Fan doktori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fan doktori — yuqori ilmiy daraja. Dastlab IZO y. Bolonya untida joriy etilgan boʻlib, magistrlik darajasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarga berilgan. Sobiq SSSR, jumladan, Oʻzbekistonda F.d. ilmiy darajasi 1934 y.dan boshlab joriy qilingan. Hozir F.d. ilmiy darajasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida beriladi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va b. mamlakatlarda F.d. ilmiy darajasini magistrlik darajasita ega boʻlgan va drlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslar olishi mumkin.

Oʻzbekistonda F.d. ilmiy darajasi oliy oʻquv yurti yoki i.t. muassasasi koshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengash taklifiga binoan, OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaroriga muvofiq fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan, tegishli mikdorda ilmiy maqolalari va ilmiy monografiyasi bosilib chiqqan, drlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslarga beriladi. Drlik dissertatsiyasi fan va xalqxoʻjaligi rivojiga katta xissa boʻlib qoʻshiladigan, dolzarb ilmiy muammoni hal qilishning original va samarali yoʻllarini koʻrsatib bergan, muhim nazariy umumlashma xulosalar chiqarilgan mustaqil i.t. ishi boʻlishi kerak. Fanning biror tarmogi yuzasidan yaratilgan muhim darslik yoki daʼvogarning katta ilmiy qimmatga ega ilmiy yoxud ilmiymetodik tadqiqoti ham drlik dissertatsiyasi sifatida taqdim etilishi mumkin. 2002 y. Oʻzbekistonda ilmfanning turli sohalarida 2178 F.d. faoliyat yuritdi.