Chelyabinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chelyabinsk - RF Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1743 y.dan), viloyat markazi. RFning muhim iktisodiy, madaniy, ilmiy markazi, yirik transport yoʻllari chorrahasi. Jan. Uralning sharqiy yon bagʻrida, Miass daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 1077,2 ming kishi (2002). Qora (metallsozlik kti, quvur prokati zdi) va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik ("Chelyabinsk abraziv zavodi", "Polyot", "Turbodetal" korxonalari; traktor, stanoksozlik, "Teplopribor", soatsozlik, yul tuzatish mashinalari zdlari va b.) sanoatlari mavjud. Issiklik elektr styasi ishlab turibdi.

1736 y.da rus qalʼasi sifatida boshqirdlarning Selyaba (Chelyaba) qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 1743 y.dan shahar, Iset provinsiyasi (Perm, keyinroq Ufa noibligi), 1796 y.dan Orenburg gubernyasining uyezd shahri. 19a. ning 90-y.larida Buyuk Sibir magistrali va Yekaterinburg yoʻnalishidagi t.y. qurilishi munosabati bilan shahar yirik transport va savdo markaziga aylandi. Sanoattez rivojlandi. 1933 y. da traktor zdi (CHTZ) qurylib foydalanishga topshirildi. Urush davrida (1941—45) Ch.ga 60 ga yaqin sanoat korxonasi evakuatsiya qilindi. Shu davrda shaxar sanoati turli harbiy qurollarni ishlab chikardi. Aeroport bor. universitet, politexnika, q.x.ni mexanizatsiyalash va elektrifikatsiyalash, tibbiyot, jismoniy tarbiya, ped., madaniyat oliy ukuv yurtlari, i.t. institutlari faoliyat koʻrsatadi. 4 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi mavjud.