Marjona Malikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malikova Marjona
Malikova Marjona Abdumajid qizi

Tugʻilgan sanasi: 17-iyul 2002-yil (2002-07-17) (21 yosh)
Tugʻilgan joyi: Samarqand, Oqdaryo tumani
Mukofotlari:

Malikova Marjona Abdumajid qizi  — Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston chempioni[1].

Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan[2].

Sport natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011-yil — Shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.
  • 2017-yil — Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionati kumush medal soxibi.
  • 2017-yil — Qarshi shahrida oʻtkazilgan „Qarshi-Open“ xalqaro shaxmat musobaqa ishtirokchisi.
  • 2018-yil — Toshkent shahrida oʻtkazilgan Gʻarbiy-Osiyo chempionati 5-oʻrin.
  • 2018-yil — Maktab oʻquvchilari oʻrtasida Respublika chempionatida 1-oʻrin.
  • 2018-yil — Toshkent shahrida 16 yoshgacha qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 2-oʻrin.
  • 2019-yil — Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2-oʻrin..
  • 2019-yil — Oʻzbekiston chempionatida 1-oʻrin.
  • 2020-yil — Samarqand shaxrida oʻtkazilgan A.Anarqulov xotirasiga oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrin
  • 2021-yil — Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 6-oʻrin.
  • 2022-yil — Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 4-oʻrin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]