Amri maʼruf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amri maʼruf (arab.; toʻliq shakli „amri maʼruf, nahiy munkar“ — „yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish“) — islom dinidagi marosim. Musulmonlar bir-birlarini haq yoʻlga, yaxshilik va goʻzal axloqqa chaqirishi Alloh tarafidan farz qilingan, chunki doʻstona, begʻaraz nasihat, xususan, amalda oʻzi oʻrnak boʻlgan holda boshqalarni tarbiyalash juda katta taʼsirga ega. Kishi oʻz oilasini, farzandlarini diniy e’tiqod, halollik va pok axloqda tarbiyalashi ham Amri maʼruf sifatida farzi ayn hisoblanadi. Alloh musulmonlar bir-birlarini toʻgʻri yoʻlga daʼvat etib, insoniylikka nomunosib, nojoʻya ishlardan qaytarishlarini (nahiy munkar) zaruriy farzlardan qilgan. Hadislarning birida „Agar sizlar bir-biringizni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarib turishlik vazifasini tark etadigan boʻlsangiz, Alloh taolo sizlarga shunday balo va ofatlarni yuboradiki, bu hamma uchun fojia boʻladi“, deb rivoyat qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil