Badr al-Mavid yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Badr al-Mavid yurishi
Sanalar 625-yil oktyabr
Natija Musulmonlar gʻalaba qozonadi
  • Muhammad Badrni muvaffaqiyatli egallab, 8 kun oʻsha yerda qoladi
  • Abu Sufyon va uning askarlari qo‘rquvdan qochib ketadilar
Qoʻmondonlar
Muhammad
Ali
Abu Sufyon
Kuchlar
1500 nafar askar va 10 ta otliq 2000 nafar piyoda va 50 ta otliq

Badr al-Mavid gʻazoti – Muhammadning Badrga uchinchi marotaba boshchilik qilgan yurishi. Zamonaviy tarixchilar tomonidan ushbu voqea 625-yilning oktyabr oyida[1] boʻlib oʻtgan deyiladi, biroq boshqa birlamchi manbalarda bir nechta muqobil sanalar ham berilgan[2].

Musulmon olimi Safiur Rahmon al-Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, Uhud jangidan bir yil oʻtib, musulmonlar mushriklar bilan yuzma-yuz keladi va ular oʻrtasida jang boshlanadi[3].

Uhud jangidagi magʻlubiyatdan soʻng ushbu yurishda ustun kelish musulmonlarning Arabistonda oʻz hukmronligini oʻrnatishiga sabab boʻladi. Bu narsa Qur'on oyatlaridan birida Muhammadga ushbu voqea paytida ilohiy ravishda nozil qilingan[4]. Oyatlar haqidagi voqea va maʼlumotlar „Sahihi Buxoriy“da keltirilgan[5][6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

William Muirning soʻzlariga koʻra, ikki qarama-qarshi tomonlar Badrda toʻqnash keladi, oʻsha yili kuchli qurgʻoqchilik boʻlib, Makka kuchlarining boshligʻi Abu Sufyon bunday vaqtda jang qilishni xohlamaydi va jangni kechiktirishga urinadi. Shunda Abu Sufyon umuman boshqa qabila vakili boʻlgan Nuam ismli kishiga musulmon qoʻshinlarini qaytarish uchun Makka qoʻshinlari haqida boʻrttirilgan yolgʻon maʼlumot berishini buyuradi. Bu xabar baʼzi musulmonlarni qoʻrqitib qoʻyadi. Biroq paygʻambar Muhammad hech narsadan qoʻrqmay, hatto bir oʻzi boʻlsa ham Badrga borishga qasamyod qiladi. Buni koʻrgan barcha musulmonlar Muhammaddan ruh oladi va natijada avvalgidan ham ikki barobar kattaroq qoʻshin toʻplanadi.

Bosqin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sealed Nectar nashrining soʻzlariga koʻra, Muhammad 1500 jangchi, 10 ta otliq va Ali ibn Abu Tolib bilan birgalikda Badrga yoʻl oladi. Abdulloh ibn Ravoha Muhammad yoʻqligida Madinani boshqarib turadi. Musulmonlar Badrga yetib borgach, u yerda mushriklarning kelishini kutishadi.

Abu Sufyon qoʻshinlari 2000 nafar piyoda askarlar va 50 ta otliqdan iborat edi. Ular Makkadan bir oz uzoqlikda joylashgan Maraz-Zahronga yetib kelishadi va Mijannah degan joyda qarorgoh qurishadi. Abu Sufyon istaksiz, ruhi tushayotgan va yaqinlashib kelayotgan urush oqibatlaridan nihoyatda dahshatga tushgan holda oʻz qavmiga yuzlanib, yigitlarini urushdan qaytarish uchun qoʻrqoqlikka asoslangan, bemaʼni bahonalar keltira boshlaydi.

Uning qoʻshini ham xuddi oʻziga oʻxshab vahima va qoʻrquvda edi.

Oʻshanda Badrda musulmonlar 8 kun davomida dushmanlarini kutib turadilar. Mushriklar jang qilishdan bosh tortganlarida, kuchlar muvozanati musulmonlar foydasiga oʻzgarib ketadi, ular shu tariqa oʻzlarining harbiy obroʻ-eʼtiborini, qadr-qimmatini qaytarib oladilar va butun Arabistonda oʻz hukmronligini oʻrnatishga muvaffaq boʻlishadi.

Bosqinning nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bosqinning koʻplab nomlari boʻlib, „Iikkinchi Badr“, „Oxirgi Badr“ yoki „Kichik Badr“ deb ham nomlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford At The Clarendon Press, 1956 — 340 bet. 
  2. J. M. B. Jones (1957). "The Chronology of the "Mag̱ẖāzī"-- A Textual Survey". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 19 (2): 250. doi:10.1017/S0041977X0013304X. 
  3. Rahman al-Mubarakpuri, Safiur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 192-bet.
  4. Muir, William (1861), The life of Mahomet, Smith, Elder & Co, 222-bet.
  5. Tafsir ibn Kathir on 3:172-176 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., tafsir.com
  6. Andoza:Hadith-usc