasi 3 2 4 9 dan 5
Beltsi SSSR 47-chempionatining saralash turniri 9—13
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 2 4 9 15 dan 6½ 10—11
1980 Olmaliq A.Xodjayev xotirasi 2 3 8 13 dan 6 9—10
1981 Moskva SSSR jamoaviy chempionati
Oʻzbekiston SSR chempionati 2
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 3 5 7 15 dan 6½ 12
1982 Toshkent Мемориал А. Ходжаева 5 5 5 15 dan 7½ 7—10
1983 Moskva SSSR xalqlarining VIII-Spartakiadasi 1 3 5 9 dan 3½
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 6 3 6 15 dan 9 3
1984 Toshkent A.Xodjayev xotirasi 1 6 6 13 dan 4 12
1985 Toshkent A.Xodjayev xotirasi
1988 Toshkent A.Xodjayev xotirasi
1991 Azov SSSR xalqlarining X-Spartakiadasi 1 2 5 8 dan 3½ 3-jamoa
1992 Toshkent Oʻzbekiston chempionati 11 dan 5 8—10
1993 Toshkent Oʻzbekiston chempionati 7 2 6 15 dan 10 2—4
Chelyabinsk Xalqaro turnir 4 3 4 11 dan 6 4—6
Kuala-Lumpur Jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati (Oʻzbekiston jamoasi, 2-zahira) 2-jamoa
1995 Singapur Jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati (Oʻzbekiston jamoasi, 2-zahira) 3-jamoa
Olma ota Xalqaro turnir 11 dan 4½ 9—10
1997 Dakka Xalqaro turnir
1999 Shenyan Jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati (Oʻzbekiston jamoasi, 2-zahira) Chempion jamoa
2000 Chimkent Xalqaro turnir 1
Udaypur Osiyo chempionati
Beyrut Osiyo shaharlari chempionati
2002 Alushta Xalqaro turnir 16 dan 12
2005 Nyu Deli Xalqaro turnir 3—5
2011 Toshkent G.T.Agzamov xotirasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Мухитдинов, Мамаджан. Мемориалы Азмиддина Ходжаева. — Ташкент: Узбекистан, 1985. — С. 217.
  2. „https://twitter.com/chess__news/status/1420362219196399619“ (ru). Twitter. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  3. „UZB-ch 1993 - 365Chess.com Tournaments“. www.365chess.com. 2016-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  4. Мухитдинов М. Мемориалы Азмиддина Ходжаева. — Ташкент: Узбекистан, 1985. — С. 217.