Android KitKat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Operatsion tizim
Android KitKat
Ishlab chiquvchi Google
Ilk e’lon qilinishi 31-oktyabr, 2013-yil (10 yil avval) (2013-10-31)
Soʻnggi versiyasi 4.4.4_r2.0.1 (KTU84Q)[1] (7-iyul, 2014-yil (9 yil avval) (2014-07-07))
So’nggi test versiyasi 4.4.4 (KTU84Q)
Yadro tipi Monolit yadro (Linux yadrosi)
Oldingisi Android 4.3.1 "Jelly Bean"
Keyingisi Android 5.0 "Lollipop"
Veb sayt Rasmiy sayti

Android KitKat – oʻn birinchi Android operatsion tizimining kod nomi boʻlib, Android 4.4 versiyasidir. 3-sentyabr 2013-yilda Android KitKat taqdim etildi, ushbu Android asosan yetarli ichki resurslarga ega boʻlmagan arzon smartfonlarda operatsion tizimni yanada optimizatsiyalash uchun chiqarilgan. Android KitKat bilan kelgan birinchi qurilma Google Nexus 5 telefoni boʻldi.

2022-yil oktyabr holatiga koʻra, dunyodagi mobil qurilmalarning 1.39% i Android KitKat tizimida ishlaydi[2]. 2023-yil 24-iyulda Google KitKat uchun Google Play xizmatlari ortiq qoʻllab-quvvatlanmasligini eʼlon qildi[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 3-sentabrda Android 4.4 „KitKat“ rasman ommaga eʼlon qilindi. Dastlab ushbu reliz „Key lime pie“(amerikancha laym taʼmli pirog) kod nomini oladi. Biroq tez orada Android global hamkorlik masalalari boʻyicha direktor John Lagerling va uning jamoasi, kod nomini oʻzgartirishga qaror qilishdi. Bunda sabab sifatida ushbu laymli pirog „taʼmi“ni sanoqli insonlargina bilishini davo qilishdi. Uning jamoasi „kutilmagan va ajoyib“ kod nomi oʻylab topishni maqsad qilishadi, soʻngra reliz „KitKat“ deb nomlanadi. Lagerling Nestle kompaniyasidagi hamkorlari bilan bogʻlanadi(chunki KitKat brendi Nestlega tegishli edi). Tez orada Nestle bilan oʻzaro reklama boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishiladi. 2013-yilgi Mobile World Congress'da toʻliq kelishuvga erishiladi. Ushbu hamkorlik sentyabr oyigacha hech kimga oshkor etilmagan edi, hatto Google dasturchilari ham bundan xabar boʻlishmagan[5][6]. Ushbu marketing rejalarining bir qismi sifatida, Kit Kat shokolad barlari Android Robot logotipi shaklida chiqarila boshlandi.

2013-yil 30-sentabrda LG Electronics tomonidan ishlab chiqilgan Nexus 5 KitKat uchun ishlab chiqarilgan birinchi qurilma boʻldi[7].

2017-yil oktabrgacha Android 4.4 hali ham Google tomonidan dasturiy xavfsizlik paketlari bilan qoʻllab-quvvatlanar edi[8][9][10].

Rivojlanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Androidy 4.1 „Jelly Bean“ relizida asosan vizual ishlash va sezgir interfeyslarga eʼtibor qaratilgan boʻlsa, Android 4.4 relizida esa asosiy maqsad oldingi xususiyatlar va funksionalliklarni saqlab qolgan holda arzon, cheklangan resursli qurilmalarda yaxshiroq ishlashi uchun optimallashtirish edi. Ushbu loyiha „Project Sveltve“ nomini oladi va  Android muhandislik boʻlimi boshligʻi Deyv Burk bu loyiha haqida Jelly Bean relizi qoʻshgan „ogʻirlik“ dan keyingi vazn yoʻqotish rejasi ekanligini aytib hazillashib ham qoʻyadi[11].

ProcStats dasturiy vositasi ilovalarning qurilma xotirasidan foydalanish hajmi va samaradorligini tahlil qilish uchun ishlab chiqildi. Ushbu asbob samarasiz deb topilgan Google ilovalari va servislarini optimallashtirish uchun ishlatilgan va shu bilan birga Android xotirasining umumiy sarfini kamaytirishga yordam bergan. Bundan tashqari, 4.4 xotirani boshqarishda ancha agressiv tizim hisoblangan, bunda ilovalarning ortiqcha qurilma xotirasidan foydalanishiga umuman yoʻl qoʻyilmagan[11][12].

Platforma[tahrir | manbasini tahrirlash]

ART(Android Runtime) deb nomlanga yangi ishga tushiruvchi dasturiy muhit Android KitKat versiyasida sinov tariqasida ishga tushirildi[13]. ART muhiti kross-platforma hisoblanib, ikkala 32 va 64-bitli x86, ARM, va MIPS arxitekturalarini qoʻllab-quvvatlaydi. ART muhiti Dalvik'dan farqli ravishda tizim samaradorligini yana yaxshilaydigan JIT(Just-in-time) kompilyatsiyasidan foydalanadi. ART muhitida ilovalar oʻrnatilganidan soʻng kompilyatsiya qilinadi[14].

512 MB va undan kam tezkor xotiraga ega qurilmalar texnik cheklangan qurilmalar sifatida qaraladi. API(Android arxitekturasi komponenti) dan foydalanish orqali bunday qurilmalarni aniqlash mumkin va tizim funksionalligi ushbu xususiyatlarga mos ravishda oʻzgaradi. KitKat shuningdek zram'ni ham qoʻllab-quvvatlaydi[12][15]. Google Chrome renderlash mexanizmlari yordamida WebView komponentlari utilizatsiya qilinadi[16]. Yangi Storage Access Framework API ilovalarga fayllarga kirish imkonini beradi. Ushbu yangi tizim fayl menejerlari orqali foydalanuvchilarga turli manbalardan (jumladan, onlayn bulutli xotiradan) fayllarga kirish imkonini beradi[17].

Shuning matnli xabarlar almashish va ularni boshqarish uchun yangi API ishlab chiqildi[18]. Shu bilan birga, qadam bosishlarni sezadigan va qadamlar sonini sanaydigan API’lar ham tizimga qoʻshildi[15]. Mobil toʻlov tizimlari uchun ham KitKat oʻz ichiga NFC funksiyasini ham olgan[19].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Android Source“. Google Git. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  2. „Mobile & Tablet Android Version Market Share Worldwide“ (en). StatCounter Global Stats. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
  3. Li. „Google Play services ending support for Android 4.4 KitKat“ (en-US). 9to5Google (2023-yil 24-iyul). Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.
  4. Amadeo. „Android 4.4 KitKat is truly dead, loses Play Services support“ (en-us). Ars Technica (2023-yil 25-iyul). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  5. „Android 4.4 KitKat: What's the point of co-branding?“. CNET. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  6. Kelion, Leo. „Android KitKat announced“. BBC News (2013-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  7. „Google Unveils Nexus 5 With Android 4.4 KitKat“. PC Magazine. Qaraldi: 2015-yil 29-dekabr.
  8. „Android Security Bulletin—October 2017 | Android Open Source Project“ (en). Android Open Source Project. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  9. „Security updates and resources“. Android.com. Android Open Source Project. — „When a security vulnerability in AOSP is fixed in an Android Security Bulletin, we'll notify Android partners of issue details and provide patches. The Android security team currently provides patches for Android versions 4.4 (KitKat) and above. This list of backport-supported versions changes with each new Android release.“. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  10. „Android Security Bulletin – April 2017“. Android.com. Android Open Source Project. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  11. 11,0 11,1 „How Google Shrank Android For Version 4.4 KitKat“. ReadWrite. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  12. 12,0 12,1 „Android 4.4 KitKat to run "comfortably" on 512MB RAM devices, here's how“. PhoneArena. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  13. „'ART' experiment in Android KitKat improves battery life and speeds up apps“. Engadget. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
  14. Andrei Frumusanu. „A Closer Look at Android RunTime (ART) in Android L“. AnandTech (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 5-iyul.
  15. 15,0 15,1 Molen, Brad. „Nexus 5 review“. Engadget (2013-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 11-noyabr.
  16. „KitKat's WebView is powered by Chromium, enabling Android app developers to use new HTML5 and CSS features“. The Next Web (2013-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  17. Ho. „Examining MicroSD changes in Android 4.4“. Anandtech. Qaraldi: 2014-yil 28-mart.
  18. „Getting Your SMS Apps Ready for KitKat“. Android Developers Blog. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  19. „Google gets around the carriers with Host Card Emulation for NFC payments“. NFCWorld.com (2013-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.