Berdiyar Jollibekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich
Tavalludi 11-fevral 1976-yil (1976-02-11) (48 yosh)
Qoraqalpogʻiston Nukus
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Tuproqshunoslik biotexnologiya farmokognoziya
Sohasi Tuproqshunoslik, biotexnologiya
Taʼlimi Tokiyo qishliq xoʻjaligi va texnologiya universiteti
Ilmiy darajasi Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni professor

Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich (1976-yil 11-fevral) – Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri, Tuproqshunoslik biotexnologiya farmokognoziya fan doktori, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdiyar Jollibekov 1976-yil 11-fevralda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Tuproqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. 2008-yilda esa Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universiteti tuproqshunoslik, biotexnologiya, farmakognoziya mutaxasissligi boʻyicha tamomlagan. 2017—2020-yillarda Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universitetida doktoranturani tugatgan. Mehnat faoliyatini 1993—1994-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasida boshlagan, 1999-2002-yillarda Markaziy Osiyo begʻaraz yordam Qoraqalpogʻiston boʻlimi agronomi, 2003—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi bioekologiya instituti tuproqshunoslik laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 2009—2010-yillarda Normativ tadqiqot markazi Qoraqalpogʻiston boʻlimi kichik ilmiy xodimi, 2011—2012-yillarda Nukus tumani ijtimoiy masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis, 2012—2014-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida ilmiy loyihalarda ilmiy xodim, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida 2014—017-yillarda Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi dotsenti, 2020-yilda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, 2020—2022-yillarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga transformatsiya qilinganidan keyin 2022—2023-yillarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, 2023-yildan esa Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[1][2]. Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori sifatida dunyoning bir qator davlatlaridagi etakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan[3][4].

Ilimiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdiyar Jollibekov yetakchi olim sifatida Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston va xalqaro darajadagi ilmiy kengashlarda va loyihalarda, konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda[5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16][17][18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Gazeta.uz:2023-yil 29-sentabr“.
  2. 2,0 2,1 „Uzreport Axborot agentligi:2023-yil 29-sentabr“.
  3. „Học viện Nông nghiệp Việt Nam ký kết hợp tác với Trường Đại học Nông nghiệp Tashkent, Uzbekistan:2024-yil 13-mart“.
  4. „“TASHKENT INSTITUTE OF IRRIGATION AND AGRICULTURAL MECHANIZATION ENGINEERS” NATIONAL RESEARCH UNIVERSITY:2023-yil 8-dekabr“.
  5. „INTERNATIONAL SYMPOSIUM ON CLIMATE-RESILIENT AGRI-ENVIRONMENTAL SYSTEMS:ISCRAES-2020“.
  6. „Germination and Morphological Features of Bluestems joint Fir (Ephedra equisetina) Seeds under different Led Light Conditions:2019-yil 14-fevral“.
  7. „The New Uranium Mining Boom“.
  8. „Seasonal Changes in Water Quality of Rivers and Ground Water in Karakalpakstan, Uzbekistan:2012-yil“.
  9. „Innovative Development Agency:2022-yil 27-aprel“.
  10. „Disney Worldwide Conservation Fund Names 2014-Conservation Heroes:2014-yil 5-noyabr“.
  11. „GROW BIOINTENSIVE INTERNATIONAL NETWORK“.
  12. „CINII“.
  13. „National Library of Medicine“.
  14. „Change in the water quality of the Aral Sea in Uzbekistan, Central Asia“.
  15. „ИСТИНА“.
  16. „Aminer“.
  17. „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“.
  18. „Ресурсный центр сайгака“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]