Amnistiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amnistiya — sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to'la yoki qisman ozodlikka chiqarish.


Amnistiya (yun. amnestia — ke-chirish, gunohidan o‘tish; amnistiya) — oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jino-iy jazodan ozod qilish, jinoyat ishi-ni bekor etish yoki jazoni yengillatish to‘g‘risidagi qarori. A. jinoyat va b. huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar-ni jazodan to‘la yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risida insonparvar-likni namoyish qiluvchi farmoyishdir. O‘zR Konstitutsiyasiga ko‘ra, O‘zR Pre-zidenti A. to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish va O‘zR sudlari tomoni-dan hukm qilingan fuqarolarni afv etish vakolatiga ega. A. xalq o‘rtasida "umumiy afv" deb ham yuritiladi. O‘zR mustaqilligi e’lon qilinganidan beri O‘zR Prezidentining A. to‘g‘risidagi 11 ta farmoni e’lon qilingan (2001 y. 1 yanv.gacha). Bu farmonlar xalqaro huquq normalarida, O‘zbekiston Respublikasi-ning Konstitutsiyasi va b. qonunlarida nazarda tutilgan insonparvarlik tamoy-illariga izchillik bilan amal qilishning yuksak namunasidir. A. ga asosan, ja-zodan ozod qilingan shaxslar takroran jinoyat qilishdan o‘zlarini tiyishla-ri lozim, chunki takroran sodir qilgan jinoyati uchun hukm etilgan shaxslarga nisbatan keyinchalik qabul qilingan A. qo‘llanilmaydi va bu holat unday shaxsni jazodan ozod etishga monelik qiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil