Choʻyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choʻyan
Temir-uglerod qotishma fazalari

Ferrit
Austenit
Sementit
Grafit

Temir-uglerod qotishma strukturalari

Ledeburit
Martensit
Perlit
Sorbit
Troostit
Beynit

Po`latlar

Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C)
Asbobsozlik po`lati (~2 % gacha C)
Zanglamaydigan po`lat (xrom bilan ligerlangan)
Issiqqa chidamli po`lat
Mustahkamligi yuqori po`lat

Cho`yanlar

Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas)
Kulrang cho`yan (grafit plastina shaklida)
Bolg`alanuvchan cho`yan (grafit parchalari)
Mustahkamligi yuqori cho`yan
Yarim cho`yan (grafit va ledeburitdan iborat)

Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va b.) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va b., shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi.

CH. kulrang , oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.

Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.

CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.

Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch., podshipniklar va b. ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. — tra koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Ch. armaturalar va b. buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va b.ga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi.

Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.

Choʻyan tova

Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.

Choʻyan turlari[tahrir]

Klassifikatsiya[tahrir]

Tarkibidagi C miqdoriga qarab kulrang choʻyan: evtektikagacha (2,14-4,3 % C), evtiktika (4,3 %) yoki evtiktikadan soʻngi deb nomlanadi. Qotishma tarkibi material strukturasiga taʼsir koʻrsatadi.

Shuningdek, qarang[tahrir]