Austenit
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Austenit |
|---|
| Temir-uglerod qotishma fazalari |
| Temir-uglerod qotishma strukturalari |
| Po`latlar |
|
Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C) |
| Cho`yanlar |
|
Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) |
Austenit (
-faza) - Temir-Uglerod qotishmalaring tarkibiy tuzilmalaridan biri. Ingliz tadqiqodchisi R. Austen (1843-1902) nomiga qo`yilgan. Uglerodli po`latlarda Austenit odatda 727°C dan (kritik nuqtadan) yuqori haroratlardagina barqaror bo`ladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, harorat 727°C ga yetganda Ferrit va sementitga, ya`ni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab o`zgaradi. 1147°C da
-temirda eng ko`p miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu haroratda Austenit tarkibida 2,14% uglerod bo`ladi. Harorat pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°C da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.