Anvar Jabborov (futbolchi)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Jabborov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Ro‘ziyevich Jabborov
Tavallud sanasi 20-iyul 1963-yil (1963-07-20) (60 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami Darvozabonlar murabbiyi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi Paxtakor Yoshlar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981 Sovet Ittifoqi Qarshistroy 7 (-?)
1983—1986 Sovet Ittifoqi Zarafshon 92 (-35/5)
1987—1988 Sovet Ittifoqi Kosonsoy 67 (-?/5)
1989 Sovet Ittifoqi Yoshlik (Jizzah) 35 (-?/1)
1990 Sovet Ittifoqi Nurafshon 4 (-?)
1990 Sovet Ittifoqi Paxtakor 4 (-5)
1991 Sovet Ittifoqi Navbahor 24 (-27/3)
1992 Oʻzbekiston Paxtakor 30 (-28)
1993 Ukraina Krivbas 1 (-1)
1993 Oʻzbekiston Navbahor 8 (-12)
1994 Oʻzbekiston Navro‘z 15 (-25/1)
1994 Oʻzbekiston Kushon ? (-?)
1995 Oʻzbekiston Navro‘z 17 (-24)
1996 Oʻzbekiston Progres ? (-?)
1997 Oʻzbekiston Navbahor 2 (-3)
1997 Oʻzbekiston So‘g‘diyona 3 (-5)
1998 Oʻzbekiston MHSK 4 (-12)
1999 Oʻzbekiston Меtallurg (Bekobod) 2 (-3)
1999 Oʻzbekiston Xorazm 5 (-6)
1999—2000 Hindiston Vasko ? (-?)
2000 Oʻzbekiston Qizilqum 21 (-29)
2002 Oʻzbekiston Surxon 4 (-12)
Milliy terma jamoa
1992 Oʻzbekiston O‘zbekiston 3 (-4)
Boshqargan klublari
2009 Qozogʻiston Taraz
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 30-iyul, 2022-yil(2022-07-30) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Anvar Ro‘zievich Jabborov (ruscha: Жаббаров, Анвар Рузиевич; 1963-yil 20-iyul, Buxoro) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi, darvozabon sifatida o‘ynagan.

Futboldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoroda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1981-yilda SSSR Ikkinchi ligasidagi „Qarshistroy“ klubi tarkibida boshlagan va klub safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan. 1983-yilda ikkinchi liganing boshqa bir o‘zbek klubi „Zarafshon“ga o‘tib, to‘rt mavsum to‘p surgan. 1987-yilda „Kosonsoy“ tarkibiga kelib qo‘shilgan. 1989-1990-yillarda „Yoshlik“, „Nurafshon“ va „Paxtakor“ klublarini himoya qilgan. 1991-yili „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi va SSSR Birinchi ligasidagi debyutini 6 aprel kuni safarda Kamishinning „Tekstilshchik“ jamoasiga qarshi birinchi davra uchrashuvida o‘tkazib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ladi. Ushbu uchrashuvda Anvar Ro‘zievich asosiy tarkibda maydonga tushib, butun uchrashuvni o‘tkazadi[1]. Futbolchi „Navbahor“ tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, poytaxtning „Paxtakor“ klubi safiga kelib qo‘shilgan va mamlakat chempionati Oliy ligasining birinchi qur’a (30 ta o‘yin) ishtirokchisiga aylangan. 1992/93-yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda u „Krivbas“ga o‘tadi va 1993-yil 20-iyunda Premyer liganing 30-turida „Ternopil Niva“ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazib 0:2 hisobda mag‘lub bo‘ladi[2]. Bu uchrashuvda Jabborov 46-daqiqada Valeriy Vorobyov o‘rniga maydonga tushib bitta gol o‘tkazib yuboradi. Keyingi mavsumni ham „Krivbas“da boshlagan bo‘lsa-da, mavsumning birinchi qismida „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi.

Jabborov 1994—1999-yillarda tez-tez klubini almashtirgan. Bu yillarda futbolchi „Navro‘z“, „Kushon“, „Navbahor“, „So‘g‘diyona“, MHSK, Bekobodning „Metallurg“ va „Xorazm“ klublarida to‘p surgan. 1999/2000-yilgi mavsumda Jabborov Hindistonning Goa shahri klubi „Vasko“ jamoasi darvozasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekistonga qaytib, mavsumning qolgan qismini „Qizilqum“da o‘tkazadi. U jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Surxon“ tarkibida yakunlagan. Jabborov ushbu jamoa libosi ostida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan.

Jamoaviy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jabborov 1992-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilib debyut o‘yinda Tojikiston bilan mehmonda 2:2 hisobda durang natija qayd etgan. Bu o‘yinda Jabborov asosiy tarkibda maydonga tushib uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan[3]. 1992-yilning iyun-iyul oylarida terma jamoa libosida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Keyinchalik terma jamoa safida o‘ynamagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatidagi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Toshkentning „Bunyodkor“ futbol maktabida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2009-yilda Qozog‘istonning „Taraz“ klubi darvozabonlariga murabbiylik qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Текстильник» (Камишин) — «Навбахор» (Наманган)“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  2. „«Нива» (Тернопіль) — «Кривбас» (Кривий Ріг)“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  3. „«Таджикистан» — «Узбекистан»“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]