Android

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Android — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, Kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.

2012-yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi oʻrnatilgan edi.

Tarixi[tahrir]

2005-yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.

2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.

2009-yilda platformaning toʻrtta updatelari (yangilashlari) chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „tirik rasmlar“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.

2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu updatelar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „Kesish, nusxa koʻchirish“, qayta qoʻyish funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.

2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.

2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.

2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr ohirida yangi update chiqqach 4.2ga oʻzgardi.

Moslamalar[tahrir]

HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi birinchi smartfon
Android 1.5 OTning ishchi stoli
Shuningdek qarang: Android moslamalari ro`yxati.

Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ moslamalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqadi.

Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ i`mWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi Nexus Q mediapleyeri mavjud.

2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida habar berdi.

Dasturlar doʻkoni[tahrir]

Google Play (avvalgi Android Market)[tahrir]

Asosiy maqola: Google Play

2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %ini, operatorlar esa qolgan 30 %ni olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn do`koni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.

2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.

Qiziqarli faktlar[tahrir]

  • Android tizimi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari yaratilgan.
  • 1.5 versiyadan boshlab Android versiyalarining nomlari biror-bir desert nomidan olinadi. Nomlarning birinchi xarflari versiyalarning yangilanishi boʻyicha alifbo xarflari tartibida ketadi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6 Donut (pishiriq turi), 2.0/2.1 Eclair („ekler“), 2.2 Froyo („muzlatilgan yogurt“ qisqartmasi), 2.3 Gingerbread („zanjabilli shirinkulcha“), 3.0 Honeycomb („asalari ini“), 4.0 Ice Cream Sandwich („muzqaymoq briketi“), 4.1/4.2 Jelly Bean (shirinlik turi), 5.0 Key Lime Pie („laymli pirog“), Licorice („lakritsa“), Marshmallow („zefir“) va Nougat („nuga“) (5.0 versiya tasdiqlanmagan).
  • 2011-yil fevral maʼlumotlariga koʻra Android OT moslamalari Buyuk Britaniyada iOS OT ostidagi iPhone 4ni ortda qoldirdi.
  • Agar Androidning rasmiy saytida kursorni pastki chap burchakdagi robotga olib borilsa, u har xil harakatlar qilishni boshlaydi, bosganda qoʻlini silkitadi.

Manbalar[tahrir]

h-min-nan:Ki-khì-lâng]]