Alplar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alplar (fazodan olingan surat)

Alplar yoki Alp togʻlari Yevropadagi katta togʻ tizmalaridan biri boʻlib, uzunligi taxminan 1200 km, sharqda Avstriya va Sloveniyada boshlanib, gʻarbda Shveysariya, Lixtenshteyn, Olmoniya, Fransiya, janubda esa Italiya va Monakogacha choʻzilgan.[1] Alplar yuzlab million yil davomida Afrika va Yevrosiyo tektonik plitalari toʻqnashuvi ketidan paydo boʻlgan; bu hodisa sabab yuzaga kelgan ulkan bosim natijasida okean sedimentatsiyasi koʻtarilib, Mont Blanc va Matterhorn kabi togʻ choʻqqilarigacha chiqqan. Mont Blanc fransuz-italyan chegarasida joylashgan, uning balandligi 4810,45 m boʻlib, Alplardagi eng yuksak togʻdir. Alplar mintaqasida 4000 metrdan tepa juda koʻp choʻqqilar bor.

Alplar tizmasi balandligi va oʻlchamlari Yevropa iqlimiga taʼsir etadi; togʻlarda yogʻin miqdori keskin farqlanib, iqlim sharoitlari turli hududlarda turlicha. Yovvoyi hayvonlar (masalan togʻ echkilari) 3400 metr balandlikkacha tarqalgan, edelveys kabi oʻsimliklar ayniqsa toshli hududlarda tarqalgan. Alplarda odamlar paleolit davridayoq istiqomat qilishgan. 1991-yili Avstriya-Italiya chegarasidagi muzlikda topilga moʻmiyolangan qoldiqlar bundan 5000 yil oldin yashagan odamga tegishli ekanligi aniqlangan. Qadimgi Rimliklar Alplarda manzilgohlar qurishgan. 1800-yili Napoleon tizmani 40 ming kishilik qoʻshini bilan kechib oʻtgan. XVIII-XIX asrlarda Alplarda alpinizm avj oldi. Ikkinchi jahon urushida Uchinchi Reyx Alp mamlakatlarini bosib oldi (Shveysariya va Lixtenshteyndan tashqari); Adolf Hitler Bavariya Alplarida qarorgoh ham qurdirgan.

Alp qishloqlarida haligacha anʼanaviy qishloq xoʻjaligi (masalan, pishloq tayyorlash, yogʻoch oʻymakorlik) saqlanib qolgan. Turizm ham mintaqada rivojlangan. Qishki Olimpiya Oʻyinlari Shveysaria, Fransiya, Italiya va Avstriya Alplarida oʻtkazilgan. Ayni damda mintaqada 14 million nafar aholi istiqomat qiladi, yiliga 120 million sayyoh kelib-ketadi.[2]

Alplar panoramasi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Alpine Convention". Alpine Conferences. Retrieved August 3, 2012
  2. Chatré, Baptiste, et. al. (2010), 8
VikiOmbor
VikiOmborda Alplar
haqida sahifa mavjud.