Dell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dell, Incorporated
Dell Logo
Faoliyati Kompyuter tehnikalarini ishlab chiqarish
Asos solingan yili 1984
Joylashuvi Round Rock, Texas
Muhim shaxshlar Michael Dell (Direktorlar kengashi raisi), Kevin Rollins (prezident)
Daromadi US$55.908 miliard (2006)
Ishchilar soni 90,400
Vebsayti www.dell.com

Dell, Inc.Amerika kompaniyasi, kompyuter ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik kompnayilardan biri. 2005 yil natijalariga ko`ra Fortune 1000 ro`yhatida 26 o`rinda egallagan. Dell,Inc kompaniyasi bosh ofisi Raund Rok da (Texas, AQSH) joylashgan.

Direktorlar kengashi raisi – Michael Dell, president – Kevin Rollins.

Tarix:[tahrir]

Michael Dell, Dell.ning asoschisi

Kompaniya Maykl Dell tomonidan 1984 yil Ostin (Texas) shahrida PC Limited nomi bilan asos solingan.Kompaniya 1988 yil Dell Computer va 2003 yil esa Dell Inc nomini olgan. 1987 yil Evropa bozorlariga chiqadi, 1994 yilda esa Osiyo –Tinch okeani regioni bozorlariga chiqadi.2005 yil Fortune Dell ni “AQSHda hammada katta qiziqish uyg’otadigan kompaniya” deb nomladi(dunyo reytinggida - 3 o`rinda) Dell – XX asr boshlari XXI asr da eng dinamik kompaniyalar biri hisoblanadi.Faoliyating ilk yillarida kompaniya daromadi $300 ming dan kamroqni tashkil etar edi. 2005 yilga kelib kompaniya daromadi $ 50 mlrd ga etdi.

Faoliyati:[tahrir]

Dell – shaxsiy kompyuter, noutbuk, server, ma`lumotlar saqlash qurilmalari,KPK lar va boshqa ko’pgina qurilmalar yaratish, ishlab chiqarish , sotish va hizmat ko`rsatish bilan shug`ullanadi.

Faoliyati koʻrsatkichlari:[tahrir]

Dell kompaniyasida umumiy ishchilar soni - 65,2 ming kishini tashkil etadi. 2006 yil 3 fevral natijalariga ko`ra kompaniya daromadi - $55,9 mlrd ni tashkil etgan, sof foydasi esa - $3,57 mlrdni tashkil etdi. Kapitalizatsiya esa 2007 yil 9 avgust sanasiga - $61,1 mlrdni tashkil etdi.

Havolalar[tahrir]

Rasmiy saytlar[tahrir]