Calico Jack

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Calico Jack
John Rackham

Charles Johnsonning Qaroqchilarning umumiy tarixi asari 1725-yilgi nashridan Rackhamning yog'och tasviri
Tavalludi 1682-yil, 26-dekabr
Vafoti 1720-yil, 18-noyabr
Yamayka, Port Royal
Fuqaroligi Ingliz
Kasbi Qaroqchi
Faoliyat yillari 1718—1720-yillar
Turmush oʻrtogʻi Anne Bonny

John Rackham (1682-yil 26 dekabr – 1720-yil 18-noyabr) – Calico Jack tahallusi bilan mashshur boʻlgan, XVIII asr boshlarida Bagama orollari hamda Kubada faoliyat yuritgan ingliz qaroqchilar kapitani. Uning laqabi u kiygan calico rusumli kiyimidan olingan, Jack esa „John“ ismining boshqa shakli edi.

Rackham Qaroqchilikning oltin asrining oxirlarida (1718—1720) qaroqchilik qilgan. U asosan ekipajida ikki ayol qaroqchi boʻlganligi bilan eslanadi. Ular Mary Read va oʻzining rafiqasi Anne Bonny edi. Rackham Charles Vaneni renjer kapitani lavozimidan chetlatib, oʻzi Leeward orollari, Yamayka kanali va Windward Passage boʻylab sayohat qiladi. U 1719-yilda qirolning avfini qabul qilib New Providencega koʻchib oʻtadi. U yerda James Bonnyning rafiqasi Anne Bonny bilan tanishadi. U 1720-yilda ingliz shpalini oʻmarib yana qaroqchilikka qaytdi. Anne ham unga qoʻshiladi. Ular yangi ekipaj tuzadi va oʻsha vaqtda erkak qiyofasida boʻlgan Mary Read uning aʼzosi edi. Qisqa yurishlardan keyin, Rackham 1720-yilda ingliz maxsus qoʻshinlari boshligʻi Jonathan Barnet tomonidan qoʻlga olingan. Yamayka gubernatori Nicholas Lawes tomonidan sud qilinadi va oʻsha yilning noyabr oyida Yamaykaning Port Royal shahrida osilgan[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rackhamning yoshligi va hayoti haqida juda kam maʼlumot mavjud, faqat u ingliz boʻlgani va 1682-yilda tugʻilgani maʼlum. U ilk faoliyatini 1718-yilda Charles Vanening Qaroqchilar respublikasi nomi bilan tanilgan qaroqchilar uchun mashhur bazasida Bagamadagi New Providence orolida kvartal ustasi boʻlib ishlash bilan boshlagan. Vane va uning ekipaji Nyu York shahridan tashqarida bir nechta kemalarni talon-taroj qilish bilan shugʻullangan, keyin katta fransuz jangovar kemasiga duch kelishgan. Kema ularni taqib qilgan. Kema Vane qaroqchilari kemasidan kamida ikki marta katta boʻlgani sabab Vane jangdan ehtiyorkorlik bilan chekinish kerakligini buyuradi. Jack Rackham uning qaroriga eʼtiroz bildiradi va juda koʻp boylikka erishish mumkinligini koʻzda tutib ularga qarshi kurashishni taklif qiladi. Kemadagi toʻqson bir kishidan faqat oʻn beshtasigina Vanening qarorida qoʻllab-quvvatladi. Shunga qaramay Vane oʻzining yakuniy qarorida toʻxtaladi va qaroqchilar taqibchilardan qochib qutulishadi. 1718-yil 24-noyabrda Rackham kema kapitanligi uchun qayta ovoz berishga chaqirdi, Natijalarga koʻra ejipaj aʼzolari Vaneni qoʻrqoq deb hisoblab, uni kapitanlikdan olib tashladi va Calico Jack navbatdagi kapitan etib saylanadi.

Kapitanlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rackham kapitan boʻlganidan soʻng qirgʻoq yaqinidagi kichik kemalarni talon-taroj qilib yuradi. U va uning qaroqchilar toʻdasi kichik Yamayka kemasi Kingstonni egallab oladi. Ular Bermud orollaridan bir nechta yirik kemalarni boʻysundirib, Gʻarbiy Hindiston tomonlarga bir necha marta yurish qiladi.

1719-yilda Rackham Bagama orollaridagi Nassauga suzib boradi, qaroqchilar uchun umumiy amnistiyadan foydalanib, qirollik tomonidan avf etiladi va gubernator Woodes Rogers bilan ishlab, topshiriq olish uchun joʻnab ketdi. Rogers Bagama orollariga Karib dengizidagi Britaniya kemalariga hujum qiladigan qaroqchilarni fosh etish uchun yuborilgan edi. Dekabr oyida Kingston savdo kemasini qoʻlga kiritiladi. Kingston kemasi bir qancha qimmat yuklarga ega boʻlib, Rackham va uning ekipaji uchun katta foyda keltirishi kerak edi. Ammo Kingston Port Royalning koʻz oʻngida olib ketilgan edi va u yerdagi savdogarlar uni qaytarish uchun izidan tushishadi. Ular 1719-yil fevral oyida Kingston Kuba yaqinidagi Isla-de-los-Pinoda boʻlganida ularni ushlaydi. Rackham va boshqa qaroqchilar oʻsha vaqt qirgʻoqda boʻlib, savdogarlar tutqunidan qochib ketishadi, ammo ularning kemasi va boy oʻjlasi olib ketilgan.

Kapitan Charles Johnson oʻzining 1724-yilda chop etilgan Eng mashhur qaroqchilarning oʻgʻirlanishi va qotilliklarining umumiy tarixi kitobida Rackham qanday qilib shlyapa oʻgʻirlaganini tasvirlab oʻtadi. Rackham va uning qaroqchilari Kubadagi shaharchada oʻzlarining kichik bandargohini taʼmirlayotgan vaqtda, Kuba qirgʻoqlarini qoʻriqlash bilan shugʻullangan ispan harbiy kemasi va ular qoʻlga olgan kichik ingliz kemasi portga kirib keladi. Ispan harbiy kemasi qaroqchilarni koʻradi, ammo suv oqimi past boʻlgani sabab ularga yaqinlasha olmaydi. Ular tong otishini kutish uchun portga langar tashlashadi. Oʻsha oqshom Rackham va uning odamlari qoʻlga olingan inglizlar kemasi tomon eshkak eshishadi va u yerda ispan qoʻriqchilari talon-taroj qilishga erishadi. Tongda harbiy kema tomonidan Rackhamning eski kemasi portlatiladi va qaroqchilar oʻzlarining yangi qoʻlga kiritgan oʻlja kemasida suzib ketishadi.

Kapitan Jack Rackham. Ispaniyaning asosiy seriyasidagi qaroqchilar. Allen & Ginter Cigarettes uchun.

Rackham va jamoasi Nassauga qaytib keladi. U yerda gubernator Rogersga Vane ularni qaroqchi boʻlishga majbur qilganligini aytadi va qirollikdan kechirim soʻraydi. Rogers qaroqchilarga ishonadi va Vanedan nafratlanadi. Ularning qolishlariga ruxsat beradi. Ammo qaroqchilarning halol hayot kechirishi uzoq vaqt davom etmaydi.

Anne Bonny[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portda Rackham gubernator Rogers qoʻshinida ishlagan dengizchi James Bonnyning rafiqasi Anne Bonny bilan tanishadi va ishqiy munosabatda boʻladi. James Bonny ularning munosabatlaridan habar topgach, Anneni gubernator Rogersga olib keldi va u zinoda ayblab jazolashlarini soʻraydi. Rackham Anne bilan birga boʻlish uchun Jamesga pul taklif qiladi, ammo u qatʼiyan rad etadi. Oqibatda Anne Rackham bilan Nassaudan qochib ketishiga majbur boʻladi. Juftlik yangi ekipaj tuzadi va John Hamga tegishli shpalni oʻgʻirlab, dengizga chiqib ketadi. Ular Karib dengizida ikki oy davomida qaroqchilik qilib boshqa qaroqchilar kemalarini egallab olishadi. Keyin Anne homilador boʻlgach bola tugʻilishi uchun Kubaga qaytishadi[2].

Qoʻlga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1720-yilda Woodes Rogersning Jack Rackham va uning ekipajini qaroqchilar deb nomlagan bayonoti.

1720-yil sentyabr oyida Bagam gubernatori Woodes Rogers Rackham va uning ekipajini qaroqchilar deb rasman eʼlon qilgan bayonotini taqdim etadi. Bayonot qabul qilinganidan keyin qaroqchi ovchi Jonathan Barnet va sobiq qaroqchi Jean Bonadvis Yamayka yaqinida suzib, koʻplab kichik baliq ovlash kemalarini qoʻlga oladi, shimoliy Yamayka qirgʻoqlari boʻylab baliqchilarni taʼqib qilishni boshlaydi[3].

Rackham hamda qaroqchilar gʻarbga, Negril tomonga suzib ketayotgan edi. 1720-yilning 31-oktabrida[4] Rackham kemasidan uzilgan oʻq Jean Bonadvisning eʼtiborini tortadi. Bonadvis bu haqida Barnetga habar beradi va vaziyatni oʻrganish uchun qaroqchilar tomonga suzib ketdi. Kechki soat 22:00 da Barnet qoʻshiniga qoʻngʻiroq qildi va ularning kimligini soʻraydi. Javob Kubalik John Rackham boʻlgach, Barnet darhol ularga hujum qilishni buyuradi. Taslim boʻlmasliklarini va miltiqdan oʻq uzishlarini takidlaydi. Barnet Rackhamning kemasidagi yelkan tutqichni yoʻq qiladi va qaroqchilar qoʻlga olinadi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barnet qaroqchilarni Yamaykaning Lusia shahri yaqinidagi Devis koʻrfaziga qoldirishni buyuradi, u yerdagi mahalliy militsiya zobiti mayor Richard James ularni hibsga oldi. Rackham hamda uning qoʻshini 1720-yil noyabr oyida Yamaykaning Ispaniya shaharchasida sudlanadi va qaroqchilikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilinadi. Rackham 1720-yil 18-noyabrda Port Royalda qatl etiladi. Uning jasadi Port Royalning asosiy kirish qismidagi kichik orolchada, hozirgi Rackham Kayi deb ataladigan joyga qoldirilgan.

Ekipaji taqdiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anne Bonny va Mary Read ikkisi ham Rackham qatlidan oʻn kundan keyin sud jarayonida homilador boʻlganliklari sabab avf soʻrashadi va shu sabab qatl kuni kechiktiriladi. Read 1721-yil aprel oyida qattiq isitma bilan oʻz kamerasida vafot etadi. Bonnyning vafoti yoki ozodligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas[5].

Jamoa aʼzolaridan George Fetherston (usta), Richard Corner (ekipaj ustasi), John Davis hamda John Howell Jack Rackham bilan birga Port Royalda qatl qilingan. Patrick Carty, Thomas Earl, James Dobbin va Noah Harwood keyingi kuni Kingstonda qatl etiladi.

Jolly Roger bayrogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jolly Roger qaroqchilik bayrogʻi notoʻgʻri Rakxem bilan bogʻlangan.

Rackhamning qaroqchilik bayrogʻi asosan qora fonda boʻlib, kesishgan qilichlar ustidagi oq bosh suyagini bilan tasvirlanadi. Bu bilan baʼzan Rackham Jolly Rojer dizaynini loyihalashtirgan deb ham tahmin qilinadi. Sud jarayonining xulosalariga koʻra hech qaysi guvoh Rackhamning bunday bayroqdan foydalanganini aytmagan. Faqat uning nayzasida oq uchburchak bayroq (pennon) boʻlganini taʼkidlagan. Bosh suyagi va xochli qilichlar uslubi XX asr boshlariga taaluqli boʻlib, uni Calico Jack bilan bogʻlashni 1959-yilda Hans Leipning kitobida uchratish mumkin[6].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Did English pirate Calico Jack design the Jolly Roger?“. Telegraph (2016-yil 5-dekabr).
  2. „The Project Gutenberg eBook of The Pyrates, by Daniel Defoe“. www.gutenberg.org. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  3. „Charges of Piracy Against Calico Jack and his Crew“. Pirate Documents. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  4. „America and West Indies: November 1720, 1-15“. — „"Nov. 13. Jamaica. ... About a fortnight ago a trading sloop belonging to the Island being well manned and commanded by a brisk fellow one Jonathan Barnet did us a very good piece of service he was met by a pirate vessel at the Leward part of this Island commanded by one Rackum"“. 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Carmichael, Sherman. Forgotten Tales of South Carolina. The History Press, 2011 — 72 bet. ISBN 978-1-60949-232-8. [sayt ishlamaydi]
  6. Little, Benerson. The Golden Age of Piracy: The Truth Behind Pirate Myths (en). New York: Skyhorse Publishing, Inc., 2016. ISBN 9781510713048. 2017-yil 15-sentyabrda qaraldi. 
  7. Hell Cats (en).