Mixail Saltayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Saltayev

Tugʻilgan sanasi: 1962-yil 19-noyabr
Tugʻilgan joyi: Chirchiq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Yashash joyi:  SSSR /  Oʻzbekiston
Unvoni: grossmeyster (1995)

Xalqaro shaxmat ustasi (1990) SSSR sport ustasi (1986)

Maksimal reytingi: 2535 (1996-yil iyul)
Hozirgi reytingi : 2471

Mixail Saltaev (1962-yil 19-noyabrda tugʻilgan, Toshkent viloyati, Chirchiq[1]) — sovet va oʻzbek shaxmatchisi , SSSR sport ustasi (1986), grossmeyster (1995).

Sportga oid tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1991-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida bronza medali sovrindori boʻlgan (respublika terma jamoasi Armaniston SSR jamoasi bilan 2-3 oʻrinlarni boʻlishib, qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha unga yutqazgan).

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida uchta shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi boʻlgan (1992, 1996 va 1998-yillar; 1996-yilda 1-doskada oʻynagan). 1992-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi olimpiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan. 1995-yilgi Osiyo terma jamoasi tarkibida terma jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham qatnashgan. Terna jamoa turnirning bronza medali sohibiga aylangan, Saltayev 3-doskada 3-natijani koʻrsatib, shaxsiy bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Bir qator xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori.

1996 va 1998-yillardagi Osiyo chempionati ishtirokchisi.

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻp turnirlarning ishtirokchisi, jumladan, A.Xoʻjayev va G.T.Agzamov xotiralariga bagʻishlangan oʻyinlar.

1990-yillarning oxiridan boshlab Bundesliga va Belgiya shaxmat ligasida faol ishtirok etib kelmoqda.

Asosiy sport natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Musobaqa + = Natija Oʻrin
1980-yil Olmaliq A.Xodjayev xotirasi 3 7 3 13 dan 4½ 14
1983-yil Moskva SSSR jamoaviy chempionati (Oʻzbekiston SSR jamoasi, ?-doska) 3 4 2 9 dan 4
Toshkent A.Xodjayev xotirasi 15 dan 6½ 12—14
1985-yil Toshkent A.Xodjayev xotirasi
1986-yil Sevastopol SSSR 54-chempionati uchun saralash turniri
Minsk SSSR jamoaviy chempionati (Oʻzbekiston SSR jamoasi, ?-doska)
Toshkent G.T.Agzamov xotirasi 4 6 7 17 dan 7½ 14—16
1987-yil Toshkent A.Xodjayev xotirasi
Toshkent G.T.Agzamov xotirasi 5 8 4 17 dan 7 13
1988-yil Plovdiv Ochiq turnir
1990-yil Chemnitz Xalqaro turnir 11 dan 8 1
1991-yil Azov SSSR xalqlarining X Spartakiadasir (Oʻzbekiston SSR jamoasi, 5-doska) 3 1 4 8 dan 5 3-jamoa
1992-yil Alushta Xalqaro turnir 10 dan 5 4—5
Toshkent Oʻzbekiston chempionati 11 dan 5½ 5—7
Manila Oʻzbekiston chempionati (Oʻzbekiston terma jamoasi, zaxira) 2 1 0 3 dan 2 2-jamoa
1993-yil Toshkent Oʻzbekiston chempionati 4 5 6 15 dan 7 10—11
1994-yil Peristerion Xalqaro turnir 9 dan 5½ 3—4
Tiraspol Xalqaro turnir 3 4 2 9 dan 4 5—9
1995-yil Singapur 11-jamoaviy Osiyo chempionati (Oʻzbekiston jamoasi, 3-doska) 5 0 4 9 dan 7 3 tasi doskada;

3-jamoa

Vladivostok Ochiq turnir 1—2
Moskva T.V.Petrosyan xotirasi (ochiq turnir) 11 dan 8 1
1996-yil Yerevan 32-olimpiada (Oʻzbekiston jamoasi, 1-doska) 1 5 3 9 dan 2½
Moskva Xalqaro turnir 11 dan 7 1—2[2]
Ashxobod Xalqaro turnir 13 dan 8½ 2[3]
Dubay Osiyo chempionati
Sochi Xalqaro turnir 14 dan 7½ 4—5[4]
1997-yil Volgograd Xalqaro turnir 2[5]
Sankt-Peterburg M.I.Chigorin xotirasi [6]
1998-yil Elista 33-olimpiada (Oʻzbekiston jamoasi, 4-doska) 4 2 5 11 dan 6½
Tehron Osiyo chempionati [7]
Moskva G.A.Goldberg xotirasi 14 dan 8[8] 3—4[9]
1999-yil Abu-Dabi Ochiq turnir 1—3[10]
2000-yil Abu-Dabi Ochiq turnir 1
Drezden Ochiq turnir 3—5[11]
Dortmund Ochiq turnir 2—4[12]
2001-yil Neukloster Ochiq turnir 1
Wiesbaden Ochiq turnir 2—5[13]
2002-yil Essen Xalqaro turnir (turnir C) 1—2[14]
2006-yil Gamburg Ochiq turnir 1
Agios Krikos Ochiq turnir 1—2[15]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Мухитдинов М. Мемориалы Азмиддина Ходжаева. — Ташкент: Узбекистан, 1985. — С. 191.
  2. С Е. Ю. Наером.
  3. Победил С. Батыров.
  4. Победил О. И. Майоров.
  5. Победил В. В. Штыренков.
  6. Победил К. Р. Сакаев.
  7. Победил Р. М. Касымджанов.
  8. Не засчитана ничья с выбывшей из турнира Т. В. Грабузовой.
  9. Победили А. Ю. Гельман и О. Даниелян.
  10. С А. Г. Анастасяном и Ш. М. Сафиным.
  11. Победил Р. Лау.
  12. Победил Й. Пинтер.
  13. Победил Ч. Сандипан.
  14. С Я. Я. Клованом.
  15. С Д. Светушкиным.